Elektr elementlari.
Uchta asosiy elektr elementlari mavjud: kondensator,
induktiv g‘altak va rezistor. Energiyaning saqlanish qonuniga asoslangan Kirxgof
qonunlari quyidagilar:
Kirxgofning birinchi qonuni:
uzelga oqib kiradigan to‘liq tok undan oqib
chiqadigan toklarning yig‘indisiga teng bo‘ladi (ya’ni, uzelda toklarning algebraik
yig‘indisi har doim nolga teng bo‘ladi).
Kirxgofning ikkinchi qonuni:
yopiq elektr zanjirida kuchlanishlarning
algebraik yig‘indisi zanjirning barcha uchastkalarida qo‘yilgan elektr yurituvchi
kuchning kattaligiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |