101
Ijtimoiy menejmentning tizimining asosiy elementlarini sanab bering.
Ular orasidagi mavjud aloqa qanday?
Ijtimoiy menejment funktsiyalarini sanab bering.
Ularni taxlil qilib bering.
Ijtimoiy menejmentning tashkiliy tuzilmasini xarakterlab bering.
Tayanch so’z va iboralar:
Ijtimoiy menejment mexanizmlari. Boshqaruv
funksiyalari. Chiziqli bo’g’inlar. Funksional bo’g’inlar. Yordamchi-texnik
personal.
102
10-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTDA TASHKILIY
MUNOSABATLAR
REJA:
10.1.Tashviliy munosabatlarning asosi
10.2. Tashkiliy munosabatlarga ta’sir etuvchi omil
10.1.Tashviliy munosabatlarning asosi
Jamiyatda mavjud barcha tashkiliy munosabatlar ikki xil ma’no kasb ettishi
mumkin.
Birinchisi
-
bu boshqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar.
Bular aniq maqsad qo’yilgach, unga erishish usullari belgilangandan keyin,
ishchilarni o’z joyiga qo’yish vazifalarni belgilash huquq va majburiyatlarini
aniqlab berish kabi munosabatlardir. Boshqaruv munosabatlarining bu qismi,
tashkiliy munosabatlarning asosi bo’lib, boshqaruv samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi.
Tashkiliy munosabatlarning ikkinchi ma’nosi - jamiyat ijtimoiy tizimchalarga
birligi sifatida namoyon bo’lib, har biri o’z ichki tuzilmasiga ega.
Ma’lumki har bir jamiyat tizimchalari, ijtimoiy institut tashkiliy munosabatlar
bilan bog’liq bo’lib, boshqaruv faktor-lari bilan ya’ni, faollik, kuchli faoliyatdagi
rejalashtirish, koordinatsiya, korrektsiya va nazorat qilish bilan ishtirok etadi.
Boshqaruv sub’ektini tashkillashtirish tashqi ta’sir va o’zini - o’zi tashkillashtirish
jarayoniga bog’liq.
Tashkilotning ikki formasi mavjud: rasmiy va norasmiy; o’z navbatida
tashkilotning 2 turi ham farqlanadi.
Birinchi turi ma’muriy tamoyillarga, mavjud ish joy-lariga, funktsional
majburiyatlarga, huquq va vakolatlarga asoslangan bo’ladi. Bunday tashkilot
odatda skalyar tashkilotlar deb atalib, me’yorlashtirish va tashqi nazorat,
institutsional maqsadlarga erishish uchun ishchilar va ish joylari integratsiyasi
vazifalarini bajaradi.
Bunday tashkilotning umumiy printsiplari quyidagilar:
1-faoliyatning umumiy institutsional maqsadi;
2-tashkilot a’zolarini me’yorlashtirilgan aloqalari;
3-tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari;
4-maqsadga erishish uchun barcha resurslardan foydalanish.
Tashkiliy struktura mehnat bo’limlari, majburiyatlar ierarxiyasi va
resurslardan foydalanish tartibligi bilan xarakterlanadi.
Mehnat, uskunalar, pul vositalari, er, kapital va inson resurslari rasmiy
tashkilot resuslari bo’lib hisoblanadi.