Nazorat savollar:
«Ijtimoiy resurs» nima?
«Ijtimoiy resurs»larning boshqa resurslardan farqi nima?
Nima uchun jamiyatda ijtimoiy resurslar ahamiyati ortib bormoqda?
Nima uchun ijtimoiy resurslar eng kam talab qilinadigan resurslar qatoriga
kiradi?
Ijtimoiy resurslardan optimal foydalanish yo’llari nimadan iborat?
Tayanch so’z va iboralar:
Resurs. Komplekslilik prinsipi. Me’yorlilik
prinsipi. Motivatsiya. Innovatsiya.
109
12-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING MOTIVATSION
RESURSI
REJA:
12.1. Motivatsion faoliyat tushunchasi
12.2. Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari
12.3. Motivatsion resurslardan foydalanishning O’zbekistondagi ahvoli
12.1.Motivatsion faoliyat tushunchasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chi qarishni tabiiy rivojlantirish
imkoniyati bo’lmaganligi sababli ijtimoiy chora-tadbirlardan keng foydalanish
talab etiladi.
Ishlab chiqarish va jamiyatning butun intellektual imkoniyatlari o’rtasidagi
bog’liqlikning yo’qligi o’tish davrining eng katta muammolaridan biridir. Bu holat
esa, jamiyatning zamonaviy bozordan uzoqlashtirmoqda. Ishlab chiqarish vosita-
larini kollektiv va aralash mulkchilik tasarrufiga
o’tkazish iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bu o’z navbatida «yashirin» iqtisod uchun katta
to’siq bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonalarning samarali faoliyatiga
soliq tizimining mukammal emasligi ham sabab bo’lmoqda. Juda ko’p holatlarda
qarorlar jamiyatga foyda keltirish nuqtai nazaridan qabul qilinmaydi. Ko’pgina
tadbirkor rahbarlar qonunda belgilangan hususiy, kollektiv, aralash mulkka
asoslangan imtiyozlardan o’z maqomini har 2-3 yilda almashtirish orqali uzoq
muddat foydalanmoqda.
Ishlab chiqarish rivoji uchun huquqiy asoslar bo’lishi kerak. Qonunchilikdagi
ma’lum bir kamchiliklar sababli davlat mulkiga asoslangan korxonalar boshqalarga
nisbatan murakkab ahvolga tushib qoldi. Odamlarning ko’pchiligi rivojlanish
uchun boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik usulidan foydalanishni taklif
etishadi. Lekin, ma’muriy buyruqbozlik usuli tartib intizomni kuchaytirgani bilan
unda iqtisodiy manfaatdorlik yo’q.
Mamlakatning sanoat ishlab chiqarish sohasi boshqaruv sub’ektlari
tomonidan iqtisodiy nochor ahvolga keltirilgan. Iqtisodiy rivojlanish uchun
ijtimoiy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslarini tiklash zarur.
Bu masalani echishning yagona yo’li, g’arbda keng qo’llani-ladigan
innovatsion ijtimoiy texnologiyalarni qo’llash. Masalan: «Natija bo’yicha»
universal texnologiya odamlarning turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy
tizimlarni tashkillashtirish darajasini yuksaltirish orqali halqni intellektual va
jismoniy rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan»
1
.
110
Bu nazariyaning asosiy printsiplari va texnologik ta’mi-noti Rossiya sanoat
sotsiologlari tomonidan ishlab chiqilgan lekin amalda tadbiq qilinmagan.
Bu nazariyaning asosiy maqsadlari uning asosiy resurs-laridan kelib chiqqan
holda belgilanadi:
ishchilarning ijodiy potentsiali;
rahbarga bo’lgan talablar;
har bir a’zoning natija uchun kurashishi;
erkin tanlash jarayonida ijodiy imkoniyatlarni qo’llash.
Ishga bo’lgan ijodiy stimul yaratish bu jamiyatga qilingan hayriya yoki
«modda» emas, balki ijtimoiy faktorning mehnatga ta’sir darajasini ortib borishi
bilan bog’liq qadamdir. Bu sohadagi qoloqlik davlatning dunyo bozoridagi o’rnida
juda tez o’z aksini topadi. Bu holat mamlakatning jahon bozorida o’z mavqeini
yo’qotish, informatsion va texnik tobeinligini oshirishga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda, jamiyat tez rivojlanishi uchun, mulkga odamlarni birgalikda
egalik qilishni ta’minlash orqali ularning mehnatga bo’lgan munosabatini
o’zgartirish va tovarlar sifatini oshirish kerak. Bu esa o’z navbatida yangiliklarni
tezroq joriy etilish imkonini beradi.
Mamlakatni rivojlantirishning yangi texnologiyasi jahon va mahalliy
tajribaga asoslangan holda yaratilgan. Bu texno-logiyaning asosiy printsipi mehnat
kollektivlarining mustaqil-ligini ta’minlash orqali ularni ishlab chiqarish
vositalarining haqiqiy egalariga aylantirish. Mehnat kollektivlarining musta-
qilligi huquqiy ta’minlangan bo’lishi kerak.
Sobiq Ittifoqdagi iqtisodiy islohotlarni inqirozga uchrashining asosiy sababi
ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan hukumatning korxonalariga mustaqil
xo’jalik yuritishga imkon bermaganligidir. Kolxoz va sovxozlarni isloh qilish
yo’llari turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning asosiy maqsadi, erni o’z egasiga
berishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishni hususiylashtirish tabiiy
ravishda mahalliy o’z-o’zini
boshqarish tizimiga ham ta’sir ko’rsatadi. Hududiy korporativ mulkchilikni
shakllantirish mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini
yaratadi, ya’ni xalqning o’zi turli yig’in referendumlarda qaysi boshqaruv organi,
qanday masalalarni hal etishini belgilaydi. Aynan shu omil asosida, mahalliy
moliyaviy struktura tashkil topadi, ya’ni moliyaviy zahiralar chet-eldagi banklarga
emas, balki raqobat-bardosh tovarlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishga jalb
etiladi.
Yuqorida keltirilgan barcha iqtisodiy choralar jamiyatda ishchi, mulkdor,
tadbirkor kabi mehnatga layoqatli o’rta qatlamni yaratishga qaratilgandir. Bu esa
o’z navbatida ichki bozorni rivojlantirishning asosiy mezonidir
.
Mehnat va tabiat resurslaridan samarali foydalanish jamiyatdagi ahvolni
111
tubdan o’zgartirish imkonini beradi, ya’ni aholi turmush darajasini oshirish va
xavsizligini ta’minlashga turtki bo’ladi. Mehnat jamoalari, mahalliy
birlashmalarning daromad manbaining bo’lishi va moliyaviy resurslarning
to’planishi turli hududlarning intellektual potentsialidan to’laroq foydalanish
imkonini beradi. Shuning uchun ham, jamoalardagi o’z-o’zini boshqarish
to’laligicha ma’muriyat zimmasiga yuklatilgandir.
Bu muammo dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda davlat mulkining bir
qismini bosqichma-bosqich korporativ mulkka aylantirish orqali o’z echimini
topishi mumkin. Davlat mulkini korporativ mulkka aylantirish oldingi iqtisodiy
islohotlar davrida ham, keyingi xususiylashtirish jarayonida ham talab darajasida
amalga oshirilmadi.
Mulkchilikning ijara ko’rinishi korporativ mulkga o’tish-ning iqtisodiy asosi
hisoblanadi. Ijara qishloq xo’jaligida juda samarali qo’llanilmoqda. Unda mehnat
jamoasi davlatdan er va ishlab chiqarish vositalarini ijaraga oladi. Ijaraga oluvchi
xo’jalik sub’ekti mulkni iqtisodiy mas’uliyat evaziga mustaqil tasarruf etish
huquqiga ega. Ijaraga olish tajribasiga ega xo’jalik sub’ektlari mulkni davlat
tasarrufidan chiqarishda faolroq va ildamroq qatnashishmoqda. Bunday holat
nafaqat markaz bilan pereferiyalar
o’rtasidagi munosabatlarni, balki boshqaruv
tizimini tubdan o’zgartiradi, ya’ni boshqaruvda ma’muriy buyruqbozlik usulidan
asta-sekin voz kechish imkonini beradi. Bu esa markaziy boshqaruv organlarining
huquq va majburiyatlarini aniq belgilashni taqozo etadi. Buning natijasida
jamiyatning siyosiy holatida ham tub o’zgarishlar yuz beradi, ya’ni huquq va
majburiyatlar yuqoridan pastga emas, balki pastdan yuqoriga belgilanadi.
Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy asos-siz hech qaysi davlat
rivojlana olmaydi. Bu holat ayniqsa Sobik Ittifoq davlatlariga xosdir. Buning
uchun har bir aholi punktidan markazgacha bo’lgan boshqaruv organlarining
o’zaro munosabatlari tizimini o’zgartirish talab etiladi. Hududiy viloyat boshqaruv
organlarining vakillari mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining roziligi bilan
tashkil etilishi kerak. Hududiy boshqaruv apparati tuman, shaxar vakillar kengashi
belgilagan vazifalarini bajarishi kerak. O’z navbatida vakillar kengashi esa mehnat
birlashmalari tomonidan tartibga solinishi kerak.
Boshqaruv quyidan yuqoriga bo’lganda, uning har bir bo’g’inining faoliyati
ma’lum organlar tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa ularning aholi oldidagi
mas’uliyatini oshiradi. Farb munitsipal menejmenti tajribasiga ko’ra mahalliy
mehnat birlashmalarining boshqaruv apparati mahsus shartnoma asosida
boshqaruvchi mutaxassislar tarkibidan tashkil topadi. Boshqaruv apparatining
o’zgarishi boshqaruvchilarga o’z mutaxasisliklari bo’yicha boshqa bo’g’inda o’z
faoliyatlarini davom ettirish
imkonini beradi. Bu esa boshqaruv apparati a’zosi
bo’lishga bo’lgan intilishni ma’lum darajada pasaytiradi.
112
Yuqorida
boshqaruv
munosabatlarining
byurokratiya,
pora-xo’rlik,
korruptsiya, mas’uliyatsizlik kabi unsurlariga barham berishga qaratilgan
zamonaviy mexanizmi ko’rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |