114
Mazkur Qonun bilan Soliq kodeksining ayrim moddalariga ham o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, foyda solig‘i bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirish soliqni
hisoblashda chegirib tashlanadigan mehnatta haq to‘lash xarajatlari tarkibiga mehnat
natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar, ta’tilga qo‘shimcha
haqlar, oziq-ovqat, yo‘l chiptalari qiymatini to‘lash yoki qoplash, shuningdek,
xodimlarga ta’til uchun mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan normalardan
ortiqcha to‘langan haq va ular bo‘yicha pullik kompensatsiyalarni kiritishni nazarda
tutadi. Avval ushbu xarajatlar Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib,
foyda solig‘ini hisoblashda chegirilmas edi.
Soliq kodeksining 164, 271 va 300-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish va obodonlashtirish solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni to‘lashning yagona
muddatlari belgilandi.
Mazkur Kodeksning 277 va 294-moddalariga kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan
soliq davri uchun jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan er solig‘i va mol-mulk
solig‘ini to‘lash muddatlari o‘zgartirildi, ya’ni hisobot yilining 15 oktyabri qilib
belgilandi.
Soliq kodeksining 356-moddasida hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan baza yangi
texnologik asbob-uskunalar olishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, lekin soliq
solinadigan bazaning ko‘pi bilan 25 foiziga kamaytirilishi belgilangan. Soliq solinadigan
bazani kamaytirish texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga joriy etilgan soliq
davridan boshlab 5 yil mobaynida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Prezidentning 14.03.2007 yildagi «Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va
texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi
PF-3860-son
Farmoni
3-bandida
ham
«Soliqqa
tortishning
soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan yuridik shaxslar uchun besh yil davomida yagona
soliq to‘lovi to‘lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar
qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda
kamaytirgan holda soliq imtiyozlari joriy etilsin» deb ta’kidlangan.
Ushbu imtiyozlar texnologik uskunalar ishga tushirilgan paytdan boshlab
navbatdagi hisobot soliq davridan qo‘llaniladi.
Shuni e’tiborga olish kerakki, yangi texnologik jihoz deganda chiqarilgan sanadan
boshlab uch yildan oshmagan texnologik jihozlar tushuniladi
(AV tomonidan 11.06.2007
yilda 1688-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qaror bilan tasdiqlangan Nizom).
Quyidagi shartli misollarda sizning holatingizdan kelib chiqib, YaSTning soliq
solinadigan bazasi va uni kamaytirish summasini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: