Ba’zi vaqtlarda buxgalteriya registrlari ijroiya varaqlari asosida ham rasmiylashtiriladi.
Bunday holatlarga da’vogar yuzasidan hisoblashish, xodimdan aliment summasini ushlab
qolishlar, xodimni bankdan olgan kreditlari yuzasidan ushlovlar uchun asos bo‘ladigan qonuniy
Buxgalteriya registrlari qanday dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilmasin qo‘yidagi
hamma talabga javob beradigan balans va hisobot boshqa shakllarini o‘rnatilgan
muddatda tegishli joylarga topshirish.
YUqorida keltirilgan talablardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi hisob ishlarini
hamma bosqichlari bir-biriga uzviy bog‘liqdir.
Dastlabki hujjatlarni naqadar to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, buxgalteriya registrlari
ma’lumotlarini ham to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga asos bo‘ladi. o‘z navbatida buxgalteriya
registrlari moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ma’lumotlar asosida rasmiylashtirilishiga
xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, moliyaviy hisobot shakllari qo‘yidagilardan iborat:
1. Buxgalteriya balansi - 1 shakl
2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot - 2 shakl
3. Asosiy vositalar xarakati to‘g‘risida hisobot - 3 shakl
4
Pul oqimi to‘g‘risida hisobot - 4 shakl
5
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot - 5 shakl
YUqorida keltirib o‘tilgan moliyaviy hisobot hamma shakllari ham korxonalar
faoliyatini xar tomonlama o‘rganish, tahlil qilish, nazorat etish, hamda boshqarish uchun xizmat
qiladi.
Demak, korxona faoliyati hisobot to‘g‘ri xulosaga kelish uchun moliyaviy hisobot
ma’lumotlari xaqqoniy aks ettirilgan bo‘lmog‘i zarur ekan.
Buxgalteriya registrlarini ulardagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirishini
ahamiyati ham shundadir.
Buxgalteriya registrlariga tegishli ma’lumotlarni aks ettirishni oldiga qo‘yilgan talablarni
sanab utdik. SHu talablarga javob berish uchun esa qo‘yidagi vazifalar bajarilmogi kerak.
1. Dastlabki hujjatlarni xar tomonlama tekshirish.
2. Buxgalteriya registrlari bilan to‘liq ta’minlanish.
3.Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshlang‘ich qoldiqlarini to‘g‘ri aks ettirib
chiqish.
4. Buxgalteriya provodkalarini hisob registlariga tegishli tartibda o‘z vaqtida yozish.
Buxgalteriya registrlariga hisobot davri boshida boshlang‘ich qoldiqlar aks ettirilganda,
oldingi hisobot davri uchun ohirgi qoldiq ko‘rsatkichlari olinadi. Ushbu boshlang‘ich qoldiq
summalari tegishli buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirilayotganda, ularning tagiga chiziq
chiziladi. Bunday chiziq tortilishiga sabab, hisobot davri davomida aks ettirilgan oborot
summalari bilan boshlang‘ich qoldiq summasini xatolik bilan qo‘shib yuborilmaslik.
Buxgalteriya registrlarida yozuvlar aks ettirilayotganda, xuddi dastlabki hujjatlarga
qo‘yilgan talablarga rioya etish zarur. YOzuvlarni aks ettirish talablari shundaki, siyohli,
ruchkalardan, kimeviy qalamlardan, yozuv mashinkalardan foydalanish zarur.
Oddiy rangli qalamlardan foydalanish esa, ta’qiqlanadi bu bilan yozuvlarni o‘zgartirish
oldi olinadi, yozuvlarni uzoq vaqt saqlanishi ta’minlanadi.
YOzuvlarni buxgalteriya registrlarida qanday usulda aks ettirishga ko‘ra, mashinada
yozish va qo‘lda yozishga bo‘lish mumkin.
Mashinada yozish deganda, yozuv mashinalari, elektron hisoblash
mashinalari
yordamida buxgalteriya registrlarini rasmiylashtirish tushuniladi.
Buxgalteriya registrlaridagi yozuvlar ulardan necha nusxadan rasmiylashtirilishi ko‘ra,
bir va bir necha nusxali bo‘ladi.
Bir necha nusxada buxgalteriya hisobi registrlari rasmiylashtirilishida, ularni xar bir
nusxasi alohida-alohida rasmiylashtirilishi yoki ko‘chirish qog‘ozlaridan (kopirovka)
foydalangan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Bir necha nusxada yoziladigan hujjatlar, asosan, dastlabki hujjatlar bo‘lib, ularga
dalolatnomalar, TTN (tovar-transport nakladnoy)larni, schet-fakturalarni, nakladnoylarni, to‘lov
talabnomasi, to‘lov topshiriqnomalarini, shartnomalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Ko‘chirish qog‘ozlari yordamida yozuvlarni aks ettirish orqali xato yozuvlar
kamayishiga, hisob ishlarini tezlashishiga va oqibat natijasida buxgalteriya xodimlari mehnat
unumdorligi oshishiga erishiladi.