engil siydik haydovchi (diuretik) modda sifatida ishlatiladi. Suv yig‘ilib qolish hisobiga buyrak
@Mahmud_Yazdanov
Mahmud Yazdanov
+998 91 318 24 68
yurakning shishib ketgan xolatlarin
i yo‘qotishda yaxshi foyda beradi.
KMnO
4
—
antiseptik modda bo‘lib, yaralarni
yuvishda, ginekologik va urologik muolajalarda qo‘llaniladi
14) Kalsiy va magniy ionlarining organizmdagi roli.
Kalsiy.
Makrobiogen s
—
el
ement bo‘lib, odam organizmi umumiy ma
ssasining 2% ni tashkil etadi. Odamning kalsiyga 24
soat ichida bo‘lgan talabi bir gramm atrofida bo‘ladi. Organizmda saqlanadigan kalsiyning umumiy miqdoridan (~ 1400 g
70 kg odam tana vazniga) 98
—
99% suyak va tish to
‘qimalari tarkibida bo‘ladi. Jumladan
suyaklarning mexanik
barqarorligini ta’minlovchi kalsiy tuzining tarkibi Ca(OH)2 · 3Ca3(PO4)2. Bu tuzdagi bir qism kalsiy Mg2+ ga, bir qism OH
-
guruhlar esa Fioniga almashingan bo‘ladi. 1. Ion holida. 2. Eruvchan, ammo
noelektrolit birikmalar. 3. Yuqori molekulyar
birikmalar bilan bog‘langan holda (asosan oqsilli komplekslar). Kalsiyning bunday shakl ko‘rinishlari o‘zaro qaytar
muvozanat jarayoni orqali bog‘langan bo‘ladi. Qon tarkibidagi kalsiy miqdorining normal qiyma
tidan (9-11 mg%)
kamayishi (~5-7 mg%)
nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligini ortib ketishiga olib keladi. Qon tarkibidagi Ca2+
protrombinni aktiv trombinga o‘tkazish orqali qon ivish jarayonini ta’minlab beradi. Bundan tashqari u mushaklar
qisqarishi va b
o‘shashishi jarayonlarida ham ishtirok
etadi. Odam organizmiga tushgan kalsiy ichaklarning shilliq qavatida
saqlanadigan maxsus oqsil moddasi bilan bog‘lanadi, shu yo‘sinda tutib qolinadi. O‘z navbatida bu oqsilning sintezlanishi
D vitaminga bog‘liq bo‘lib
, vitaminning organizmdagi miqdoriy kamayishi bu oqsilning sintezlanishi va demak, Ca2+ tutib
qolinishini kamaytiradi. Natijada suyaklar elastikligi ortib ketadi va raxit kasalligi kelib chiqadi.
Magniy.
Oligobiogen s-
element bo‘lib uning odam organizmidag
i miqdori ~0,42 g/kg tashkil etadi. Bu element katta
ahamiyatga ega. Masalan, Mg2+ ioni 20 xlorofill tarkibiga kirib, uning xossalarini belgilashda bevosita ishtirok etadi.
Odam organizmidagi 15 ga yaqin fermentlar tarkibida magniy bo‘ladi va ularning faolligini ta’minlashda ishtirok etadi. Bu
fermentlar ko‘pincha fosfor guruhlari bilan ta’sirlashish xususiyatiga ega bo‘lib, fosfoefir bug‘larini gidrolizlash,
substratlardagi fosfat qoldiqlarining ichki molekulyar tashilishini ta’minlab berish va boshqa qato
r jarayonlarni amalga
oshiradi. Magniy va marganets ionlari ATF va ADF tarkibiga kirib, ularning makroergik tabiatini belgilashda katalizator
vazifasini bajaradi. Magniy ionlari ribosomalar (RNK sintezi sodir bo‘ladigan organellalar) tarkibiga kirib, ular
ning ikkita
subbirliklarini (subbirlik
—oqsil molekulasi) o‘zaro bog‘lovchi ko‘prikcha vazifasini o‘taydi. Magniy ionlarining
sitoplazmadagi konsentratsiyasi kamayganda ribosomalarning ikki subbirliklari dissotsilanadi; oqibatda hujayraning oqsil
sintezlovchi xossalari buziladi va turli saraton kasalliklari kelib chiqadi. Hujayradagi Mg2+ nuklein kislotalari bilan
kompleks hosil qilish va shu orqali ularning konformatsiyasini barqarorlashtirish xususiyatiga ega. Bu ion ta’sirida nerv
impulslarini o‘tkazish jarayonlari, mushaklar qisqaruvi ta’min
lanadi. Magniy ionlarining hujayra sitoplazmasidagi miqdori
tashqi muhitdagi miqdoridan yuqori bo‘ladi. Kalsiy ionlari uchun buning teskarisi kuzatiladi. Shu asosda hujayralarda
Mg2+ va Ca2+ ionlarining almashinuvi Mg2+ , Ca2+
—
nasosi orqali borishini taxmin qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: