sig‘imi energiya to‘playdigan element rolini o‘taydi. Birinchi tartibli datchiklarni
tasvirlashning bir nechta usullari mavjud. Biroq datchiklarni ishlab chiqaruvchilar
buning uchun ko‘pincha datchik tashqi ta’sirning o‘zgarishiga qanchalik tez
reaksiya ko‘rsata olishini ko‘rsatadigan chastota tavsiflaridan foydalanadilar.
Chastota oshganda chiqish signalining nisbiy kamayishini aks ettirish uchun 3.9A-
rasmda ko‘rsatilgan amplituda-chastota tavsifi qo‘llaniladi. Datchiklarning dinamik
tavsiflarini tasvirlash uchun ko‘pincha chiqish signalining 3 Db ga pasayishiga
mos keladigan chegara chastotasidan foydalaniladi, u qaysi chastotada kuchlanish
yoki tokning 30% ga kamayishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Yuqorigi qirqim
chastotasi deb ataladigan bu fu chegara chastotasi datchikning ishlashining eng
126
3.9-rasm. Chastota tavsiflari: A – birinchi tartibli datchikning chastota tavsifi,
B – yuqorigi va pastki qirqim chastotalari bo‘yicha chegaralashlarga ega bo‘lgan
datchikning chastota tavsifi, bunda
τ
u
va
τ
L
– mos keluvchi vaqt doimiylari
Chastota tavsiflari datchikning
tezkor harakatlanishi
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘lanadi, u tashqi ta’sirning vaqt birligidagi birliklari bilan ifodalanadi.
Datchikni tasvirlash uchun qaysi tavsiflar – amplituda-chastota tavsiflari yoki
tezkor harakatlanish tavsifidan foydalanish uning tipiga, qo‘llanilish sohasi va
ishlab chiquvchining tavsiflardan qaysi birini afzal ko‘rishiga bog‘liq bo‘ladi.
Datchikning tezkor harakatlanishini tasvirlashning boshqa bir usuli
datchikning kirishiga bosqichli tashqi ta’sir berilganda datchikning tashqi signali
statsionar yoki maksimal qiymatdan 90% darajaga erishishi uchun talab
qilinadigan vaqtni aniqlashdan iborat bo‘ladi. Birinchi tartibli datchiklar uchun
vaqt doimiysi
deb ataladigan parametrdan foydalanish juda qulay bo‘ladi. τ vaqt
doimiysi datchikning inersionlik o‘lchami bo‘lib hisoblanadi. Elektr kattaliklari
atamalarida u sig‘imning qarshilikka ko‘paytmasiga teng bo‘ladi:
τ = CR.
Issiqlik
atamalarida
S
va
R
deganda issiqlik sig‘imi va issiqlik qarshiligi tushuniladi.
Qoidaga ko‘ra, vaqt doimiysi juda oson o‘lchanadi. Birinchi tartibli tizimning
vaqtga bog‘lanishi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
S = S
m
(1 – e
-t/τ
)
(3.20)
127
Bunda
S
m
– chiqish signalining o‘rnatilgan qiymati,
t
– vaqt,
e
– natural
logarifmning asosi.
t
ni τ ga almashtirish bilan quyidagini olamiz:
= 1 – 1/e = 0,6321 (3.21)
Boshqacha qilib aytganda, aytish mumkinki, vaqt doimiysiga teng bo‘lgan
vaqt o‘tishi bilan datchik o‘rnatilgan qiymatdan taxminan 63% ni tashkil qiladigan
darajaga erishadi. Huddi shunday tartibda ikkita vaqt doimiysiga teng bo‘lgan vaqt
o‘tishi bilan chiqish signalining darajasi 86,5 % ni, uchta vaqt doimiysidan keyin
esa – 95% ni tashkil qilishini ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: