Soliq to‘lash tartibi.
Suv solig‘i to‘lovchilar tomonidan suvdan foydalanish yoki
suv iste’moli joyida hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay to‘lanadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari
tomonidan esa suv solig‘ini to‘lash yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1
mayigacha amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar joriy yilning 15 yanvarigacha suvdan foydalanish yoki suv
iste’moli joyidagi soliq organlariga suv solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi yozma bildirishni
belgilangan limitdan kelib chiqqan holda yoki suv etkazib berish shartnomasiga muvofiq
har oyda yoki yilning har choragida erkin shaklda taqdim etadilar, qishloq xo‘jaligi
korxonalari bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |