3.2. Yaponiyada boshqaruv tizimini shakllanishi.
Bugungi kunda XXI asr talabiga javob bera oladigan boshqaruv modeli
xaqida gapirish mumkinmi? Bu savolga qat’iy javob berish mumkin, ko’pgina
madaniyatlarning birgalikdagi tajribasi bunga imkon beradi.
35
Masalan, Yaponiyadagi boshqaruv madaniyati - bu Yevropa menejerligining
klassik kontseptsiyasi va yapon an’anaviy-ligining qorishmasi. Yaponlar hamma
ma’lum kontseptsiyalarni o’rganib chiqishdi va o’zlarinikini yaratishdi.
Yaponiyada zamonaviy boshqaruv tizimi yaratilgan va shunga mos
boshqaruv madaniyati shakllanmoqda. Unda jahon madaniya-tining kelajak
tendentsiyalari ko’riladi. Bu tizimning g’aro-yibligi shundaki, boshqaruv uzoq
maqsadlarga yo’naltirilgan. Har bir firma vaqtinchalik muvofaqqiyatlar bilan
qoniqmasdan, istiqbolni ko’zlaydi, bozorlarda yaxshi o’rnashib oladi. «Bugungi
kunni unut, ertangisini o’yla» bu strategiya g’arb mentaliteti «kun bor - ovqat
bor»ga qarama qarshi. Bunday strategiyada egiluvchanlik, tez moslashish,
harakatchanlik va najot bozoridagi o’rin uchun kurashishda qayta qurishlarga keng
yo’l ochiladi.
Umuman Yaponiyada strategiyadan «Hodisalarga tayyorlik» tushuniladi.
Yapon firmasi boshqaruv strategiyasining asosiy xarakte-ristikalari
quyidagilar:
O’zgarishlarga moslashish;
Muhitga va muhitdagi joyga moslashish;
O’zgarayotgan dunyoda ma’lum vaqtga emas, balki uzoq istiqbolda
yashash uchun barcha imkoniyatlarni hisobga olish va ulardan foydalanish;
Texnika, texnologiya va ijtimoiy omil yutuqlarini yashashning asosiy
resurslari sifatida ajratib olish.
Yaponlar - aniq fikrlaydigan odamlar, lekin Yaponiyadagi kontseptual inqilob
talablari samarali o’zlashtirildi va istiqbolga ega bo’ldi. Odatda boshqaruv to’rtta
asosiy funk-tsiyadan iborat: rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish va nazorat.
Yaponlar eng muhim bo’g’inni topishdi va o’zlashtirishdi. Bu personalni
boshqarishdir. U erda boshqaruv personalini tanlash, joylashtirish va o’qitish
bo’yicha ajoyib usullary xizmat qilgan. Boshqaruv sohasida mashhur amerikalik
mutaxassis Uilyam Ouchi yapon boshqaruv tizimini yapon millati o’ziga
xosligidan kelib chiquvchi va tabiiy yo’l bilan yig’ilgan ma’naviy va madaniy
ne’matlar yig’indisi sifatida xarakterlaydi.
Bunga qo’shilmasdan iloji yo’q: yapon menejmenti markazida xaqiqatdan
ham inson omili turadi. Yapon ishlab chiqarishidagi eng zamonaviy, ilmtalab
ijtimoiy texnologiyalar, insonni mehnatga va guruh ichidagi hulq-atvorni samarali
tashkil etishga rag’batlantiradi. Bu sohada yaponlar ancha oldin o’quvchilikdan
chiqib, bugunda butun dunyoga o’rnak bo’lmoqdalar.
Yapon boshqaruv modeli va boshqaruv madaniyatining asosiy jihatlari
quyidagilar:
Uzoq muddatli strategiya;
Innovatsion boshqaruv madaniyatining shakllanishida doimiylik;
36
Jahon texnika madaniyatining eng so’nggi namunalarini tez o’zlashtirish;
Inson omili rivojlanishi va zamonaviylashuvi va boshqaruv personali bilan
ishlashni istiqbolli resurslar sifatida qarash;
Madaniyat me’yorlarini saqlash, qo’llab quvvatlash va ko’paytirish.
Ijtimoiy menejment madaniyatining shakllanishi uchun iqtisodiy va ozgina
huquqiy bilimlar etarli deb hisoblanadi
.
1930-yillarda g’arb dunyosini egallab
olgan «buyuk depressiya» yoki tizimli inqiroz davrida menejmentning bunday
tushunilishi batamom o’tab bo’lingan. O’shanda AQSh prezidenti Ruzvelt Oq
Uyda shtatlar gubernatorlariga murojatida shunday degan: «Bizning milliy
boyliklarimizning saqlab qolinishi milliy mehnat unumdorligi masalasiga nisbatan
bir qismini tashkil etadi xolos. Milliy mehnat unumdorligi» tushunchasi nimani
anglatgan? Avvalambor «inson resursi»ni, inson faoliyati sifatida boshqaruvga
bo’lgan e’tiborni shakllantirishni anglatadi»
1
.
Aynan 30-yillarda «yaxshi ta’lim» tushunchasida har xil bilim sohalarini
egallash qattiq o’rnashdi: sotsiologiya, siyosat, ma’naviyat, tarix, psixologiya,
murakkab tizimlar nazariyasidan tortib, to informatika, mantiq, matematika,
bashoratlar texnolo-giyasigacha. Ushandan buyon boshqaruv madaniyati
ko’pilmlilik sifatida, berilgan fanlar ma’lumotlaridan, ularning eng so’nggi
yutuqlaridan foydalanish va integral ma’lumotlarni boshqaruv qarorlarini qabul
qilish tiliga aylantirish tushuniladi. Shuning uchun boshqaruv sohasiga:
birinchidan, turli fan sohalari vakillari kelishdi, ikkinchidan, boshqaruv personalini
doimiy qayta o’qitish, egallagan bilimlarni uzluksiz yangilash amalga oshirila
boshlandi.
Yapon firmalariga tashrif buyuruvchi chet elliklar xayratla-nishadi: qanday
qilib yaponlar Yevropa va AQShda qo’llaniladigan texnologiya, uskunalar va hom
ashyodan foydalanib, mahsulotning yanada yuqori sifatiga erishishadi. Yaponlar
aytishicha, mahsulot sifatini stanoklar emas, odamlar beradi, lekin xorijliklar
bunga tushunmayapti.
Yapon firmalari rahbarlari odamlar energiyasi egallash va ular
potentsiallaridan yuqori samaradorlikda foydalanish sirini topishdi. Bu sirni yaxshi
ta’lim olgan va talantli tashkilotchi - rahbarlar,
menejerlar amalga oshiradilar.
Yuqori rivojlangan davlatlarda ularni maxsus o’rta va oliy o’quv yurtlari, davlat va
xususiy maktablar, litsey va kollejlar tayyorlaydi.
Bu kasb shunday katta fidoiylikni talab qiladiki, me’yordan ortiq aqliy
toliqish natijasidagi stress holatini nemislar xazil tariqasida «menejer kasali» deb
aytishadi.
Har bir mamlakat chegaralangan boshqaruvchilar soniga ega. Bu «millatning
oltin fondi» hisoblanadi. Bu kasb egalarining ijtimoiy - psixologik jihatlari ichida
tadqiqotchilar tashab-buskorlik, yuqori mehnatga qobiliyatni sanab o’tishadi.
37
Lekin ularning orasida eng asosiylari - ijodiy aql, strategik fikr-lash, ko’pchilik
energiyasini birlashtira olish, innovatsiyalarga moyillik.
An’anaviy menejer va zamonaviy etakchining bir-biridan farqi shuki,
zamonaviy etakchi nafaqat tashkilotda amal qiluvchi tartibni saqlaydi, nazoratni
amalga oshiradi, balki, innova-tsiyani amalga oshiradi, amaldagi tartibni
rivojlantiradi, insonlar ishonchini ham egallaydi.
Farbda уetakchilikka oid adabiyotlar juda ko’p. Bu tushunarli:
innovatsiyalarga, bozorda qattiq kurashga, raqobatda yutib chiqishga qodir
rahbarlarga juda katta ehtiyoj aniqlandi. Turli xildagi liderlar boshqaruvning
an’anaviy va innovatsion masalalarini hal qilishga tayyorgarligida nimalarga
e’tibor berishi kerak?
Etakchi lider odam bir qancha an’anaviy menejerlar bilan, tashkiliy
madaniyat tamoyili asosida faoliyat yurituvchi oddiy odamlar o’z maqsadi bilan
boshqaruv madaniyatida muhim o’rinlarini egallamoqchi bo’lgan bilan
raqobatlasha olmaydilar.
Tashkiliy madaniyat - bu faoliyatning rasmiy va norasmiy qonun va
me’yorlarni, individual qiziqishlar, mavjud tashki-lotda ishchining alohida hulqi,
boshqaruvchi stilining farqlari, ishchining maqsadi rivojlanishi, urf-odat va
an’analar tizi-midir.
Boshqaruv tizimini qurish bu, avvalambor, ichki va tashqi muhit ta’sirlariga
javob berishdir.
Tashkilotchilik xarakteri bilan boshqaruv usuli ham aniqlanadi. Masalan, agar
tashkilot muhiti va texnologiyalar bir maromda, maqsadlar aniqlangan, odamlar
o’zicha bajaruvchan bo’lsa, bunday tashkilotga boshqaruvning an’anaviy usuli
juda mos keladi.
Texnologiyalar, ichki va tashqi muhit qiyinlanishi, turli maqsadlarning paydo
bo’lishi yoki o’zgarishiga qarab boshqaruv usuli ham o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |