2-BOB. SURIYA INQIROZINING YAQIN SHARQDAGI BARQARORLIK
VA KUCHLAR MUVOZANATIGA TA’SIRI
2.1. Suriya atrofidagi zamonaviy geosiyosiy vaziyat tahlili
XX
asr
80-yillari
o„rtalarida
Sovet Ittifoqi
tomonidan
“manfaatlar
mutanosibligi”ni izlash, qarama-qarshiliklarni hal qilishda siyosiy va xalqaro
huquqiy tamoyillarning ustunligiga asoslangan tashqi siyosiy yo„nalishning e‟lon
qilinishi, undan tashqari bosqichma-bosqich sovet-amerika munosabatlarining
iliqlashuvi xalqaro maydonda yetarlicha uzoq davom etgan “sovuq urush”
davrining tugashiga olib keldi. Ikki buyuk davlat o„rtasidagi global miqyosdagi
qarama-qarshilikning o„tmishda qolishi butun dunyoda, xususan, arab olamida ham
yangi geosiyosiy vaziyatning shakllanishi bilan izohlandi.
Shubhasiz, kо„rib chiqilayotgan davrda arab mamlakatlari tashqi siyosiy
yо„nalishlariga ichki xususiyatlardan kelib chiqqan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
faktorlar ta‟sirining ustunligi davom etdi. Ayni vaqtda Arab Sharqidagi siyosiy
vaziyat hamda umumarab munosabatlari о„sish sur‟atiga bо„lgan tashqi kuchlar
ta‟siriga yetarlicha baho bermaslik kerak emas.
Avvalo, ta‟kidlash joizki, SSSR tomonidan ilgari surilgan yangi siyosiy
g„oyaviy yо„nalish bilan bog„liq xalqaro maydondagi keskin о„zgarishlar 80-
yillarning
ikkinchi
yarmida
arab
olamidagi
markazdan
chetlashuvchi
tamoyillarning kuchsizlanishi hamda muayyan birlashtiruvchi harakatlarning
о„sishiga yordam berdi. Bu haqida, xususan, 1989 yil fevralda tuzilgan ikki
mintaqaviy tashkilot: Arab Mag„rib Ittifoqi (AMI, tarkibiga Jazoir, Marokko,
Tunis, Liviya va Mavritaniya kirgan) va Arab Hamkorligi Ittifoqi (AHI, tarkibiga
Misr, Iroq, Iordaniya va Yaman Arab Respublikasi kirgan) guvohlik beradi.
90-yillar boshida 15ta arab davlatini birlashtirgan (avvalroq tashkil etilgan
FKADHK a‟zo-davlatlarini ham о„z ichiga olgan), AMLga a‟zo-davlatlar
hududining ¾ qismini egallagan va umumiy aholining 4/5 qismini о„zida jamlagan
ichki
mintaqaviy
guruhlarni
tashkil
qilish
arab
olamining
davlatlarning
qо„shilishini qonuniylashtirish yо„li bilan (о„tgan asrning 60-yillarida Misr va
31
Suriya о„rtasidagi ittifoq tuzish, undan tashqari Suriya va Iroqning birlashtirilishiga
harakatni eslashning о„zi kifoya) arab birligini amalga oshirishning hayoliy
rejasidan asosida asta-sekin iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish yotgan hayotga
yaqinroq
loyihalarga
bosqichma-bosqich
о„tish tamoyillarini aks ettirdi.
Ikki
qudratli
davlatning
xalqaro
maydondagi
qarama-qarshiligi
tugatilishi
hozirgi davrning eng uzoq davom etgan mojarosi-Yaqin Sharq muammosini
muvofiqlashtirish masalasida umumarab yondashuvining paydo bо„lishi uchun
ma‟lum shart-sharoitlarning yaratilishiga yordam berdi. Xalqaro vaziyat keskin
о„zgargan sharoitda arab kuchlarini jipslashtirgan pozitsiyaning ishlab chiqilishi
uchun asosiy maydon, kо„rib chiqilayotgan davrda ham AML bо„lib qolaverdi.
Yaqin Sharq mojarolarini hal qilish uchun haqiqiy va amaliy yо„llarni qat‟iy
izlashga muhim omil 1987 yilning sо„nggida Isroil tomonidan okkupatsiya
qilingan Iordan daryosining G„arbiy qirg„og„i va G„azo sektorida qо„qqisdan
boshlangan falastin xalq qо„zg„oloni-“intifada” bо„ldi.
Falastin
qarshilik
harakatidagi
muvofiqlashtirish
masalasi
bо„yicha
tub
о„zgarishlar, 1988 yil noyabridagi Jazoir sessiyasida Falastin Milliy kengashining
Isroilning mavjudlik huquqini tan olishini, о„zaro birgalikda qabul qilinadigan
qarorlarga erishish maqsadida u bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini,
xalqaro terrorizmni muhokama qilishni ifoda etishi ushbu uzoq davom etgan
mojarolarni hal qilish uchun ijobiy imkoniyatlar yaratdi.
Misrning arab davlatlari safiga qaytishi ham birlik tamoyilining rivojlangani
haqida guvohlik beradi. Bu 1987 yil noyabrda Ummonda bо„lib о„tgan AML
Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi qarori bilan qonuniylashtirildi. Unda
an‟anaviy konsensus (sabablarni aniqlashtirish va muhokama qilish) voz kechilib,
har bir davlatga Misr bilan diplomatik munosabatlarni qayta tiklash masalasini о„zi
hal qilish huquqi berildi. 1987 yilga Ummon uchrashuvida ilk bora barcha arab
davlatlari rahbarlari va hukumatlari, shu bilan birga FOT vakili ham ishtirok etdi.
1
1
The Middle East and North Africa. London.2000.р.266
32
Misr о„zining ilgarigi Yaqin Sharqdagi yetakchi mintaqaviy davlat maqomini
qaytib olish uchun arab-isroil mojarolarida tinchlik о„rnatuvchi vazifasini
bajarishga kirishdi. Shu maqsadda, u Yaqin Sharqni muvofiqlashtirishda о„zining
vositachilik faoliyatini amalga oshira boshladi. Shunday qilib, kо„rilayotgan
davrda
Misr
FOTning
AQSH
va
Iordaniya
bilan
munosabatlarini
normallashtirishga sezilarli hissasini qо„shdi. 1988-1989 yillarda H.Muborak
amerika ma‟muriyati, g„arb davlatlari rahbarlari, Isroil, Iordaniya, FOT bilan
muvofiqlashtirish bо„yicha barcha manfaatdor tomonlar uchun maqbul yо„llarni
ishlab chiqish maqsadida bir qator muzokaralar о„tkazdi. Misr prezidenti Yaqin
Sharq bо„yicha FOT ishtirokidagi xalqaro konferensiya о„tkazish fikrini
qо„llabquvvatladi hamda buning tashkil etilishi uchun barcha zarur shartlarga yordam
berilishini bildirdi. MAR rahbariyati 1988 yil bahorida AQSH davlat kotibi Shuls
tomonidan ilgari surilgan Yaqin Sharqni muvofiqlashtirish bо„yicha, Isroil
tomonidan okkupatsiya qilingan Iordan daryosining G„arbiy qirg„og„i va G„azo
sektorida xalqaro nazorat ostida, isroil qо„shinlarini qisman chiqarib yuborib, FOT
ishtirokida saylovlar о„tkazishni nazarda tutuvchi rejani qо„llab-quvvatladi.
Undan tashqari, Isroil bosh vaziri Shamir tomonidan 1989 yil mayda
muvofiqlashtirish bо„yicha taklif qilingan, FOT Isroil hukumati nazorati ostidagi
okkupatsiya qilingan hududlardagi saylovda iо„tirok etish huquqidan mahrum
bо„ladigan va falastinliklarga “cheklangan avtonomiya” berilishi nazarda tutilgan
alternativ rejani MAR “falastinliklarning eng minimal talablariga ham javob
bermaydi” deya qabul qilmadi. Misr egallagan bunday pozitsiya uning arab
doiralaridagi nufuzining oshishiga sabab bо„ldi.
1
Oliy darajadagi Ummon uchravidan keyin arab davlatlari Misr bilan
diplomatik munosabatlarni qayta tiklay boshladilar. 1987 yil iyulga kelib Misr
bilan rasmiy jihatdan faqat Suriya va Liviya aloqada emasdilar, lekin shunday
bо„lsa ham Liviya Misr bilan munosabatlarini normallashtirishga tayyorligini
bildirgan edi.
Арабский мир. Три десятилетия независимого развития. М., 1990.с.320
33
80-yillarning sо„nggida arab olamida butunlay ichki va tashqi sabablar
ta‟sirida mintaqa hamda alohida davlatlarning taraqqiyotida bо„lib о„tgan
jarayonlar bilan bog„liq kuchlar yangidan taqsimlandi. Undan tashqari, tarkibiga
asosan “konservativ” va “mо„tadil” davlatlar kirgan uchta mintaqaviy
birlashmaning paydo bо„lishi, Misrning asta-sekin о„z obrо„sini tiklashi, bular
hammasi birgalikda arab mamlakatlarining tashqi siyosiy yо„nalishida “mо„tadil”
blokning yetakchi о„rinni egallashini bildirdi.
Shu bilan birga, kо„rib chiqilayotgan davrda “mо„tadil” arab tuzumlarining
tashqi siyosatida avvalo katta pragmatizmga intilish aks etgan yangi elementlar
paydo bо„ldi, xususan, bu SSSR va arab monarxiyalari о„rtasida diplomatik
munosabatlar о„rnatilishida namoyon bо„ldi.
Shu munosabat bilan ta‟kidlash о„rinliki, SSSRga nisbatan tashqi siyosiy
yо„nalishda shakllantirishda g„oyalashtirilgan yondashuvning ustunlik qilishi
shunga olib keldiki, 80-yillarning о„rtalariga qadar sobiq Sovet Ittifoqi
FKADHKga kiruvchi kо„pchilik arab davlatlari bilan diplotatik munosabatlarga
ega emasdi. Faqatgina Quvayt bilan 1963 yildayoq о„rnatilgan edi. SSSR
mavjudligining sо„nggi davrida sovet tashqi siyosatida rо„y bergan о„zgarishlar
natijasida, xalqaro maydondagi sezilarli о„zgarishlar davrida, 90-yillarning
boshlarida u Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon, Qatar va Baxrayn bilan davlat
miqyosidagi rasmiy munosabatlarga ega edi. Ta‟kidlash joizki, yangi siyosiyg„oyaviy
tamiyilga
muvofiq
Sovet
Ittifoqi
Isroilga
nisbatan
munosabatini
о„zgartirdi: 1991 yil noyabrda bu mamlakat bilan 1967 yilda uzilgan diplomatik
munosabatlarni qayta tiklash tо„g„risida qaror qabul qilindi.
Sezilarli
miqdordagi
arab
davlatlarining
yetarlicha
barqarorlashgan
yо„nalishga о„tishlari avvalo ularning milliy taraqqiyot ehtiyojlariga asoslangan
edi. Agar ilgarigi davrda arab monarxiyalarining siyosati qudratli davlatlar
о„rtasidagi qarama-qarshilikka qо„shilib qolishdan qochishga intilish bilan
ta‟riflansa, “sovuq urush” tugaganidan keyin, sovet-amerika munosabatlari
normallashish jihatidan, SSSR bilan har tomonlama aloqalarni rivojlantirish
“konservativ” arab tuzumlari uchun о„z ahamiyatiga ega bо„la boshladi.
34
Yaqin Sharq masalalari muhokamasini о„z ichiga olgan katta doiradagi
muammolar bо„yicha sovet-amerika muloqotlarining rivojlanishi, arab-isroil
mojarolarini hal qilinishga jahon hamjamiyati e‟tiborining ortishi, G„arbiy
Yevropa
davlatlarining
faol
yondashuvi,
mintaqaviy
vaziyatlarda
yangi
nuqtalarning paydo bо„lishi (Iroq va Eron о„rtasidagi harbiy harakatlarning
tо„xtatilishi va BMT vositachiligida ikkala davlat о„rtasida muzokaralarning
boshlanishini ham qо„shganda) qator arablararo kelishmovchiliklarni bartaraf etish
uchun ijobiy sharoit yaratdi.
1989 yil mayda Kasablankada (Marokko) bо„lib о„tgan oliy darajadagi AML
doirasidagi uchrashuv qarorlari mintaqaning alohida qismlari о„rtasida saflarning
mustahkamlanishi uchun intilishdan guvohlik beradi. Unda Misrning Liga va uning
qoshidagi tashkilotlarga a‟zoligi tiklandi, FOTning tinchlikparvar tashabbuslari va
“intifada” kо„mak oldilar. Xususan, kengashda 1988 yil dekabrda Bosh
Assambleyada Yosir Arofat bildirgan takliflar ma‟qullandi. U о„z nutqida
terrorizmning har qanday shakliga nisbatan Falastinning qat‟iy rad qilish
pozitsiyasini, muzokara jarayoniga asos sifatida BMTning №242 va № 338
rezolyusiyalarini hamda ushbu rezolyusiyalarga muvofiq Yaqin Sharq mojarolari
ishtirokchilari bо„lgan, Falastin davlatining qanday bо„lsa, Isroil davlatining ham
xuddi shunday tinch va xavfsiz yashashlari uchun barcha huquqlarini tan olishini
bayon qildi.
1
Kasablankadagi kengashda AML, Falastin Ozodlik Tashkiloti bilan ketma-ket
falastinliklar huquqi muhokamasi maqsadida Yaqin Sharq bо„yicha xalqaro
konferensiya о„tkazish g„oyasini qо„llab-quvvatlashini yana bir ta‟kidladi.
Boshqacha aytganda, Liga amalda BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqni
tinch yо„l bilan muvofiqlashtirish bо„yicha №242 va № 338 rezolyusiyalarini tan
oldi, bu esa, о„z navbatida amalda Isroil davlatini tan olinishini bildirardi.
2
80-yillarning ikkinchi yarmida belgilanib, AML tomonidan turli sessiyalar va
kengashlarda qabul qilingan qaror va rezolyusiyalar ta‟siri ostida bir joyga
1
Звягельская И.Д. Ближневосточный конфликт. История, динамика, перспективы. М., 2005.с.109
2
The Middle East and North Africa. London.2000.р.266
35
jamlangan arablararo munosabatlardagi markazga intiluvchi tamoyillar 90-
yillarning boshida jiddiy sinovlarga uchradi. Gap shundaki, 1990 yilning 2
avgustida Iroq Quvayt hududiga bostirib kirib, unga qarshi agressiyani amalga
oshirdi.
AML tezlik bilan Fors kо„rfazi hududida paydo bо„lgan bunaqangi о„ta keskin
harbiy-siyosiy vaziyatga munosabat bildirdi. 1990 yilning 3 avgustida Qohirada
bо„lib о„tgan, shoshilinch sur‟atda chaqirilgan AML Kengashining favqulotda
sessiyasida 21 a‟zo-davlatdan 14tasi Liga Iroqning agressiv harakatini ayblab,
undan zudlik bilan, e‟tirozsiz Qavaytdan Iroq qо„shinlarini olib chiqishni talab
qilgan qarorini ma‟qulladilar, uchrashuvning 6ta a‟zosi (Iroq, Iordaniya,
Mavritaniya, Sudan, Yaman va FOT) ushbu qarorni rad etdilar. Bu talab 1990 yil
10 avgustda Qohirada bо„lib о„tgan AML a‟zo-davlatlari rahbarlarining majlisida
tasdiqlandi. Undan tashqari, uchrashuvda ishtirok etgan Liganing 20ta a‟zolaridan
12tasi (Baxrayn, Jibuti, Misr, Qatar, Quvayt, Livan, Marokko, BAA, Ummon,
Saudiya Arabistoni, Suriya, Somali) iroq-quvayt mojarosini hal qilishda yordam
berishi uchun Fors kо„rfaziga qurolli kuchlarini yuborishni sо„rab AQShga
murojaat qilgan Saudiya Arabistoni hukumatiga kо„maklishishlarini bildirdilar;
ushbu hududga arab kuchlarini yuborish va ushlab turish uchun ovoz berdilar,
undan tashqari Iroqqa qarshi iqtisodiy sanksiyalar qо„llash uchun roziliklarini
bildirdilar. Tashkilotning qolgan a‟zolari esa chet el qо„shinlari taklif qilinishini
qoraladilar, bu davlatlarning tashqi ishlar vazirlari 1990 yil avgustida inqirozni
muvofiqlashtirishning
mumkin
bо„lgan
yо„llari
muhokamasi
maqsadidagiuchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortdilar. Shu munosabat bilan
Marokko qiroli Hasan 1990 yil noyabrda, Fors kо„rfazidagi inqirozni arab
davlatlarining о„z kuchlari bilan bartaraf qilishga urinib kо„rish uchun oliy
darajadagi arab konferensiyasi chaqirilishini qat‟iy talab qildi. Ammo, iroq-quvayt
mojarolari atrofida arab olamidagi ixtiloflar tufayli bu g„oya qо„llabquvvatlanmadi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |