Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Suv solig‘i summasi soliq solinadigan bazadan
va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari
uchun suv solig‘i summasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq solinadigan
bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
2012 yil uchun soliq va majburiy to‘lovlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2011 yil 30 dekabrdagi PQ-1675-son qarori bilan belgilangan.