O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari va tamoyillari 

 

Tadbirkorlik  deganda  uni  o‘tmishdagi  qo‘pol  yovvoyi  shakllari 



emas,  balki  uning  zamonaviy,  ya’ni  madaniylashgan  shakllari 

haqida gap ketadi. 

Hozir  jahonda  xo‘jalik  yuritish  shakllarining  turli-tumanligiga 

mos  ravishda  tadbirkorlikning  davlat,  jamoa,  shaxsiy,  xususiy, 

aralash va boshqa hosila shakllari mavjud. 

Hozir jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida davlat tadbirkorligi-

ga,  milliy  daromadning  20  foizidan  50  foizigacha  ulushi  to‘g‘ri 

keladi.  Davlat  korxonalari  ko‘pincha  mamlakat  iqtisodiyoti  uchun 

juda  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  yoki  katta  kapital  qo‘yilmalar 



273 

talab  qiladigan  tarmoqlarda  tuziladi.  Masalan,  Angliyada  davlat 

sektori  qora  metallurgiya,  ko‘mir  qazib  chiqarish,  aero-kosmik  sa-

noat,  aloqa  vositalari,  temir-yo‘l  transporti,  elektr  va  gaz  bilan  ta’-

minlash  kabi  sohalarni  qamrab  oladi.  Rivojlanayotgan  mamlakat-

larda  davlat  korxonalari  milliylashtirilgan  chet  el  kompaniyalari 

bazasida  asosan  sanoatning  konchilik  tarmoqlarida  tuziladi. 

Rivojlanayotgan  va  rivojlangan  ko‘pchilik  mamlakatlarda  davlat 

kompaniyalari sanoat firmalari orasida peshqadam hisoblanadi. 

Turli  mamlakatlarda  davlat  korxonalarining  huquqiy  maqomi 

turli-tumanligi  bilan  ancha  farqlanadi.  Hatto  biror-bir  mamlakatda 

barcha  davlat  korxonalari  faoliyatini  tartibga  soluvchi  yagona 

qonuniy hujjat mavjud emas. 

Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat korxonalarini 

uchta guruhga bo‘lish mumkin: 

– budjet korxonalari; 

– davlat ishlab chiqarish korxonalari; 

– aralash kompaniyalar. 

 Budjet  korxonalari  huquqiy  va  xo‘jalik  mustaqilligiga  ega 

bo‘lmagan  korxonalardir.  Ular  davlatning  ma’muriy-boshqarish 

tizimiga  kiradi  va  biron-bir  vazirlik,  mahkama  yoki  mahalliy  o‘z-

o‘zini  boshqarish  organlariga  bevosita  bo‘ysunadi  yoki  ularning 

tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Ular  olgan  foydadan  soliq  to‘lamaydi. 

Barcha daromad va xarajatlar davlat budjeti orqali o‘tadi. 

Davlat  ishlab  chiqarish  korxonalari  –  bu  korxonalarning  ancha 

keng  tarqalgan  tashkiliy,  huquqiy  shaklidir.  Ular  mol-mulkka  ega 

bo‘lib,  xo‘jalik  faoliyati  bilan  birga  davlat  tomonidan  belgilangan 

doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaradi, ya’ni 

davlat korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organlari 

belgilarini mujassamlashtiradi. 

Aralash  kompaniyalar.  Ular  hissadorlik  jamiyatlari  va  majbu-

riyatlari  cheklangan  shirkatlar  shaklida  tashkil  qilinib,  aksiyalar 

paketi  davlatga  taalluqli  bo‘ladi.  Aralash  kompaniyalar  hissadorlik 

jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs 

hisoblanadi,  xo‘jalik  faoliyatida  xususiy  firmalar  bilan  barobar 

tijorat  asosida  qatnashadi.  Shu  bilan  birga,  ular  xususiy  firmalarga 

nisbatan ma’lum imtiyozlardan foydalanadi. Bular davlat tomonidan 

pul  va  dotatsiyalar  berilishi,  chet  el  litsenziyalarini  yengil  shartlar 




274 

bilan olish, boshqa davlat korxonalari bilan xomashyo va yarim fab-

rikatlarni qat’iy belgilangan narxlarda o‘zaro yetkazib berish, ishlab 

chiqargan  mahsulotni  sotish  uchun  bozor  bilan  ta’minlanganlik  va 

shu kabilar. 

Jamoa tadbirkorligi jamoa mulkiga asoslanadi va uning a’zolari 

faoliyatida  o‘z  mehnati  bilan  ishtirok  etishini  taqozo  qiladi.  Jamoa 

mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagi-

lardan iborat: ishlovchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan bevo-

sita  qo‘shilishi;  jamoa  a’zolarining  ishlab  chiqarish  vositalaridan 

keng  foydalana  olishi;  ularning  iqtisodiy  jihatdan  teng  huquqliligi; 

jamoaning  o‘z-o‘zini  boshqarishni  amalga  oshirishi;  jamoa  va 

shaxsiy manfaatlarning uyg‘unligi yuzaga kelishi va h.k. 

Xususiy  tadbirkorlik  alohida  shaxs  yoki  korxona  tomonidan 

xususiy  tashabbus  asosida  tashkil  qilinadi.  Tadbirkorlikning  bu 

shaklida  mulk  va  ishlab  chiqarish  natijalari  xususiy  shaxslarga 

tegishli  bo‘lib,  ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  yollanma  mehnatga 

asoslanadi. 

Shaxsiy  tadbirkorlik  shaxsiy  mulkka  asoslanadi,  ishlab 

chiqarishni  tashkil  qilish  o‘zi  yoki  oila  a’zolari  mehnati  asosida 

amalga  oshiriladi.  Shaxsiy  korxona  egasi  uning  menejeri  ham 

hisoblanib,  korxonaning  barcha  majburiyatlari  uchun  shaxsiy 

javobgar  bo‘ladi.  Xo‘jalik  huquqi  nuqtayi  nazaridan  shaxsiy 

tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli, uning egasi 

cheklanmagan  mas’uliyatga  ega  bo‘lib,  faqat  fuqarolardan 

olinadigan  daromad  solig‘ini  to‘laydi.  Bu  odatda  kichik  savdo 

shahobchalari  xizmat  ko‘rsatish  sohasidagi  korxonalar,  dehqon 

xo‘jaliklari  hamda  huquqshunos  va  hakamlarning  malakaviy  kasbi 

doirasida tashkil qilingan tadbirkorlikdir. 

Faoliyat  turining  mazmuniga  bog‘liqlikda  tadbirkorlikning 

quyidagi turlari farqlanadi: 

Ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik. Tadbirkorlikning maz-

kur shaklida tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, axborot berish 

va  ma’naviy  qimmatliklar  yaratish  amalga  oshiriladi.  Bunda  ishlab 

chiqarish vazifasi asosiy hisoblanadi. 

Tijorat  sohasidagi  tadbirkorlik  tovar  va  xizmatlarni  sotish  bo‘-

yicha bitimlarni amalga oshirishga qaratiladi. 



275 

Moliyaviy tadbirkorlikda sotish-xarid qilish vositasi pul, valuta, 

qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. 

Vositachilik  tadbirkorligi  tomonlarning  o‘zaro  bitimlaridan 

manfaatdorligini bog‘lovchi faoliyatda namoyon bo‘ladi. 

Tadbirkorlikning 

tashkiliy-iqtisodiy 

shakllari 

tadbirkorlar 

faoliyatini  tashkil  qilish  sohasi  bo‘yicha  kelishuvlarni  tavsiflaydi. 

Ulardan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:  

Кartel  –  bir  tarmoq  tadbirkorlari  o‘rtasidagi  narxlar,  mahsulot 

sotish  bozorlari,  ishlab  chiqarish  umumiy  hajmidagi  ularning 

ulushlari, mahsulot o‘lchamlari va shu kabilar haqidagi kelishuvdir.  

Sindikat  –  bir  tarmoq  tadbirkorlari  tomonidan  ortiqcha 

raqobatni  bartaraf  qilish,  barqaror  foyda  olish  maqsadida  mahsulot 

sotishning birlashtirilishi. 

Кonsorsium  –  tadbirkorlarning  yirik  moliyaviy  operatsiyalarni 

birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi. 

Кonsern – qatnashish tizimi orqali korxonalarni nazorat qiluvchi 

ko‘p tarmoqli hissadorlik jamiyati. 

  Tabdirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishning  muhim  shaklla-

ridan biri hissadorlik (aksionerlik) jamiyatlaridir. 

Ancha  katta  va  yirik  ishlarni  bajarishlari  uchun  qatnashchilar 

o‘zlarining  mehnatini,  mehnat  qurollari  va  boshqa  ishlab  chiqarish 

vositalari  hamda  pul  resurslarini  birlashtirishlari  lozim  bo‘ladi. 

Jamoa  kuchini  shu  asosda  birlashtirish  natijasida  turli  xil  ittifoqlar 

(uyushmalar)  vujudga  keladiki,  ular  ilmiy  adabiyotlarda,  qonuniy 

bitimlarda «jamiyat» deb atala boshlandi. 

Jamiyat umumiy tushuncha; ularning shakli iqtisodiy mazmuni, 

faoliyatining  maqsadi  va  huquqiy  majburiyatlari  har  xil  bo‘lishi 

mumkin. 


Hozirgi  kunda  korxonalarni  hissadorlik  shaklda  tashkil  qilish 

jahon xo‘jaligi va avvalo, yirik ishlab chiqarishning ajralmas qismi 

hisoblanadi.  AQSH,  Yaponiya  va  G‘arbiy  Yevropadagi  barcha 

yetakchi  mamlakatlarda  hissadorlik  jamiyatlari  sanoat,  savdo, 

sug‘urta  ishi  va  iqtisodiyotning  boshqa  sohalarida  korxonalarning 

yetakchi tashkiliy-huquqiy shakli bo‘lib qoldi. 

Aksiya  chiqarish  va  uni  erkin  joylashtirish  hissadorlik  muno-

sabatlarning muhim tomonlaridan birini tashkil qiladi. 




276 

Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining 

ma’lum  hissasini  qo‘shganligiga  va  uning  foydasidan  dividend 

shaklida  daromad  olish  huquqi  borligiga  guvohlik  beruvchi 

qimmatli 

qog‘ozdir. 

Bundan 

tashqari, 

aksiya 

korxonani 

boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi. 

Aksiya kursi. Aksiyada ifodalangan pul summasi uning nominal 

qiymati  deyiladi,  aksiya  bozorida  sotiladigan  narx  aksiya  kursi 

deyiladi. 

Aksiya  kursi  olinadigan  dividend  miqdoriga  to‘g‘ri  mutanosib-

likda  foiz  stavkasiga  esa  teskari  mutanosiblikda  bo‘ladi.  Aksiya 

bo‘yicha  olinadigan  daromadi  bankka  qo‘yilgan  puldan  keladigan 

foizdan kam bo‘lmasa, u sotib olinadi. 

Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi: 

Aksiya kursi = 

100


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish