Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


Mavzu:   Bilvosita soliqlarning hisobi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

Mavzu:
 
Bilvosita soliqlarning hisobi. 
REJA. 
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti. 
2. Aktsiz solig‘i hisobi va hisoboti. 
3.  Jismoniy  shaxslardan  transport  vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg‘isi  va  gaz 
ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobi va hisoboti. 
Tayanch so‘zlar: 
Aktsiz,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i,  harajatlar,  boj,  tovar  aylanma,  eksport  imtiyoz, 
soliqlar bo‘yicha imtiyoz, QQS solig‘idan imtiyoz, soliq hisoboti.
 
 
1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti. 
Tayyor  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish,  ishlarni  bajarish  va  hizmat  ko‘rsatish, 
tovarlarni  sotish  hamda  O‘zbekiston  hududiga  tovarlarni  import  kilish  jarayonida  ular 
qiymatiga  yangi  qiymat  ko‘shiladi.  Bu  ko‘shilgan  qiymatning  bir  kismi  soliq  sifatida 
byudjet daromadiga olinadi. 
Ko‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha hisobda turgan yoki hisobda turishi shart 
bo‘lgan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shugulanuvchi    yuridik  shaxslar  ko‘shilgan  qiymat 
solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. 
Ko‘shilgan  qiymat  solig‘ining  ob’ekti  bo‘lib,  tovarni  (ishlarni,  hizmatlarni) 
realizatsiya  va  import  kilish  oboroti  hisoblanadi.  Shuningdek  O‘zbekiston  Respublikasi 
bojxona  qonunlarida  belgilab  ko‘yilgan  bojxona  rejimiga  muvofik  Respublika  hududiga 
import    qilinadigan  tovarlar,  ishlar  va  hizmatlar  QQS  solinadigan  ob’ektlardir.  Bojxona 
qiymati import qilinadigan tovarlarga QQS ni hisoblash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Realizatsiya  bo‘yicha  soliq  solinadigan  oborot  mikdori  realizatsiya  qilinadigan 
tovarlar,  qiymati  asosida,  qo‘llaniladigan  narhlar  va  tariflardan  kelib  chikib,  aktsiz 
solig‘ini hisobga olgan holda ularga QQSni kiritmasdan belgilanadi. 
Import  qilinadigan  tovarlar  bo‘yicha  soliq  solinadigan  oborot  mikdoriga  bojxona 
qiymati bilan bir katorda bojxona to‘lovi mikdori va aktsiz solig‘i mikdori kiritiladi. 
Import qilingan xom ashyo bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i Soliq kodeksining 39-
bobiga  muvofiq  hisobga  kiritiladi.  Uni  amalga  oshirish  uchun  Soliq  kodeksining  218-
moddasining quyidagi talablariga rioya etish kerak: 
- xom ashyodan soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka bo‘yicha 
oborot maqsadlarida foydalaniladi; 
-  QQS  byudjetga  to‘lanadi.  Agar  import  qilingan  tovarlarga  soliq  to‘lashdan  ozod 
qilish tarzida maqsadli imtiyoz berilgan bo‘lsa, QQS ham hisobga qabul qilinadi; 
-  import  qilingan  xom  ashyo  va  materiallardan  nol  darajali  stavka  bo‘yicha  soliq 
solinadigan  eksport  mahsulotini  ishlab  chiqarishda  foydalanilganida  eksport  mahsulotiga 
chet ellik xaridor haq to‘laganligini tasdiqlaydigan bank ko‘chirmasi mavjud. 
Mamlakat  ichida  sotiladigan  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  xom  ashyo  import 
qilinganida QQS amalda byudjetga to‘langan hisobot davrida hisobga kiritiladi.  
Eksport  mahsuloti  (nol  darajali  stavka  bo‘yicha  QQS  solinadigan)  ishlab  chiqarish 
uchun  import  xom  ashyosidan  foydalanilganida  olib  kirish  chog‘ida  to‘langan  QQS 
valyuta  tushumi  korxonaning  hisob-kitob  raqamiga  kelib  tushgan  davrda  mahsulot 
realizatsiyasidan kelib tushgan ulushida hisobga qabul qilinadi. 


 
66 
MISOL. 
QQS  to‘lovchi  korxona  mamlakat  ichida  va  eksportga  realizatsiya 
qilinadigan  mahsulot  ishlab  chiqaradi.  Uni  ishlab  chiqarish  uchun  xom  ashyo  keltirilib, 
uni bojxonada rasmiylashtirishda 12 500 ming so‘m QQS to‘langan.  
Xom  ashyo  olib  kirilganida  korxonada  uning  xarajatini  eksportga  va  ichki  bozorda 
realizatsiya  qilinadigan  mahsulot  bo‘yicha  alohida  hisob-kitob  qilish  imkoniyati  mavjud 
bo‘lmagan. Hisobot davrida realizatsiya hajmi quyidagilarni tashkil qildi: 
ichki bozorga - 48 100 ming so‘m, shu jumladan 8 016,7 ming so‘m QQS; 
eksportga - 35 200 ming so‘m (QQSning nol darajali stavkasi). Bunda kontraktning 
umumiy summasidan 40% valyuta tushumi kelib tushgan. 
Xarid  qilingan  import  xom  ashyosidan  quyidagi  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishda 
foydalanilgan: 
ichki  bozorda  realizatsiya  qilingan  mahsulot  -  18  000  ming  so‘mga,  QQS  -  3  600 
ming so‘m; 
eksport qilinadigan - 15 100 ming so‘m, QQS - 3 020 ming so‘m. 
Hisobot davrida quyidagi tarzda hisobga qabul qilinadi: 
ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan import 
xom ashyo bo‘yicha QQS summasi - 3 600 ming so‘m; 
eksport qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan, olib kirilgan xom ashyo 
bo‘yicha QQS summasi (kelib tushgan valyuta tushumidan ulushda) - 1 208 ming so‘m (3 
020 x 40%). 
QQS  20  foiz  stavka  bo‘yicha  to‘lanadi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim 
ozik-ovkat tovarlari bo‘yicha QQS 10 foiz stavkada to‘lanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  Kodeksining  71  va  72-moddalarida  QQS 
bo‘yicha imtiyozlar berilgan. 
Byudjetga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  QQS  realizatsiya  qilingan  tovarlar  uchun 
hisoblab  chiqarilgan  QQS  summasi  bilan  qiymatni  ishlab  chiqarish  va  muomala 
harajatlariga  quyiladigan  tovarlar  uchun  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  QQS  summasi 
o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi. 
Import qilinadigan tovarlarga QQS summasi quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
SQQS  =  (St + Pip + As)/N, bunda 
St - import qilinayotgan tovarlarning bojxona qiymati; 
Pip – bojxona to‘lovi mikdori; 
As – aktsiz solig‘i mikdori; 
N - QQS - stavkasi foiz hisobida. 
Soliq to‘lovchi QQS bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi 
yakun  bilan  soliq  yuzasidan  har  oyda  hisobot  oyidan  keyingi  oyning  15-kunidan 
kechiktirmay  va  yil  yakuni  bo‘yicha  yillik  Moliyviy  hisobotini  topshirish  muddatida 
takdim etadi. 
Soliq to‘lovchi soliqni hisob-kitoblar takdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli 
davr(oy) uchun realizatsiya bo‘yicha amaldagi oborot asosida to‘laydi. 
Tovarlarni  import  kilish  chogida  QQS  bojxona  deklaratsiyasi  kabul  qilinishidan 
oldin yoki bir vaktda to‘lanadi. Iport qilinayotgan ishlar va hizmatlar bo‘yicha QQS ishlar 
va hizmatlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisoblab chiqariladi va import 
kiluvchi tomonidan yozilgan to‘lov kog‘ozi asosida to‘lanadi. 
Hisobga  kiritiladigan  summa  hisoblab  yozilgan  soliq  summasidan  oshib  ketganda 
(bundan  keyin  -  QQS  bo‘yicha  oshib  ketish) 
QQSni  hisobga  kiritish  va  qaytarish  tartibi 
Soliq kodeksi ning 41-bobida belgilangan. Unda: 


 
67 
- hisobga qabul qilingan QQS summasi 20%lik stavkada soliq solinadigan oborotlar 
bo‘yicha hisoblab yozilgan QQSdan ko‘p bo‘lgan hollarda; 
- soliqning nol darajali stavkasini qo‘llash natijasida. 
20%lik  stavka  bilan  soliq  solinadigan  oborotlar  bo‘yicha  hisoblab  yozilgan 
qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  bobida  oshib  ketgan  summani  hisobga  kiritish  va  qaytarish 
tartibini belgilaydigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud emas.  
QQSning  nol  darajali  stavkasini  qo‘llaydigan  korxonalar  uchun  nazarda  tutilgan 
QQSni  hisobga  kiritish  va  qaytarish  tartibi  Soliq  to‘lovchilarga  nol  darajali  stavkani 
qo‘llash  natijasida  hosil  bo‘lgan  qo‘shilgan  qiymat  solig‘ining  ortiqcha  summasini 
qaytarish to‘g‘risidagi nizomda 
(MV va DSQning AV tomonidan 2008 yil 16 mayda 1807-
son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan)
 batafsil tushuntirilgan.  
Ishlab  chiqarish  korxonasi  2001  yilning  yanvar  oyida  quyidagi  harajatlarni  amalga 
oshiradi: 
1.  Mol  etkazib  beruvchilardan  280000  so‘mga  hom  ashyo  va  materiallar  olindi, 
shundan QQS summasi 56000 so‘mni tashkil etgan. 
 Debet 1010 «Hom ashyo va materiallar»         280000 so‘m 
            4510 «Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» 6000 so‘m 
         Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»  336000 so‘m 
2.  Ijara  harajatlari  uchun  20000  so‘m  ko‘chirib  berildi,  shundan  QQS  4000  so‘mni 
tashkil etadi.  
Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari» 20000 so‘m 
           4510 «Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar»  4000 so‘m 
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» 24000 so‘m 
3.  Telejamg‘armaan  foydalanganlik  uchun  5000  so‘m  to‘chirib  berildi,  shundan  
QQS 1000 so‘mni tashkil etadi.  
Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari» 5000 so‘m 
           4510 «Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar»  1000 so‘m 
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»  6000 so‘m 
4. Kommunal hizmat harajatlari uchun 3000 so‘m berildi, shundan QQS 600 so‘mni 
tashkil etadi. 
Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari»      3000 so‘m 
            4510 «Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar»         600 so‘m 
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» 3600 so‘m 
5. Shaxsiy ho‘jalikdan yordamchi materiallar sotib olindi 8000 so‘m. 
Debet 1090 «Boshqa materiallar»    8000 so‘m 
Kredit 5010 «Milliy valyutadagi pul mablaglari»8000so‘m 
Tayyor mahsulotlarni sotishdan 480000 so‘m daromad olindi. 
          QQS  =   480000/20  =  80000 so‘m 
                            100+20 
Hisoblangan  QQS  summasiga  buxgalteriyada  quyidagi  buxgalteriya  yozuvi  kayd 
etiladi. 
Debet 9010 «Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar» 80000 so‘m 
Kredit 6412 «QQS ning byudjetga to‘lovlar bo‘yicha  qarzdorlik» 80000 so‘m 
Byudjetga to‘lanadigan yoki byudjetdan olinadigan summa o‘zaro Hisob-kitob yo‘li 
bilan aniqlanadi. 
4510 schyot bo‘yicha 5600 + 4000 + 1000 + 600  =  61600 so‘m 
6412  schyot  bo‘ycha  80000  so‘m,  farq  80000  –  616000    =    18400  so‘m  byudjetga 
to‘langach quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi. 


 
68 
Debet 6412 «QQS ning byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik»         18400 so‘m 
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»   18400 so‘m 
Material sotib olinganda QQS summasi: 
Debet 4410-«Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lolvri» 
Kredit 6010-«Mol etkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar» 
Hisobot ohirida QQS summasi 6410  hisobvaraq debitiga o‘tkaziladi: 
Debit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qazdorlik» 
Kredit 4410-«Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» 
Sotilgan mahsulot qiymatiga: 
Debit-4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
Kredit 9010-«Realizatsiya» hisobvarag‘i 
QQS byudjetga o‘tkazilganda: 
Debit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» 
Kredit 5110-«Hisob-kitob»schyoti. 
Ishlab  chiqarish  korxonasi  2010  yilning  yanvar  oyida  quyidagi  harajatlarni  amalga 
oshirdi: 
Mol  etkazib  beruvchilardan  280000  so‘mga  hom-ashyo  va  materiallar  olindi, 
shundan QQS summasi 56000 so‘mni tashkil etadi. 
Debet 1010 «Hom ashyo va materiallar»  280000 
  4510 «Soliqlar bo‘yicha bunak to‘lovlari» 56000 so‘m 
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» 336000 so‘m 
2. Tayyor mahsulotlarni sotishdan 480000 so‘m daromad olindi. 
  QQS  =  480000h20  =  80000 so‘m 
                  100+20 
Hisoblangan  QQS  summasiga  buxgalteriyada  quyidagi  buhalteriya  yozuvi  kayd 
etiladi. 
Debit-4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 480000 
Kredit 9010-«Realizatsiya» hisobvarag‘i 480000 
 
  Debet                 Kredit                ∑ 
6410-3202             5110          24000 so‘m.  
 
QQSni hisoblash tartibi va to‘lanishi 
 
D-t 6010  K-t     D-t 4410 K-t      D-t 6410       K-t               
   
    
                (1)   
 
(2) 
     56000    56000       56000     56000 
    
 
 
 
 
 
     
 
 D-t  9010 K-t                       D-t   4010     K-t 
   
 
    (3) 
        200000                       200000  
 
                    D-t       5110      K-t  
   
(4)  80000         (5)   80000     
                    24000              24000                                                            


 
69 
1. Material sotib olinganda QQS summasi hisoblanishi 
2. Hisobot ohiridagi QQS summasi 6410- hisobvaraqqa debitga o‘tkazyapdi. 
3. Sotilgan mahsulot qiymati. 
4. QQS byudjetga to‘lanish. 
 5. Ko‘rsatilgan hizmat uchun QQS hisoblandi. 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish