n = N
(3.25)
bunda
N
– butun ekspluatatsiya davridagi sikllarning taxminiy soni;
-
maksimal mumkin bo‘lgan harorat fluktuatsiyasi;
- testdan o‘tkazish paytida
qayd qilingan maksimal harorat fluktuatsiyasi.
Aytaylik, datchikning normal ishchi harorati 25
, tavsifda keltirilgan
maksimal ishchi harorat 50
ni tashkil qilsin, test 100
haroratda o‘tkazilgan
bo‘lsin. Shuningdek datchik o‘zining ekspluatatsiya davri mobaynida (aytaylik 10
yilda) 20000 ta sikllarga tortiladi deb hisoblansin, shunda test sikllarining (3.25)
formula bo‘yicha aniqlangan soni quyidagini tashkil qiladi:
n =
20000
= 1283
Bu
shuni
bildiradiki,
butun
ekspluatatsiya
qilish
muddatini
modellashtiradigan, yuqorida keltirilgan shart-sharoitlarda o‘tkazilgan test uchun
20000 ta o‘rniga 1300 ta sikl talab qilinadi. 2.5 koeffitsiyent kavsharlash bilan
ulangan joylar uchun olingan, chunki aynan shu elementlar ishdan chiqishga
ko‘proq tortiladi. Biroq ba’zi bir datchiklar kavsharlangan tutashuvlarga ega
bo‘lmaydi, boshqa ba’zi bir qurilmalarning elementlari esa 2.5 ga qaraganda
yuqori koeffitsiyentga ega bo‘ladi (masalan, elektr o‘tkazuvchan epoksid smolalar
yordamida tutashtirishda), shu sababli amaliyotda bu koeffitsiyent yoki biroz
kamayishi, yoki biroz ortishi mumkin. “Tezlashgan eskirishga” testdan o‘tkazish
natijasida olingan ishonchlilik ishdan chiqishlar ehtimolligi orqali ifodalanadi.
Masalan, 100 ta datchikni testdan o‘tkazishda ulardan ikkitasi ishdan chiqsa
(xizmat qilish muddati 10 yil deb belgilanganda), shuni ta’kidlash mumkinki,
132
berilgan tipdagi qurilmalarning ishonchliligi ularni ekspluatatsiya qilishning
birinchi 10 yili davomida 98% ni tashkil qiladi.
Datchik qo‘llanilish sohasiga bog‘liq ravishda qurshab turuvchi muhitning
uning ishchi tavsiflarini potensial o‘zgartirishi yoki yashirin nuqsonlarni
aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa omillarining ta’siriga ham
tortilishi mumkin. Shu sababli quyidagi turlardagi qo‘shimcha sinovlardan
o‘tkazish qo‘llaniladi:
•
Maksimal oziqlantiruvchi kuchlanishda yuqori harorat va yuqori namlikda
testdan o‘tkazish. Masalan, datchik maksimal yo‘l qo‘yiladigan haroratda va 85-
90% nisbiy namlikda 500 soat davomida ishlashga majbur qilinadi. Bunday testdan
o‘tkazish ifloslanishlarni aniqlash va qurilmalarning korpuslarining butunligini
baholash uchun juda foydali bo‘ladi. Datchiklarning xizmat qilish muddati
ko‘pincha tezlashgan eskirish testi bo‘yicha aniqlanadi, u 85
haroratda va 85%
nisbiy namlikda o‘tkaziladi. Bunday tekshirish ko‘pincha “85-85 testi” deb ataladi.
•
Simli, yelimli va hokazo tutashuvlarning ishonchliligini aniqlashda
qurshab turuvchi muhitning noqulay shart-sharoitlarini modellashtirish uchun
datchiklar
ko‘pincha
mexanik
zarbalar
va
vibratsiyalarga
tortiladi.
Tezlanishlarning yuqori qiymatlarini olish uchun datchikning qulab tushishi
modellashtiriladi. Ko‘pincha bunday sinovlarni qurilmaning turli o‘qlariga
nisbatan o‘tkazish talab qilinadi. Vibratsion testdan o‘tkazishda datchika
qo‘yiladigan garmonik tebranishlarning chastotasi uning o‘zining chastotasini o‘z
ichiga oladigan intervalda o‘zgarishi lozim.
•
Saqlash va tashishning ekstremal shart-sharoitlarini modellashtirish uchun
datchik eng kamida 1000 soat yoki juda yuqori (+100
), yoki juda past (-40
)
haroratda ushlab turiladi. Testdan o‘tkazishning bu turi, qoidaga ko‘ra, qurilmalar
ishlamay turgan holatda o‘tkaziladi. Yuqorigi va pastki harorat chegaralarini
tanlash datchiklarning fizikaviy tabiatiga muvofiq o‘tkaziladi. Masalan, Philips
firmasining 60
Kapri nuqtasi bilan xarakterlanadigan TGS piroelektrik
datchiklari uchun bu harorat hech qachon +50
dan oshmasligi lozim, bu har
doim ularning korpuslarida aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
133
•
Datchiklarning ekstremal tarzda o‘zgaradigan tashqi shart-sharoitlarda
o‘zini qanday tutishini tekshirish uchun ular issiqlik shoki (issiqlikning keskin
o‘zgarishi oqibatida sezgirlikning yo‘qolishi) yokissiklik haroratlarning ta’siriga
tortiladi. Masalan, qurilma 30 minut davomida -40
haroratli muhitda ushlab
turiladi, so‘ngra tezda 30 minutga +100
haroratli muhitga ko‘chirib o‘tkaziladi
va bu narsa ko‘p marotaba takrorlanadi. Bundayssikllarning soni, qoidaga ko‘ra,
100 ... 1000 oraliqda yotadi. Bu test turli tipdagi tutashuvlarning nuqsonlarini
aniqlashga yordam beradi va korpusning butunligini tekshiradi.
•
Dengiz orqali tashish shart-sharoitlarini modellashtirish uchun datchiklar
ma’lum bir vaqt davomida (masalan 24 soat) tuzli tumanlarning ta’siriga tortilishi
mumkin. Bunday testdan o‘tkazish qurilmalarning korroziyaga bardoshliligini
aniqlashga va korpusdagi nuqsonlarni topishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |