Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

1
  
«Soliqlar, boj va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va 
buxgalteriya  hisobida  aks  ettirish  to‘g‘risida»gi  Nizom.  2002  yil  22  iyunda  O‘zR  Adliya  vazirligi  tomonidan  1155-son  bilan 
ro‘yxatga olingan. 


 
37 
foydalanish  uchun  berilgan  soliq  imtiyozlari  schyotiga  o‘tkaziladi:  Dt  6410  «Byudjetga 
to‘lovlar  bo‘yicha  qarz»  schyoti  bo‘yicha  ochilgan  «Foyda  solig‘i  bo‘yicha  imtiyozlar», 
8840 «Maqsadli foydalanadigan  soliq imtiyozlari» schyoti. 
8840  –  schyotda  hisobga  olinadigan  qonunchilik  bo‘yicha  soliqlardan  ozod  qilish 
natijasida hosil bo‘lgan summa, agar imtiyozli davr ko‘rsatilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan davr 
oxirida,  boshqa  hollarda  esa  har  yili  quyidagi  hisobdan  chiqariladi:  D-t  8840  «Maqsadli 
foydalanadigan soliq imtiyozlari», K-t 8520 «Rezerv kapitali» schyoti. 
Maqsadli  foydalanish  uchun  rezerv  kapitaliga  o‘tkazilgan  mablag‘dan  xo‘jalik 
yurituvchi  subektlar
 
o‘zlarining  moddiy-texnika  va  ijtimoiy  bazasini  mustahkamlash, 
shuningdek  xodimlarni  moddiy  rag‘batlantirish  uchun  foydalanganda  8520  «Rezerv 
kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab tegishli schyotlar kreditlanadi. 
Soliqlar,  bojxona  va  majburiy  to‘lovlardan  ozod  qilinishi  natijasida  hosil  bo‘lgan 
mablag‘lardan  maqsadli  foydalanganligini  tasdiqlash  uchun  korxona  va  tashkilotlar  har 
yili  yillik  Moliyviy  hisoboti  bilan  birga  ushbu  mablag‘lardan  foydalanishi  to‘g‘risidagi 
hisob-kitobini topshiradi. 
Soliq organlari tomonidan tekshirilganda soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlardan 
ozod  qilinishi  natijasida  hosil  bo‘lgan  mablag‘larning  belgilangan  maqsadlarga  emas, 
boshqa  maqsadlar  uchun  foydalanganligi  aniqlansa  yoki  imtiyozli  davr  tugaganga  qadar 
import  qilingan  tovarlar  sotilsa  yoki  boshqa  tashkilotga  berilsa,  belgilangan  maqsad 
bo‘yicha  foydalanilmagan  mablag‘lar  summasi,  shuningdek,  sotilgan  mulklar  bo‘yicha 
bojxona to‘lovlari summasi jarima choralarini qo‘llagan holda boqimandasi bilan undirib 
olinadi. 
Soliq  organlariga  topshirilgan  hisob-kitoblarning  to‘g‘riligi  va  o‘z  vaqtida 
topshirilishiga  korxona  va  tashkilotlar  javobgardir.  Qonunchilik  asosida  soliq 
to‘lovlaridan  vaqtinchalik  ozod  qilish  natijasidada  hosil  bo‘lgan  mablag‘larni  maqsadli 
foydalanishga  yo‘naltirmaydigan  korxona  va  tashkilotlarga  misol  qilib  shuni  ko‘rsatish 
lozimki,  yangi  tashkil  etilgan  korxonalar  ro‘yxatdan  o‘tgan  vaqtdan  boshlab  ikki  yil 
davomida  byudjetga  mulk  solig‘i  to‘lashdan  ozod  qilinadi.  Ushbu  soliqdan  ozod  qilish 
natijasida  hosil  bo‘lgan  mablag‘  maqsadli foydalanishga  yo‘naltirilmaydi. Shunday  shart 
bilan qonunchilikka binoan ayrim xo‘jalik  yurituvchi subektlar boshqa soliq,  bojxona va 
majburiy to‘lovlardan ozod qilinishi mumkin. 
Hisoblangan  boj  to‘lovlari,  soliqlar  (QQS  to‘lovchilar  uchun  QQS  summasidan 
tashqari)  va  majburiy  to‘lovlar  summasini  tovarning  sotish  qiymatiga  ham  qo‘shmaydi. 
Bunday  xo‘jalik  yurituvchi  subektlar  har  bir  byudjetga  to‘lov  turi  bo‘yicha  balansdan 
tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari» schyotida hisob yuritadi. 
Umumiy belgilangan tartibda byudjetga hisoblangan soliq va to‘lovlar summasi 013-
schyotning kirimiga  yozib boriladi. Byudjetga hisoblangan majburiy to‘lovlar va soliqlar 
summasi  Moliyviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobotda  aks  ettirilmaydi  va  Moliyviy 
natijalarni shakllanishiga ta’sir etmaydi. 
Soliqdan  ozod  qilish  imtiyozli  davri  tugashi  bilan  soliqdan  ozod  qilish  natijasida 
hosil  bo‘lgan  mablag‘lar  balansdan  tashqari  013  «Vaqtinchalik  soliq  imtiyozlari» 
schyotidan  chiqim  qilinadi.  Bunda  hisobdan  chiqarilgan  mablag‘lar  to‘g‘risidagi  axborot 
imtiyozli davri tugagandan so‘ng 5 yil ichida korxonada saqlanishi kerak. 
7240  «Soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  uzoq  muddatli  kechiktirilgan 
majburiyatlar»  schyotida  qonunchilikka  binoan  vaklotli  hukumat  organlari  qarori  bilan 
to‘lashni bir necha  yilga uzaytirishga ruxsat etilgan soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
byudjet oldidagi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi. 
Joriy  yoki  undan  uzoqroq  davrlarda  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan  to‘lovlar  summasi 


 
38 
korxonaning  kechiktirilgan  majburiyatlari  deb  tan  olinadi  va  ular  kelajakda  qaytariladi. 
Bu schyotning kreditida tegishli soliq va majburiy to‘lovlarni hisobga oladigan schyotlar 
bilan korrespondentlangan holda uzoq muddatli kechiktirilgan to‘lovlar summasi hisobga 
olinadi. 
Masalan,  korxonaga  qonunchilikka  binoan  vakolati  huquqiy  organlari  qarori  bilan 
soliq to‘lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan bo‘lsa, quyidagicha yozuv bilan 
rasmiylashtiriladi:  D-t  6410  «Byudjetga  to‘lovlar  bo‘yicha  qarz  (turlari  bo‘yicha)»,  K-t 
7240  «Soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  uzoq  muddatli  kechiktirilgan 
majburiyatlar» schyoti. 
Shuningdek  boshqa  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  to‘lash  muddati  bir  necha  yilga 
kechiktirilgan  hollarda  6510  «Sug‘urta  bo‘yicha  to‘lovlar»,  6520  «Maqsadli  davlat 
jamg‘armalariga  to‘lovlar»  schyotlari  debetlanib  7240  «Soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar 
bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti kreditlanadi. 
Soliqlar 
va 
majburiy 
to‘lovlar  bo‘yicha  uzoq  muddatli  kechiktirilgan 
majburiyatlarning  joriy  yilda  to‘lanadigan  qismi  6240  «Soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar 
bo‘yicha  uzoq  muddatli  kechiktirilgan  majburiyatlar»  schyotining  kreditida  quyidagi  aks 
ettiriladi: D-t 7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan 
majburiyatlar»,  K-t  6240  «Soliqlar  va  majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  uzoq  muddatli 
kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti. 
Bunday  summani  joriy  yilda  byudjetga  o‘tkazish  hisoblanganda  6240  «Soliqlar  va 
majburiy  to‘lovlar  bo‘yicha  uzoq  muddatli  kechiktirilgan  majburiyatlar»  schyoti 
debetlanib,  6410  «Byudjetga  to‘lovlar  bo‘yicha  qarz  (turlari  bo‘yicha)»  yoki  6510 
«Sug‘urta  bo‘yicha  to‘lovlar»,  6520  «Maqsadli  davlat  jamg‘armalariga  to‘lovlar» 
schyotlari kreditlanadi. 
Ushbu  summa  byudjetga  yoki  sug‘urta  organlariga  o‘tkazib  berilganda  yuqoridagi 
6410, 6510 va 6520 schyotlari debetlanib,  5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi. 
7250  «Vaqtinchalik  farqlar  bo‘yicha  kechiktirilgan  foyda  solig‘i  bo‘yicha  uzoq 
muddatli  majburiyatlar»  schyotida  vaqtinchalik  farqlarning  mavjudligi  tufayli  vujudga 
keladigan kechiktirilgan Foyda solig‘i summasi aks ettiriladi. 
Foyda  solig‘i  bo‘yicha  xarajat  hisob  daromadidan  hisoblab  topiladi,  to‘lanadigan 
foyda  solig‘i  esa  soliqqa  tortiladigan  foydadan  hisoblab  topiladi.  Hisob  daromadi 
(foydasi)  va  soliqqa  tortiladigan  daromadi  (foydasi)dan  olinadigan  soliqni  aniqlashdagi 
yondoshishlar orasidagi farqi Moliyviy hisobotda inobatga olinishi kerak. 
Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan foyda 
solig‘i  daromad  olish  moboynida  korxona  tomonidan  qilingan  xarajat  deb  qaraladi  va  u 
tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisoblanadi 
ham  korxonaning  Moliyviy-xo‘jalik  faoliyati  natijalari  to‘g‘risidagi  hisobotda  aks 
ettiriladi. Bunda hisob daromadidan hisoblab topilgan Foyda solig‘i xarajati bilan soliqqa 
tortiladigan  daromaddan  hisoblab  topilgan  to‘lashga  tegishli  foyda  solig‘i  orasidagi  farq 
vaqtinchalik  farq  sifatida  hisobga  olinib  7250  «Vaqtinchalik  farqlar  bo‘yicha 
kechiktirilgan  foyda  solig‘i  bo‘yicha  uzoq  muddatli  majburiyatlar»  schyotining  kreditida 
quyidagi  aks  ettiriladi:  D-t  9810  «Foyda  solig‘i  bo‘yicha  xarajatlar»,  K-t  7250 
«Vaqtinchalik  farqlar  bo‘yicha  kechiktirilgan  Foyda  solig‘i  bo‘yicha  uzoq  muddatli 
majburiyatlar» schyoti. 
Har  yili  foyda  solig‘i  bo‘yicha  kechiktirilgan  majburiyatlarning  bir  qismi  Foyda 
solig‘i  bo‘yicha  kechiktirilgan  majburiyatlarning  joriy  qismidek  6250  «Vaqtinchalik 
farqlar  bo‘yicha  kechiktirilgan  foyda  solig‘i  bo‘yicha  majburiyatlar»  schyotida  quyidagi 
aks  ettiriladi:  D-t  7250  «Vaqtinchalik  farqlar  bo‘yicha  kechiktirilgan  foyda  solig‘i 


 
39 
bo‘yicha  uzoq  muddatli  majburiyatlar»,  K-t  6250  «Vaqtinchalik  farqlar  bo‘yicha 
kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» schyoti. 
Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda 6250 «Vaqtinchalik 
farqlar  bo‘yicha  kechiktirilgan  foyda  solig‘i  bo‘yicha  majburiyatlar»  schyoti  debetlanib, 
6410  «Byudjetga  to‘lovlar  bo‘yicha  qarz  (turlari  bo‘yicha)»  schyoti  kreditlanadi.  Ushbu 
summa  byudjetga  o‘tkazib  berilsa  6410  «Byudjetga  to‘lovlar  bo‘yicha  qarz  (turlari 
bo‘yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  soliq  Kodeksining  43-moddasiga  binoan  yilning  hisobot 
choragida  tovarlarni  (ishlarni,  xizmatlarni)  realizatsiya  qilishdan  eng  kam  ish  haqining 
ikki  yuz  barobaridan  ko‘proq  miqdorda  foyda  olgan  yuridik  shaxslar  Foyda  solig‘i 
bo‘yicha joriy  to‘lovlarni har oyning 10 va 25 kunlarida  yilning choragi bo‘yicha Foyda 
solig‘i summasining oltidan bir qismi miqdorida to‘laydi. 
Bu vaqtda hisoblangan bo‘nak Foyda solig‘i summasi 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha 
xarajatlar»  schyotining  debetida  quyidagicha  yoziladi:  D-t  9810  «Foyda  solig‘i  bo‘yicha 
xarajatlar», K-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti. 
Ushbu summa belgilangan muddatlarda byudjetga o‘tkazib berilsa 6410 «Byudjetga 
to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» 
kreditlanadi. 
Hisobot  davri  tugagach  yilik  Moliyviy  hisobot  tuzishda  9810  «Foyda  solig‘i 
bo‘yicha  xarajatlar»  va  9820  «Foydadan  hisoblangan  boshqa  soliqlar  va  yig‘imlar 
bo‘yicha  xarajatlar»  schyotlarining  debetida  hisobga  olingan  soliqlar  summasi  9910 
«Yakuniy  Moliyviy  natija»  schyotining  debetiga  o‘tkaziladi:  D-t  9910  «Yakuniy 
Moliyviy  natija»,  K-t  9810  «Foyda  solig‘i  bo‘yicha  xarajatlar»  va  9820  «Foydadan 
hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari. 
Demak, Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan Foyda solig‘ini 
(9810-schyoti)  va  foydadan  hisoblangan  boshqa  soliqlar  va  yig‘imlar  (9820-schyoti) 
summasini  ayrib  tashlagandan  so‘ng  hisobot  davrining  sof  foydasi  (zarari)  chiqadi  va  u 
Moliyviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 270-satrida ko‘rsatiladi. 
Sub’ektlar o‘zining faoliyati jarayonida Soliq kodeksiga asosan belgilangan soliqlar 
bo‘yicha  yil davomida o‘rnatilgan grafikka asosan soliqlar bo‘yicha bo‘nak summalarini 
to‘lab  boradilar.  Ushbu  to‘langan  bo‘naklar  yilning  ohirida  yakuniy  Moliyviy  natijalaga 
olib boriladi va quyidagi schyotlarda hisoblanadi. 

 
9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar. 

 
9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar. 
9810-  Foyda  solig‘i  bo‘yicha  sarflar,  9820-  Foyda  hisobidan  ajratmalar  bo‘yicha 
sarflar  schyotlarining  debeti  yil  davomida  to‘langan  soliqlar,  yig‘imlar  va  byudjetga 
boshqa  ajratmalar  hisobga  olinadi.  Ushbu  schyotlardagi  summalar  9910-  yakuniy 
Moliyviy natija schyotining debeti bilan yopiladi (Debet 9910 va Kredit 9800). 


 
40 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish