9.1. Ijtimoiy menejment mexanizmlari
9.2. Boshqaruv funktsiyalari
9.3.Boshqaruv tuzilmasi
9.4.Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi
9.1. Ijtimoiy menejment mexanizmlari
Ijtimoiy menejment mohiyati uning tizimi tuzilmasini aniqlaydi. U
quyidagilardan iborat: boshqaruv sub’ektlari, boshqaruv obyektlari, boshqaruv
jarayoni va boshqaruv tizimi mexanizmlari.
Boshqaruv sub’ektlariga aholi, hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini
boshqarish organlari, jamiyatning fuqarolik institutlari, menejment instituti kiradi.
Boshqaruv obyektlariga esa ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy
resurslar kiradi.
Ijtimoiy menejment mexanizmlari ijtimoiy maqsad-lilik, boshqaruv uslublari
(iqtisodiy, ma’muriy-tashkiliy, yuridik, ilmiy va boshqalar)ga yo’naltirilgan. Ular
orasida butun boshqaruv ta’sirlari tizimida birlashtiruvchi bo’lgan ijtimoiyliklar
alohida ajratiladi. Ularga mehnatga munosabat, inson hulq-atvori bo’yicha chora-
tadbirlar yig’indisi kiradi.
Boshqaruv jarayoni va ijtimoiy menejment tizimi mexanizmi ijtimoiy tashhis,
axborotni yig’ish, taxlil qilish va saqlash, ularni boshqaruv sub’ektlariga uzatish va
boshqaruvning turli darajalarida ijtimoiy me’yorlar bo’yicha boshqaruv sub’ektlari
faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uslublaridan iborat.
Ijtimoiy maqsadlarni yanada samaraliroq amalga oshirish va ijtimoiy
menejment tamoyillarini amalga oshirish uchun quyidagi ilmiy uslublarni qo’llash
muhim:
- Ijtimoiy loyihalashtirish va dasturlash;
- Zamonaviy hisoblash vositalari, birinchi navbatda, kompyuter texnikasi
asosida ijtimoiy axborotni yig’ish va tahlil qilish, ularni qayta ishlash va saqlashda
matematik uslublardan foydalanish;
- Odamlarni mehnatga, hayotga, maqsadga muvofiq hulq-atvorga jamiyatga
rag’batlantirishni yaratish;
- Shaxsning, shuningdek, menejerlarning hayot kuchini faollashtirishga
mo’ljallangan psixologik ta’sir (maxsus treninglar va o’yin uslublari);
- Ijtimoiy boshqaruvning kundalik va istiqboldagi muammolariga yaroqli
fundamental fanlar, kibernetika, sinergetika va boshqa sohalarda, tadqiqotlarda
90
olingan bilimlardan foydalanish.
Ijtimoiy menejment tizimi doirasida echiladigan muammolar majmuiga
faqatgina tizimli yondashuv, uning nazariyasi va amaliyotini bugungi kunda
ijtimoiy boshqaruv oldida turgan vazifalar darajasiga ko’tara oladi. Aynan shuning
uchun ham ijtimoiy menejment sohasidagi bo’lajak mutaxas-sislar har bir
o’rganilayotgan fanda muammoni hal qilish va uni echish uslublarini qidirishning
ijtimoiy jihatlarini qidirishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |