66
MISOL.
QQS to‘lovchi korxona mamlakat ichida va eksportga realizatsiya
qilinadigan mahsulot ishlab chiqaradi. Uni ishlab chiqarish uchun xom ashyo keltirilib,
uni bojxonada rasmiylashtirishda 12 500 ming so‘m QQS to‘langan.
Xom ashyo olib kirilganida korxonada uning xarajatini eksportga va ichki bozorda
realizatsiya qilinadigan mahsulot bo‘yicha alohida hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud
bo‘lmagan. Hisobot davrida realizatsiya hajmi quyidagilarni tashkil qildi:
ichki bozorga - 48 100 ming so‘m, shu jumladan 8 016,7 ming so‘m QQS;
eksportga - 35 200 ming so‘m (QQSning nol darajali stavkasi). Bunda kontraktning
umumiy summasidan 40% valyuta tushumi kelib tushgan.
Xarid qilingan import xom ashyosidan quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda
foydalanilgan:
ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot - 18 000 ming so‘mga, QQS - 3 600
ming so‘m;
eksport qilinadigan - 15 100 ming so‘m, QQS - 3 020 ming so‘m.
Hisobot davrida quyidagi tarzda hisobga qabul qilinadi:
ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan import
xom ashyo bo‘yicha QQS summasi - 3 600 ming so‘m;
eksport qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan, olib kirilgan xom ashyo
bo‘yicha QQS summasi (kelib tushgan valyuta tushumidan ulushda) - 1 208 ming so‘m (3
020 x 40%).
QQS 20 foiz stavka bo‘yicha to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim
ozik-ovkat tovarlari bo‘yicha QQS 10 foiz stavkada to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 71 va 72-moddalarida QQS
bo‘yicha imtiyozlar berilgan.
Byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS realizatsiya qilingan tovarlar uchun
hisoblab chiqarilgan QQS summasi bilan qiymatni ishlab chiqarish va muomala
harajatlariga quyiladigan tovarlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan QQS summasi
o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
Import qilinadigan tovarlarga QQS summasi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
SQQS = (St + Pip + As)/N,
bunda
St - import qilinayotgan
tovarlarning bojxona qiymati;
Pip – bojxona to‘lovi mikdori;
As – aktsiz solig‘i mikdori;
N - QQS - stavkasi foiz hisobida.
Soliq to‘lovchi QQS bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi
yakun bilan soliq yuzasidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan
kechiktirmay va yil yakuni bo‘yicha yillik Moliyviy hisobotini topshirish muddatida
takdim etadi.
Soliq to‘lovchi soliqni hisob-kitoblar takdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli
davr(oy) uchun realizatsiya bo‘yicha amaldagi oborot asosida to‘laydi.
Tovarlarni import kilish chogida QQS bojxona deklaratsiyasi kabul qilinishidan
oldin yoki bir vaktda to‘lanadi. Iport qilinayotgan ishlar va hizmatlar bo‘yicha QQS ishlar
va hizmatlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisoblab chiqariladi va import
kiluvchi tomonidan yozilgan to‘lov kog‘ozi asosida to‘lanadi.
Hisobga kiritiladigan summa hisoblab yozilgan soliq summasidan oshib ketganda
(bundan keyin - QQS bo‘yicha oshib ketish)
QQSni hisobga kiritish va qaytarish tartibi
Soliq kodeksi ning 41-bobida belgilangan. Unda:
69
1. Material sotib olinganda
QQS summasi hisoblanishi
2. Hisobot ohiridagi QQS summasi 6410- hisobvaraqqa debitga o‘tkazyapdi.
3. Sotilgan mahsulot qiymati.
4. QQS byudjetga to‘lanish.
5. Ko‘rsatilgan hizmat uchun QQS hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: