B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

 

 


189 

 

4.5. Materiallarning harorat va issiqlik xususiyatlari 

 

Inson  tanasi  haroratni  his  qilishga  qodir,  biroq  bu  tashqi  issiqlikni 



o‘lchashning  aniq  uslubi  bo‘lib  hisoblanmaydi.  Odamning  his  qilishi  nafaqat 

nochiziqli  bo‘lib  qolmasdan,  balki  nisbiy  hamdir,  chunki  u  oldingi  tajribaga 

asoslanadi.  Biroq  odamlar  sovuq  va  issiq  obyektlar  o‘rtasidagi  farqni  hech  bir 

qiyinchiliksiz aniqlaydilar. Nima uchun bu obyektlar har xil qabul qilinadi? 

Atrofimizdagi  olamning  har  bir  zarrasi  doimo  harakatda  bo‘ladi.  Harorat 

tebranayotgan  zarrachalarning kinetik  energiyasining o‘lchami  bo‘lib hisoblanadi. 

Harakat  qanchalik  tez  bo‘lsa,  zarrachaning  harorati  shunchalik  yuqori  bo‘ladi. 

Molekulalar  va  atomlar  materialning  berilgan  hajmida  bir  xil  tezlik  bilan  harakat 

qilmaydi albatta, chunki ularning hammasi mikroskopik darajada har xil haroratda 

bo‘ladi.  Ko‘p  sonli  harakatlanayotgan  zarrachalarning  o‘rtacha  kinetik  energiyasi 

obyektning 

makroskopik haroratini 

belgilaydi. Bu jarayonlar statistik mexanikada 

o‘rganiladi.  Materialning  haroratini  belgilaydigan  zarrachalarning  makroskopik 

o‘rtacha  kinetik  energiyasini  o‘lchash  uslublari  va  qurilmalari  ko‘rib  chiqamiz. 

Harorat molekulalarning harakatiga bog‘liq bo‘lganligi sababli, u birlik maydonda 

molekulalarga  qo‘yilgan  kuchga  teng  bo‘ladigan  bosim  bilan  chambarchas 

bog‘lanishda bo‘ladi. 

Turlicha  materiallar  tutashganda  ularda  harakatlanayotgan  atomlar  va 

molekulalar  bir-biri  bilan  o‘zaro  ta’sirlarga  kirishadi.  Buning  ustiga,  har  bir 

tebranayotgan  atom  o‘zini  atrof-muhitga  elektromagnitik  nurlanishni  sochayotgan 

mikroskopik  manba  kabi  tutadi.  Bularning  barchasi  issiq  obyektlardan  sovuq 

obyektlarga  issiqlikni  uzatishni  amalga  oshirish  imkonini  beradi.  Atomlarning 

harakati qanchalik intensiv bo‘lsa, harorat shunchalik yuqoriroq va elektromagnitik 

nurlanish shunchalik kuchliroq bo‘ladi. Haroratni o‘lchash uchun 



termometrlar 

deb 


ataladigan  maxsus  qurilmalardan  foydalaniladi,  ular  yoki  obyekt  bilan  kontaktda 

bo‘ladi, yoki uning elektromagnitik nurlanishini qabul qiladi va chiqishda fizikaviy 




190 

 

signalni ishlab chiqaradi. Aynan ana shu signal obyektning harorat o‘lchami bo‘lib 



hisoblanadi.  

Termometr 

so‘zi  adabiyotlarda  dastlab  1624  yilda  J  Leurechon  “La 

Recreation Mathematique” kitobida paydo bo‘lgan. Muallif suv bilan to‘ldirilgan, 

shkalasining  bo‘linishi  8  gradusni  tashkil  qiladigan  shisha  termometrning 

tuzilishini  tasvirlagan.  Bosimga  bog‘liq  bo‘lmagan  birinchi  termometr  Toskaniya 

gersogi  Ferdinand  II  tomonidan  1654  yilda  yaratilgan.  U  o‘zida  spirt  bilan 

to‘ldirilgan germetik qilib kavsharlangan trubkani taqdim qilgan. 

Ko‘pincha issiqlik deb ataladigan issiqlik energiyasi 



kaloriyalarda 

o‘lchanadi 

(oziq-ovqatlarning  to‘yimliligini  o‘lchaydigan  kaloriya  aslida  1000  fizikaviy 

kaloriyaga  teng  va  kilokaloriya  deb  ataladi).  Bir  kaloriya  (kal)  normal  atmosfera 

bosimida 1 g suvni 1 gradus isitish uchun zarur bo‘ladigan issiqlik miqdoriga teng. 

AQSH da ko‘pincha ingliz issiqlik birligi – BIB dan foydalaniladi: 1 BIB = 252,02 

kal (BIB – Britaniya issiqlik birligi). 


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish