α
AV
=
(4.50)
Masalan, T-tipidagi termojuftlik uchun harorat gradiyentidan kuchlanish
funksiyasini ikkinchi tartibli tenglama yordamida etarlicha darajadagi aniqlik bilan
approksimatsiyalash mumkin:
V
AV
= α
0
+ α
1
T + α
2
T
2
=
-0,0543 + 4,094
10
-2
T +
2,874
10
-5
T
2
(4.51)
Shunda Zeebek differensial koeffitsiyenti uchun ifoda quyidagi ko‘rinishni
oladi:
a
T
=
= α
1
+2 α
2
T =
4,094
10
-2
+
5,748
10
-5
T
(4.52)
Tenglamadan ko‘rinib turibdiki, koeffitsiyent haroratdan chiziqli funksiya
bo‘lib hisoblanadi. u ba’zan termojuft tutashmaning
sezgirligi
deb ataladi. Qoidaga
ko‘ra, sovuqroq haroratda joylashadigan etalon tutashma
sovuq ulanma,
ikkinchi
tutashma esa –
issiq ulanma
deb ataladi. Zeebek koeffitsiyenti tutashuvning
fizikaviy tabiatiga bog‘liq bo‘lmaydi, metallar buralgan, payvandlangan,
kavsharlangan va hokazo bo‘lishi mumkin. Faqatgina kavsharlarning harorati va
metallarning xususiyatlari ahamiyatga ega bo‘ladi. Zeebek effekti issiqlik
energiyasining elektr enargiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aylanishi bo‘lib hisoblanadi.
1826 yilda A. Bekkerel Zeebek effektidan haroratni o‘lchash uchun
foydalanishni taklif qilgan. Biroq termojuftlikning birinchi konstruksiyasi Genri
Le-Shatelye tomonidan oradan qariyb oltmish yil o‘tgandan keyin yaratilgan. U
platina bilan platina va rodiy qotishmasidan tayyorlangan simlarni tutashtirish eng
182
katta termokuchlanishni olish imkonini berishini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Le-
Shatelye metallarning ko‘plab kombinatsiyalarining termoelektrik xususiyatlarini
o‘rgangan va tasvirlab bergan. u tomonidan olingan ma’lumotlardan hozirgi
kungacha haroratlarni o‘lchashda foydalaniladi. Ilovada termojuftliklarning ba’zi
bir keng tarqalishga ega bo‘lgan tiplarining 25
ga mos keladigan sezgirliklari
keltirilgan, 4.21- rasmda esa standart termojuftliklar uchun keng haroratlar
diapazonida Zeebek kuchlanishlari ko‘rsatilgan. Shuni qayd qilish lozimki,
termoelektrik sezgirlik butun haroratlar intervalida doimiy bo‘lib hisoblanmaydi va
termojuftliklar odatda 0
da taqqoslanadi. Zeebek effektidan shuningdek
termoelementlarda
ham foydalaniladi, ular mohiyati bo‘yicha o‘zlarida bir nechta
ketma-ket ulangan termojuftliklarni taqdim qiladi. Hozirgi kunda termoelementlar
issiqlik nurlanishlarini detektorlash uchun ko‘p qo‘llaniladi. Simlardan
tayyorlangan birinchi termoelementlar Jeyms Joul (1818-1889 y) tomonidan
o‘lchash qurilmasining chiqish kuchlanishini oshirish uchun ishlab chiqilgan.
4.21- rasm. Standart termojuftliklarda chiqish kuchlanishining sovuq va issiq
kavsharlar o‘rtasidagi haroratlar gradientiga bog‘lanishi
183
4.22- rasm. Peltye effekti
Hozirgi kunda Zeebek effekti integrallangan datchiklarda qo‘llaniladi, ularda
mos keluvchi materiallar juftliklari yarim o‘tkazgich tagliklar yuzasiga surkaladi.
Bunday datchiklarga misol bo‘lib issiqlik nurlanishlarini aniqlaydigan
termoelement xizmat qila oladi. Kremniy etarlicha katta Zeebek koeffitsiyentiga
ega bo‘lganligi sababli, uning asosida yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan termoelektrik
detektorlar tayyorlanadi. Zeebek effekti
Do'stlaringiz bilan baham: |