2-rasm. Soliq hisobi siyosatining tarkibi.
Uslubiy qism
Hisob xizmatining
tashkiliy shakli
Soliq hisobi shakli
Ichki nazoratning
shakli
Hujjatlar aylanishini
tashkil
etish
Buxgalteriya
va soliq hisoblarini
bog‘liqligi
Soliq hisobi registri
shakli
Soliq
hisobi ishchi schyotlari
rejasi
Soliq hisobi
axborotlarini qayta
ishlash texnologiyasi
Foyda va QQ
soliqlarini hisoblash
va hisobga olish
uslubiyoti
Boshqa soliqlarni
hisoblash va hisobga
olish uslubiyoti
Asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarni
amortizatsiya
ajratmasini hisoblash
usullari
Soliq hisoboti
TMZ baholash
usullari
Daromad va
xarajatlarni hisoblash
va tan olish usullari
Tashkiliy qism
Texnik qism
Soliq hisobi siyosati
32
2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, soliq hisobi siyosatining tashkiliy qismida xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarda soliq hisobini yuritishning shakli, soliq hisobini olib borish kimga
va qaysi bo‘linmaga yuklatilganligi, buxgalteriya (Moliyviy) hisob bilan soliq hisobining
o‘zaro bog‘liqligi hamda hujjatlar aylanishini tashkil etish masalalari o‘z aksini topgan.
Soliq hisobi siyosatining texnik qismida soliq hisobining modeli uning
registrlarining shakli, soliq hisobining ishchi schyotlar rejasi, soliq hisobi axborotlarini
qayta ishlashning texnologiyasi hamda boshqa texnik masalalar bo‘lishi kerak.
Soliq hisobi siyosatining uslubiy qismini shakllantirishda buxgalteriya (Moliyviy)
va soliq hisobining o‘zaro bog‘liq hamda ularning farqli tomonlarini qiyosiy tahlil qilish
zarur. Chunki, hisob siyosatining uslubiy tomonlari ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. Shu
asosda soliq hisobi tamoyillari metodlarini qo‘llash va ob’ektlarni hisobga olish uslubiyoti
ishlab chiqiladi.
Soliq hisobi siyosatining uslubiy qismining tarkibi 9-rasmda aks ettirilgan. Bu
qismda daromad va xarajatlarni tasnifi, ularni tan olish, mulk va TMZ ni baholash
usullari, asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni amortizatsiya ajratmasini hisoblash
metodlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasini aniqlash
va soliq hisobida aks ettirish metodikasi, soliq hisobotini tuzish va tegishli organlarga
taqdim etish tartiblari ko‘rsatiladi.
Soliq hisobi siyosatining o‘ziga xos tomonlari quyidagi 3-jadvalda aks ettirilgan.
Bunda har bir ob’ektning me’yoriy-huquqiy asosi hamda soliq hisobini tashkil etish va
olib borish usullari e’tirof etilgan.
Soliq hisobi siyosatining uslubiy qismida quyidagi elementlarga alohida e’tibor
berish kerak:
- aktivlar va majburiyatlarni baholash metodlariga;
-
daromad va xarajatlarni soliq hisobida tan olishga;
-
amortizatsiyani hisoblash metodlariga;
-
amortizatsiya me’yorlarini qo‘llashga;
-
zahira (rezerv)ni tashkil etishga;
-
soliqlarni hisoblash, to‘lash tartiblariga;
-
soliqlar bo‘yicha avans to‘lovlarini amalga oshirish tartibiga;
-
soliq hisobi analitik registrlari shakliga;
-
soliq hisobida qo‘llanadigan ishchi schyotlar rejasiga va boshqalarga.
Bu elementlarni soliq hisobi siyosatining ob’ekti sifatida qarash va
metodologiyasining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
33
Do'stlaringiz bilan baham: |