106
xususiyatga ega.
Uchinchidan,
tabiiy resurslarni uzoq saqlash imkoniyati bo’lsa, ijtimoiy
resurslar uzoq vaqt foydalanilmagandan so’ng qadrsizlanadi.
To’rtinchidan,
ijtimoiy resurslarning «etarlilik- etar-sizlik» mezonni ancha
murakkab hisoblanadi va xozircha etarlicha ishlab chiqilmagan.
Beshinchidan
,
ular nafaqat xilma-xillik, balki o’zaro o’rinbosarlik
hususiyatiga ham ega.
Ijtimoiy resurslarning o’ziga xos hususiyatlaridan biri - bu ulardan to’g’ri
foydalanish va optimallashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda boshqarishning
barcha tabaqalarida ijti-moiy resurslardan foydalanish darajasi juda past. Ayniqsa,
mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari tomonidan motivatsion resurslardan
foydalanish juda sust amalga oshirilmoqda.
Tadqiqotlarga ko’ra, mahalliy aholining o’z atrofida sodir bo’layotgan
voqealardan xabardorlik darajasi juda past. Boshqa resurslar ahvoli bundan yaxshi
emas.
Yukoridagilardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy resurs-lardan foydalanishni
optimallashtirish eng dolzarb muammo-lardan biri bo’lib qolmoqda.
Bu muammolarni xal etishda quyidagi printsiplarga asoslanish maqsadga
muvofiq:
a) komplekslilik printsipi;
b) maqsadni amalga oshirish printsipi;
v) manfaatlarni moslashtirish printsipi;
g) ko’p darajali tahlil printsipi;
d) me’yorlilik printsipi;
Ko’p darajali tahlil printsipi korxona ko’lamini aniqlash orqali unga qaysi
ijtimoiy resursdan foydalanish ko’proq naf keltirishini aniqlaydi.
Maqsadni amalga oshirish printsipi, maqsadni aniq belgi-lash, muqobil
variantlarni belgilash va ijtimoiy resurslardan optimal foydalanishni o’z ichiga
oladi.
Komplekslilik printsipi - barcha ijtimoiy resurslardan ko’p tomonlama
foydalanishni ta’minlaydi. Manfaatlarni moslashtirish printsipining asosiy sharti
bir birini rad etuvchi tendentsiyalarni neytrallashtirish.
Me’yorlilik printsipining asosiy maqsadi ijtimoiy resurslardan foydalanishni
boshqa maqsad, vazifalar va qadriyatlar bilan uyg’unlikda amalga oshirishni
ta’minlash.
Ijtimoiy resurslarning har birini qo’llash uchun aniq ijtimoiy texnologiya
ishlab chiqish kerak. Masalan, motivatsion resurslardan foydalanish 3 bosqichda
amalga oshiriladi: qadriyat-lar, qoidalar va motivlar.
Odamlar sog’ligi, moddiy farovonlik, oila va oilaviy munosabatlar, ertangi
107
kunga ishonch kabilar mahalliy jamiyat-ning asosiy qadriyatlari hisoblanadi.
Mahalliy xalq bu qadriyat-larga erishish uchun aktiv faoliyat yuritishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: