Bashorat ijtimoiy ko’ra bilish shakli sifatida u yoki bu maqsadlarga
erishishning imkon darajasini ifodalaydi. Bunda bashorat ham boshqariluvchi, ham
Boshqaruv jarayonida bashoratlar qator funktsiyalarni bajaradi: mo’ljallash,
me’yoriy, ogohlantiruvchi va boshqalar. Ular boshqaruv organlarini istiqbolli
muammolarini echishga yo’naltiradi, bashorat modelini amalga oshirish mumkin
bo’lgan sharoitlarni aniqlaydi, ulardan mumkin bo’lgan chetlashtirishlar xaqida
81
ogohlantiradi. Shunday qilib, bashoratlar butun boshqaruv jarayonining zarur
elementi sifatida namoyon bo’ladi, uning maqbullashishiga ko’maklashadi.
Ijtimoiy organizmdagi aloqalarni qiyinlashtiruvchi va jamiyat dinamikasini
oshiruvchi ilmiy-texniuninnqilobi sharoilarida bashorat qilishning roli va
ahamiyati ortadi. Ilmiy-texnika inqilobi boshqaruv sub’ekti faoliyat natija-larini
mumkin bo’lgan rivojlanishini aniq oldindan ko’ra bilishni talab qiladi.
«Bashorat qilish, modellashtirish sifatida ham bu murakkab ilmiy-tadqiqot va
mantiqiy-konstruktiv faoliyatdir. U shunday tashkil etilishi kerakki, boshqaruv
qarorlarini tayyorlashda zarur axborot berishi kerak. Ijtimoiy jarayonlarni boshqa-
rishda bashoratlarning ahamiyati shundan iboratki, ular rejadan oldingi xujjatlar
sifatida namoyon bo’ladi. Shubhasiz, bashorat qilish va modellashtirish uslublari
XXI asrda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lum o’rin egallaydi»
1
.
Ijtimoiy tizimlarni modellashtirish va bashorat qilish-o’zaro uzviy bog’lik
faoliyat turlari: ma’lum ma’noda bashoratni kelajak modeli sifatida qarash
mumkin. Modellashtirish uslubi bashorat qilish faoliyatida keng qo’llaniladi.
Nazariya va amaliyotda turli ekspert baholash uslublari ham ma’lum. Ular
bashorat qilish va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda keng qo’llaniladi.
Zamonaviy sharoitlarda boshqaruv jarayoni qiyinchilik-larining o’sishida
boshqaruvga xizmat qiluvchi mahsus mehnat turi - konsultativ mehnat
shakllanmoqda. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ekspert baholarini ishlab
chiquvchi va rahbarlarga maslahatlar beruvchi ko’pgina jamiyatlar idoralar,
tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ko’pchilik olimlar boshqaruv bo’yicha mutahassislar
va tashkilot rahbariyati o’rtasida kommunikatsiyalar tizimini yaratish kerak degan
fikrda.
Kompaniyalarni boshqarish tuzilmasiga tez-tez biror-batlar orqalariga mas’ul
bo’lmagan va hokimiyat tomonidan berilmagan figura (informal man)
kiritilmoqda. U prezident yoki bosh
boshqaruvchining
maslahatchisi,
mustaqil
ekspert
bo’ladi.
U
kompaniyalardagi narsalar holatini biror-bir bo’linma yoki xizmat pozitsiyasidan
emas, balki, keng strategik masshtabda baholaydi. Shartnoma asosida boshqaruv
bo’yicha konsultativ firmalardan jalb qilinadigan mutahassislardan farqli ravishda
bu ekspert bosh rahbariyatning ishongan odami hisoblanadi. Undan ish holatiga
sezilarli ta’sir qiluvchi keng masshtabli jasur maslaxatlar, obyektiv baholar talab
qilinadi.
Mustaqil ekspertizaning xilma-hilligi sifatida kompaniya direktorlar
kengashiga iqtisodiyot, bozor munosabatlari, moliya, kapital, ijtimoiy boshqaruv
masalalari bo’yicha ihtisoslashgan olimlar kiritiladi. Institut yoki ilmiy tadqiqot
markazida doim ishlovchi olim bir vaqtning o’zida kompaniya direktor-laridan biri
hisoblanadi. Ma’lum ish qismiga javob bermay va kelajakda biror-bir alohida
82
ishlab chiqarish funktsiyasi bilan bog’liq bo’lmay, u oliy rahbariyat qarorlari
xarakteriga ta’sir qilishi mumkin.
Rahbarlik qarorlarini tayyorlash bo’yicha ishlarni muvo-fiqlashtirish yo’llari
va vositalari ko’rib chiqilayotganda aniq ijtimoiy va sotsiologik tadqiqotlar rolini
ham ko’zda tutish kerak. Ular orqali rahbarga uning faoliyatida yordam beruvchi
o’rganilayotgan obyekt to’g’risida axborot yig’ish ta’minlanadi, uning xarakterli
jihatlari va rivojlanish tendentsiyalari ochiladi, xulosa va takliflar shakllanadi.
Sotsiologik tadqiqotlar nafaqat u yoki bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
va qabul qilishga yordam beradi, balki ularni insonlarga ta’sir qilish mexanizmini
o’rganishga, bu qarorlarni turli ijtimoiy kategoriyalar qabul qilinish xarakteriga,
boshqaruv qarorlari odamlar fikrlarida qanday joylashishini, ularni xulq-atvorida
qanday aks etishini, ijtimoiy hodisalar rivojida, ijtimoiy guruhlar va jamoa-lardagi
munosabatlarda, shahslararo munosabatlarda qanday aks etishini kuzatishga ham
yordam beradi.
Aniq ijtimoiy tadqiqotlarda anketalash uslubi tez-tez qo’llaniladi. Bu uslub
o’rganilayotgan jarayonlar va xodisalarning ijtimoiy-psixologik jihatlari to’g’risida
axborot beradi. Bunday axborot juda zarur, lekin jarayon va xodisalarning chuqur
mohiyatini ochish uchun etarli emas. Zamonaviy bosqichda xaqiqatni aniq
o’rganishning barcha uslublari va vositalaridan foydalanishga intilish juda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: