1.2. Suriya inqirozining yuzaga kelish sabablari va uning oqibatlari
XXI asrda dunyoning turli hududlarida uzoq vaqt davomida davlatlar ichki
va tashqi siyosatiga Din omili”ning ta’siri tobora oshib borayotgani ochiq-oydin
namoyon bo‘ldi. Bu ta’sir “sovuq urush”ning yakunlanishi, ikki qutbli tizimning
yo‘q bo‘lishi, jahonda bir qutbli rivojlanish jarayonining boshlanishi, turli
davlatlarning mavjud manfaatlari o‘rtasida qaror topgan muvozanatning buzilishi,
yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi hamda ularning jahon siyosati va
iqtisodiyotida faol sub’ekt sifatida qad ko‘tarishi natijasida ro‘y bergan global
geosiyosiy o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqdir. Mazkur jarayon, musulmon aholisiga
ega bo‘lgan sobiq sho‘ro davlatlarida islomning uyg‘onishi bilan bog‘liq harakatlar
natijasida vujudga kelganligi kuzatildi. Bu holatga bugungi kunda butun dunyoda
ro‘y berayotgan keng miqyosli jarayonning bir qismi sifatida qarash mumkin.
Islomning jamiyat va siyosatdagi roli kuchayishining globallashuvi nafaqat
musulmon davlatlari va hududlarini, balki musulmon bo‘lmagan, ya’ni G‘arb
davlatlarini ham qamrab oldi. Bundan tashqari XXI asrda musulmon dunyosini ichki
mojarolar bezovta qila boshladi. Bu avvalambor, Markaziy Osiyo va Janubiy
Kavkaz hududlariga Yaqin Sharqdagi diniy fundamentalizm salbiy ta’sirining
yoyilishida namoyon bo‘ldi.
Dunyoning turli hududlarida islomiy qadriyatlarning uyg‘onishi, dinning
jamiyatdagi o‘rnini kuchayishi bilan birgalikda din niqobi ostidagi ekstremizm,
terrorizm, giyohvandlik, ommaviy qirg‘in qurollari tarqatilishining jiddiy tus olishi,
islom dunyosining harbiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlari beqaror bo‘lgan
hududlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish
yo‘lini tanlab, bu ishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekistonda
terrorizmning
«islomiy asoslari» haqidagi fikrga qo‘shilmaydi. Terrorizm
mafkuraviy va siyosiy ekstremizm bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu sababli uning
«namoyandalari» islomning shakl-belgilaridan keng foydalanadilar. Bunday
18
sharoitda Din omili»ning xalqaro siyosatdagi, ayniqsa, arab-musulmon dunyosining
yetakchi davlatlaridan biri Suriya Arab Respublikasi tashqi va ichki siyosatidagi
rolini o‘rganish, o‘zbek siyosiy fani uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaqin Sharq davlatlarida xususan Suriyada dinning siyosiylashuv muammosi
va uning geosiyosiy jarayonlarga ta’siriga berilgan baholarni tadqiq etish
O‘zbekiston siyosatshunosligi uchun muhim ahamiyatga ega. Xorijiy va shu
jumladan, arab siyosatshunoslarining arab-musulmon mamlakatlarini tarkibiy
islohotlashtirish muammolariga nisbatan yondashuvlarini o‘rganish nihoyatda
muhim bo‘lib, mazkur muammolarni o‘rganishda asosiy konseptual yo‘nalishlarni
belgilab olish maqsadga muvofiqdir.
Islomiy guruhlar Suriya voqealarida sezilarli rol o‘ynamoqdalar. Shu bilan
birga, bu tashkilotlar talab etayotgan maqsadlar va kurash usullari nuqtai nazaridan
ham g‘oyatda turlichadir. Katta mavqega ega bo‘lgan diniy-siyosiy tashkilot
“Musulmon birodarlari” hisoblanadi. Ular Suriya milliy kengashida (SMK) 150
o‘rindan 70 o‘ringa ega bo‘lib, ular SMK tarkibida son jihatidan ko‘p va eng yaxshi
tashkillashtirilgan guruh sifatida faoliyat olib bormoqdalar. Ularning rahbarining
bayonotiga ko‘ra, Suriya “Musulmon birodarlari” o‘z mafkuraviy va g‘oyaviy
qarashlari jihatidan Misrning Musulmon birodarlari uyushmasi (MBU) bilan yaqin
va Suriyani “shariat asosidagi davlat”ga aylantirish niyatidalar
1
. Ularning yetakchisi
Riyod ash-Shukva shunday deydi: “Biz demokratik Suriyani ko‘rishni xohlaymiz va
mamlakatni
bir
o‘zimiz
nazorat
qilishni
xohlamaymiz”
2
.
1
Qarang
.:
Do'stlaringiz bilan baham: |