Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


Yagona er solig‘ini hisobi va soliq hisoboti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

2. Yagona er solig‘ini hisobi va soliq hisoboti. 
 
Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan   yagona 
er solig‘i  bo‘yicha tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  1998  yil 10 oktyabr 
PF – 2086 sonli Farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining 1998  yil 26 dekabr 539  – sonli 
Qaroriga  binoan  ishlab  chiqilgan  bo‘lib,  unda    yagona  er  solig‘i  to‘lovchilari  bo‘lgan 
qishloq  xo‘jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilarining  byudjet  bilan  hisoblashish  mexanizmi 
keltirilgan. Hozirgi kunda yangi taxrirdagi soliq Kodeksiga asosan amalga oshirilmoqda. 
Bunga ko‘ra yagona er solig‘i to‘lovchilari bo‘lib  quyidagilar hisoblanadilar: 
qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar
qishloq  xo‘jaligi  yo‘nalishidagi  ilmiy-tadqiqot  tashkilotlarining  tajriba-
eksperimental xo‘jaliklari va ta’lim muassasalarining o‘quv-tajriba xo‘jaliklari. 
Quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar soliq solish maqsadida qishloq 
xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar jumlasiga kiradi: 
er  uchastkalaridan  foydalangan  holda  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotini  etishtirish  va 
o‘zi  etishtirgan  mazkur  mahsulotni  qayta  ishlash  yoxud  er  uchastkalaridan  foydalangan 
holda  faqat  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotini  etishtirish  asosiy  faoliyat  turi  bo‘lgan  yuridik 
shaxslar; 
qishloq  xo‘jaligini  yuritish  uchun  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  tomonidan 
o‘zlariga belgilangan tartibda berilgan er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; 
qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va mazkur o‘zi etishtirgan mahsulotni qayta 
ishlash  ulushi  realizatsiya  qilish  yoki  qayta  ishlash  uchun  olingan  qishloq  xo‘jaligi 
mahsulotini  o‘z  ichiga  oluvchi  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotini  etishtirish  va  qayta  ishlash 
umumiy hajmida kamida 50 foizni tashkil etadigan yuridik shaxslar. 
Yangi  tashkil  etilgan  qishloq  xo‘jaligi  tovarlari  ishlab  chiqaruvchilar  davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yagona er solig‘i to‘lovchilar bo‘ladilar. 
Quyidagilarga yagona er solig‘i to‘lovchilari sifatida qaralmaydi: 

 
o‘rmon va ovchilik xo‘jaliklari; 

 
yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmasdan tuzilgan dehqon xo‘jaliklari. 
Yagona  er  solig‘ini  to‘lash  tartibini  qo‘llash  uchun  soliq  to‘lovchi  har  yili  joriy 
soliq  davrining  1  fevraliga  qadar  soliq  bo‘yicha  hisobga  olish  joyidagi  davlat  soliq 
xizmati organlariga o‘tgan soliq davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish va qayta 
ishlashning  umumiy  hajmida  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotining  o‘zi  etishtirgan  va  qayta 
ishlagan ulushi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi. 
Qishloq  xo‘jaligi  mahsulotini  etishtirish  va  qayta  ishlashning  umumiy  hajmida 
qishloq  xo‘jaligi  mahsulotining  o‘zi  etishtirgan  va  qayta  ishlagan  ulushini  aniqlashda 
Soliq  Kodeksning  132-moddasida  nazarda  tutilgan  boshqa  daromadlar  hisobga 
olinmaydi. 
Qishloq xo‘jaligi  mahsulotini etishtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan 
faoliyat  turlarini  amalga  oshirishda  yagona  er  solig‘i  to‘lovchi  mazkur  faoliyat  turlari 
bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi shart. 
Soliq  Kodeksining  350-moddasining  birinchi  qismiga  muvofiq  soliq  solish 
tartibini tanlash huquqi saqlab qolingan mikrofirmalar va kichik korxonalar faoliyatning 
boshqa  turlari  bo‘yicha  korxonalarning  tegishli  toifalari  uchun  belgilangan  stavkalar 
bo‘yicha  yagona  soliq  to‘lovi  to‘lashi  mumkin.  Mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar 
toifasiga kirmaydigan soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tishi kerak. 
Yagona er solig‘i bo‘yicha Qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xo‘jaligini  yuritish 


 
119 
uchun  egalik  qilishga,  foydalanishga  yoki  ijaraga  berilgan  er  uchastkasi  soliq  solish 
ob’ektidir, soliq solinadigan er uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan 
normativ  qiymati  soliq  solinadigan  bazadir.  Hozirgi  kunga  kelib  mamlakatimizning 
barcha  viloyatlarida  erni  normativ  qiymati  bo‘yicha  yagona  er  solig‘iga  tortish  amalga 
oshirilmoqda.  
Soliq  kodeksiga  asosan  ushbu  soliq  turi  bo‘yicha  ham  kalendar  yil  soliq  davri 
hisoblanadi.
 
Soliq  summasi  soliq  solinadigan  bazaga  qarab  yagona  er  solig‘i  er 
uchastkalarining normativ qiymati va yagona er solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib 
chiqqan holda hisoblab chiqariladi. 
Yagona  er  solig‘ining  hisob-kitobi  er  uchastkasi  joylashgan  erdagi  davlat  soliq 
xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayigacha taqdim etiladi. Yil davomida berilgan 
er  uchastkalari  uchun  yagona  er  solig‘i  er  uchastkasi  berilganidan  keyingi  oydan 
e’tiboran  to‘lanadi.  Er  uchastkasi  olib  qo‘yilgan  (kamaytirilgan)  taqdirda,  yagona  er 
solig‘ini to‘lash er uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan e’tiboran to‘xtatiladi 
(kamaytiriladi). 
Er uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, shuningdek yagona 
er solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq 
to‘lovchilar  davlat  soliq  xizmati  organlariga  hisobot  yilining  1  dekabrigacha  yagona  er 
solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart. 
Yagona er solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: 

 
hisobot yilining 1 iyuligacha – yillik soliq summasining 20 foizi; 

 
hisobot yilining 1 sentyabrigacha – yillik soliq summasining 30 foizi; 

 
hisobot yilining 1 dekabrigacha – soliqning qolgan summasi. 
Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi: 
D-t  9810-«Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar» schyoti; 
K-t  6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliq» schyoti; 
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda: 
D-t  6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» schyoti; 
K-t  5110-«Hisob-kitob schyoti»  schyoti. 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish