14
yo„nalishini aniqlab berishi mumkin, lekin mahsulot miqdori va sifatini belgilab
bera olmaydi.
Hayvonlar tashqi tuzilishi hayvonlarni baholashda va tanlashda alohida o„rin
to„tadi. Nasldor hayvonlar yaxshi rivojlangan, mustahkam va sog„lom tanaga,
ikkilamchi jinsiy belgilar bo„rtib turishi, tanasining alohida qismlari mo„tanosib
bo„lib mahsulot yo„nalishiga mos bo„lishi kerak.
Hayvonlar ekstereri ularning yoshi, jinsi asosida alohida tana qismlarining
rivojlanishiga qarab qo„yidagi usullar yordamida aniqlanadi: ko„z bilan chamalab,
o„lchash, tana
indekslarini hisoblash, grafik va rasmga tushirish bilan o„rganiladi.
Ko„z bilan chamalab baholashda tananing mo„tanosibligi va alohida tana
qismlarining rivojlanishi, umumiy ko„rinishi aniqlanadi. Bu yo„l bilan hayvonning
o„z mahsulot yo„nalishiga mosligi va foydalanish imkoniyatlari belgilanadi. Ushbu
usulning kamchiligi uning sub„yektivligida, ya‟ni hayvonning barcha ijobiy va
salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo„q.
Ko„z bilan chamalab baholashda punktir yoki ball tizimi ancha aniq
hisoblanadi. Sut va sut-go„sht yo„nalishidagi buqalarning 5 yoshgacha har yili, 1 va
3 laktatsiya yoshidagi sigirlarni laktatsiyasining 2-3 oylarida baholanadi. Agar
hayvon hayoti davomida ekstereri bo„yicha baholanmagan bo„lsa navbatdagi
bonitirovka davomida baholanishi mumkin.
Buqalarni ekstereri bo„yicha 30 ballik, sigirlar 10 ballik shkala asosida
baholanadi. Yosh qoramollar ham 10 ballik shkala bo„yicha baholanadi.
Tanani alohida qismlarga bo„lib o„rganish ko„z bilan chamalab baholash
samaradorligini oshiradi. Qoramol tanasi qo„yidagi tana qismlariga bo„linadi: boshi
va buyni, ko„kragi, yag„rin va beli, tananing o„rta qismi, orqasi, yelin va
so„rg„ichlar, oyoqlar. Shu qismlarning ijobiy ko„rsatkichlari va nuqsonlarini
jamlash natijasida ekstererga bus-butun baho berish mumkin.
Qoramollarning ekstererini o„rganishda ularning tana qismlarini o„lchash
bilan aniq ma‟lumotlar olish mumkin.
Asosiy o„lchamlar: yag„rin balandligi, bel balandligi, dumg„oza balandligi,
o„tirg„ich do„ngliklari balandligi, ko„krak kengligi, ko„krak chuqurligi, tananing
to„g„ri uzunligi, tananing qiya uzunligi, yonbosh suyaklari kengligi, ko„krak va kaft
aylanasi. Ushbu o„lchamlar Lidtin tayog„i, Vilkens sirkuli va o„lchov lentasi
yordamida olinadi. O‟lchamlarni to„g„ri olish ularning o„lchash nuqtalarini aniq
bilish va asbobdan oqilona foydalanishga bog„liq.
Hayvon to„g„ri, xolis, erkin tekis joyga qo„yilib o„lchanadi, uning asosida u
yoki bu tana qismining rivojlanishi haqida fikr yuritiladi.
Tana indekslarini hisoblash asosida uning xususiyatlarining yaqqol foizlarda
ifodalanadi. Tana indeksi deb bir yoki bir necha o„lchamning boshqa o„lchamga
nisbatini foizlarda ifodalanishiga aytiladi. Indeks ko„rsatkichiga qarab har bir tana
qismining rivojlanishiga xolis baho berishi mumkin. Qoramollarda 10 tana
indekslari hisoblab chiqarildi.
15
Grafik usulda hayvonlarning tana o„lchamlari ko„rsatkichlari bir-biriga
solishtirib chizgida ifodalanadi. Ushbu usul ayrim hayvonlar, guruh, poda,
yo„nalish, qator, oila, zot hayvonlarning eksterer xususiyatlarini solishtirib ko„rib
xulosa chiqarish imkonini beradi.
Rasmga tushurish asosida hayvonning tana tuzilishi xususiyatlarini xohlagan
mahalda o„rganish mumkin. Ayniqsa buqalarni avlodlarining mahsuldorligi
bo„yicha baholashda yosh buqachalar katta miqdorda urug„ olib muzlatilib o„zlari
go„shtga topshirilib yuboriladi. Qizlarning mahsuldorligi hisoblangandan keyin
buqa
yaxshilovchi deb tan olinsa, sigirlarga juftlashda rasm asqotadi.
Ekstererning o„zgarishi hayvonning yoshiga, jinsiga, oziqlantirish va saqlash
sharoitiga bog„liq.
Chirvinskiy-Maligonov qonuniyati-ma‟lum davrda yetarli oziqlantirmaslik shu
davrda jadal o„sadigan a‟zo va qismlarning rivojlanishga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
Interer
– hayvonlarni tanasining tuzilishi (ularning ichki morfofiziologik
xususiyatlari).
Tana tashqi tuzilishi va a‟zo, to„qimalar faoliyati bir biri bilan o„zviy
bog„langandir, shu boisdan hayvonlarning interer farqi mahsuldorlik yo„nalishini
aks ettirib, ularning sog„ligini belgilaydi.
Bir zotga mansub (qora-ola) go„shtdorlik tomonga og„gan sigirlarning vazni
719 kg, oylik suti 304 kg bo„lgani holda, sutdor tip sigirlarning vazni 664 kg oylik
suti 571 kg ni tashkil qilib, qoni eritrotsitlar bilan ko„proq tuyingan(7,46 mln/mm³ I
guruhda esa 6,75 mln/mm³) bo„lgan. Sermahsul sigirlarda eritrotsitlar va
gemoglobin miqdorining kamligiga qaramasdan yurak urishi va nafas olishining
tezligi ularda modda almashuvining yuqoriligidan dalolat beradi.
L.V. Bogdanov tanada aylanayotgan qon miqdori bilan sut mahsuldorigini
ijobiy korrelyativ bog„lanish isbotlangan.
Muhim interer ko„rsatkichlardan yelindagi to„qimalar nisbati hisoblanadi,
sersut sigirlarda yelin 75-80% bez to„qimalaridan, faqat 20-25% biriktiruvchi va
yog„ to„qimalardan tashkil topadi.
Sut yo„nalishidagi sigirlar terisi yupqa bo„lib, teri osti yog„ qatlami kam
bo„ladi, bu ko„rsatkich go„sht yo„nalishidagi qoramollarda qalin bo„ladi.
Ovqat hazm qilish a‟zolarining hajmi va faoliyati sut yo„nalishidagi
qoramollarda yaxshiroq rivojlanganligi aniqlangan.
Go„shtning sifati uning morfologik, kimyoviy tarkibi va gistologik tuzilishiga
bog„liq. Muskul, yog„, suyak va biriktiruvchi to„qimalar nisbatiga qarab go„shtning
sifati belgilanadi.
Go„sht tolalarining ingichkaligiga, ular orasida yog„ pardalarining borligini
gistologik usul bilan aniqlash go„sht sifati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi.
Chopqir otlarda, serjun qo„ylarda, go„shtdor cho„chqalarda, sertuxum
tovuqlarda qon oqsilining yuqoriligi, eritrotsitlar sonini ko„pligi, qonning
gemoglobin bilan yaxshi tuyinganligi ularda modda almashuvining tez kechishidan
dalolat beradi.
16
Interer ko„rsatkichlari hayvonlarni baholashda, mahsulot yo„nalishini
belgilashda, sog„ligi sharoitga moslashuvini aniqlashda muhim o„rin to„tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: