O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, doiraviy aylanishi va



Download 13,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/321
Sana15.01.2022
Hajmi13,75 Mb.
#368231
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   321
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

3. Tadbirkorlik kapitalining mohiyati, doiraviy aylanishi va 

uning bosqichlari 

 

Tadbirkorlik  faoliyati  kapital  sarfini  talab  qiladi.  Кapital 



lotincha  so‘z  bo‘lib,  mablag‘,  boylik  degan  ma’noni  anglatadi. 

Uning  iqtisodiy  ne’mat  yaratish  omili  sifatida  namoyon  bo‘ladigan 

moddiylashgan qismi jismoniy ma’noda kapital deb ataladi.  

Umumiy  ma’nodagi  kapital  qanday  shaklda  amal  qilmasin  bu 

uning daromad keltirish xususiyatidir.  

Shu  ma’noda  tadbirkor  ixtiyoridagi  barcha  moddiy  vositalar, 

tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali qisqacha 

kapital  deb  ataladi.  Tadbirkorlik  kapitali  takror  ishlab  chiqarish 

jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi. 

 Pul  kapitalning  iqti-

sodiy  faoliyat  omillariga 

sarflanishi, ularning ishlab 

chiqarishda  foydalanilishi 

yaratilgan tovarlarning so-

tilishi  va  mablag‘larning 

dastlabki shakliga qaytishi 

kabi bosqichlarni o‘z ichi-

ga  olgan  harakati  uning 

doiraviy  aylanishini  tash-

kil qiladi. 

Ishlab 

chiqarishga 

sarflanadigan  har  qanday  mablag‘  o‘z  harakatini  pul  shaklidan 

boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozori (Rb)dan ishlab chiqarish 

vositalari  (Iv)  va  ishchi  kuchi  (Ik)  sotib  olishga  sarflanadi  va  shu 

orqali  tadbirkorlik  kapitali  o‘z  harakatining  birinchi  bosqichidan 

o‘tadi. 



279 

 

 



 

 

Mazkur  jarayon  natijasida  pul  shaklidagi  mablag‘lar  unumli 



kapital  shakliga,  ya’ni  ishlab  chiqarish  jarayonining  omiliga 

aylanadi.  Кapital  harakatida  ikkinchi  bosqich  ishlab  chiqarish  (Ich) 

jarayoni hisoblanib, uning natijasi tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda 

hosil  qilingan  tovarlar  qiymati  ishlab  chiqarish  vositalari  va  ishchi 

kuchiga sarflangan qiymatdan ortiq bo‘ladi, ya’ni 

 

Chunki  hosil  qilingan  tovarlar  qiymatida  ishlab  chiqarish 



vositalarining  ko‘chgan  qiymati,  ishchi  kuchi  qiymatining 

ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‘shilgan qiymat 

ham mavjud bo‘ladi. 

Uchinchi  bosqichda  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  sotilib   

(T’



P’), tovar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib 



keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, 

ammo miqdor jihatidan ko‘proq bo‘lib qaytadi. 

Shu sababli, uni P’= P+p ko‘rinishida ifodalash mumkin. 

Tovarlarni  sotishdan  tushgan  pul  kapitali  yana  ishlab  chiqarish 

omillari  sotib  olish  uchun  sarflanadi  va  shu  tariqa  yuqoridagi 

harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi. 

Tadbirkorlik  kapitalining  o‘z  harakatida  uch  bosqichni  izchil 

bosib  o‘tib,  muntazam  ravishda  bir  shakldan  boshqa  bir  shakliga 

aylanib,  yana  dastlabki  shakliga  qaytib  kelishi  uning  doiraviy 

aylanishi deyiladi. 

Tadbirkorlik  kapitali  doiraviy  aylanishining  yaxlit  ko‘rinishi 

quyidagicha bo‘ladi:  




280 

 

Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muomala 



sohasida,  ya’ni  resurslar  va  tovarlar  bozorida  ikkinchi  bosqichi 

ishlab chiqarishda ro‘y beradi. 

Har  bir  bosqichda  kapital  muayyan  harakat  shakliga  kiradi. 

Birinchi  bosqichda  u  pul  shaklida,  ikkinchi  bosqichda  unumli  yoki 

ishlab  chiqarish  omillari  va  uchinchi  bosqichda  tovar  shaklida 

yuzaga  chiqadi.  Кapital  doiraviy  aylanish  jarayonida,  uning  har  bir 

shakli 

alohida 


vazifani 

bajaradi va shunga ko‘ra, ular 

kapitalning  harakat  shakllari 

deyiladi. 

Кapital  pul  shaklining 

harakati 

iqtisodiy 

faoliyat 

uchun  zarur  shart-sharoitlarni 

yaratishdan 

iborat. 

Bunga 


pulni 

ishlab 


chiqarish 

vositalari  va  ish  kuchi  sotib  olishga  avanslash  orqali  erishiladi. 

Кapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqarish va xuddi 

shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni ta’minlash vazifasiga 

qaratiladi. 

Кapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovar-

lar  qiymatining  pul  shaklida  ro‘yobga  chiqishi  sodir  bo‘ladi  va 

o‘sgan  qiymatning  pulga  aylanishi  bilan  tadbirkorning  foyda  olish 

maqsadi ta’minlanadi. 

Ishlab  chiqarish  uzluksiz  davom  etishi  uchun  tadbirkorlik 

kapitali o‘zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va 

ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar 

tadbirkorlik  kapitali  bu  shakllarning  birortasida  to‘xtab  qolgudek 

bo‘lsa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi. 

Mablag‘larning  pul  shaklining  doiraviy  aylanishi  uchun  bos-

qichlarning  shunday  izchillikda  (bozor–ishlab  chiqarish-  bozor) 

bo‘lishi  xoski,  bunda  ishlab  chiqarish  va  muomala  jarayonida  bir-

birini  to‘ldirib  turadigan  ikki  bosqichi  (P

T  va  T


P)  o‘rtasida 




281 

bo‘ladi,  shuningdek,  doiraviy  aylanish  boshlarida  pul  shaklida 

avanslangan mablag‘ uning oxirida yana o‘sha shaklga qaytadi. 

Tadbirkorlik  kapitalining  har  uchala  funksional  shakli  bir 

vaqtda  o‘z  doiraviy  aylanishiga  ega  bo‘ladi.  Tadbirkorlik  kapitali 

pul shaklining doiraviy aylanishi:  

 

 

Tadbirkorlik  kapitali  unumli  shaklining  doiraviy  aylanishi 



ishlab  chiqarishning  muomalaga  nisbatan  yetakchi  rol  o‘ynashini 

ochib  beradi:  ishlab  chiqarish  birinchi  o‘ringa  qo‘yiladi,  ishlab 

chiqarish jarayonida qiymat va naflilik vujudga keladi.  

Кapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amal-

ga  oshirmasin,  ular  uchun 

doiraviy  aylanish  va  uning 

bosqichlarining  harakat  ko‘rinishi  umumiy.  Shu  bilan  birga 

iqtisodiyotning  turli  tarmoqlari  va  xo‘jalik  yuritishning  ayrim 

shakllarida  tadbirkorlik  kapitalining  doiraviy  aylanishi,  ularning 

bosqichlari  va  harakat  shakllari  turlicha  mazmun  kasb  etishi 

mumkin. 

 


Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish