Boshqaruvchi bo’lishni afzaliklari va kamchiliklari
Bu qismda boshqaruvchi bo’lishni afzaliklari va kamchiliklari ko’rib chiqamiz.
Hozirgi ish joylarida boshqaruvchi bo’lish nimani anglatar ekan? Birinchidan
kamchiliklari yetarlidir. Bu vazifa og’ir va hech kim qadirlamaydigan bo’lishi ham
mumkin. Boshqaruvchilik vazifasi oddiy xodimning vazifalarini ham o’z ichiga
oladi. (Hisobotlar tayorlash, ma’lumot to’plash, hujjatlar bilan ishlash)
Boshqaruvchilar turli odamlar bilan ishlashlari darkor bo’lib, chegaralangan resurs,
mablag’larga duch keladilar. Ular tartibsizlik va boshqa vaziyatlarga ham
xodimlarni rag’batlantirishga vaqti vaqti bilan to’xtab qolgan ishni o’z vaqtida
yo’lga qo’yishga ma’suldirlar. Boshqaruvchilar yetarli bilim, malaka, ko’nikmaga
ega bo’lmasliklari tajribasizlik esa jamoa ishini tartibsizlikka olib kelishi mumkin.
Xulosa qilib aytsak, boshqaruvchi o’zining taqdirini to’laqonli nazorat qila
olmaydi.
Uning xodimlari faoliyatiga bog’likbo’lgan ish samarasi oddiy holder.
Qiyinchiliklardan tashqari boshqaruvchilikning yutuqlari albatta mavjud. Siz
ma’sul bo’lgan ishchamlik muhiti xodimlar o’zlarining eng yaxshi qobilyatlarini
namoyon qila olishlari tashqilotni erishilgan maqsadlarga olib kelishiga yordam
beradi. Siz o’zgalarga ishning mohiyati, mazmunini anglashga yordam berasiz.
Siz ularni qo’llab quvatlaysiz,o’rgatasiz, to’g’ri qaror qilishga undaysiz. Shu
bilan birga siz doimo ishga ijodiy yondashib o’z tasavvuringizdan foydalana
olasiz. Siz turli odamlar bilan tanishishingiz, ishlashingiz mumkin. U tashqilotda
yoki tashqilotdan tashqarida bo’lishiga qaramay afzaliklardan yana biri siz
egallagan mavqe tashqilotdagi qabul qilinadigan qarorlarda ishtirok etishingiz,
yuqori oylik maoshiga ega bo’lishingiz, rag’barlantirishlar va boshqa tashqiliy
ishlarda ishtirok etasiz.
Umumlashtiradigan bo’lsak, yuqorida aytganimizdek, tashqilotning yaxsi
boshqaruvchiga, rahbarga ega bo’lishi lozim. Shu holda xodimlar birgalikda, bir
yoqadan bosh chiqarib ishlash tashqilotni maqsadga yetaklaydi. Boshqaruvchi
sifatida siz olib borayotgan faoliyatingiz, xatti harakatingiz, malakangiz yetarli va
kerakligicha ishongan bo’lishingiz kerak
5
.
Jamiyatni boshqarish zamonaviy muammolari echimida madaniy omilning
roli ortmoqda va kelajakda ortib boradi. Bu qator holatlar bilan izohlanadi.
Birinchidan, jamiyat hayotining ijtimoiy nazoratchilari axborot inqilobi
talablari (iqtisodiy, huquqiy, siyosiy) bilan birga tobora katta ahamiyat kasb
etmoqda.
Ikkinchidan, ular jamiyatdagi o’zaro bog’liq kuchlarning yig’indisi sifatida
5
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012.
17-18-betlar
33
kengayib tizim ko’rinishiga kelmoqda va o’z ta’sir maydonini kengaytirib,
jamiyatning har bir elementi faoliyatiga kirib kelmoqda.
Uchinchidan, yalpi jamiyat mahsulotidagi aqliy mulk hissasi ortib bormoqda
va rivojlangan davlatlarda 50%gacha etdi. Bu jamiyatni uning asosiy resurslari -
inson va aqldan oqilona foydalanishdagi ma’suliyat va mohiyatni oshiradi.
Boshqarish madaniyatining belgilangan bir qancha madaniyat qismlari
mavjud. Madaniyatning asosiy elementlari odam bilimi, xissiyotlari, kayfiyati,
boshqaruv, falsafiy va iqtisodiy kontseptsiyalari, fikrlash jarayonlari bo’lib
hisoblanadi. Biroq, belgilangan madaniyatning manbalari bo’lgan boshqaruv
mahorati, turmush sharoiti, urf-odatlar, tantanalar, jamiyat munosabatlari va
boshqalarsiz, umumiy ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va moddiy -
ma’naviy ne’mati iste’moli bo’lmaydi.
Madaniyatning asosiy masalasi - inson o’zini takror ishlab chiqarish, uning
bilimi, yangiliklari, moddiy va ma’naviy ne’matlarini hal qilish hisoblanadi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, boshqaruv madaniyati elementlarini
umumiy madaniyatning bir qismi sifatida ajratib ko’rsatish mumkin:
boshqaruv bilimlari (menejment va boshqaruv nazariyalari) kayfiyat, ong
muvofiqligi;
jamiyat munosabatlari namuna, me’yorlar va bilimlar mujassamlashtirgan
tashkiliy boshqaruvchanlik inson madaniyati elementlaridir;
boshqaruv faoliyati, haqiqiy ijodiy xarakterga ega bo’lib, ijtimoiy
rivojlanish mahsuli va ijtimoiy mehnat jarayonining ob’ektiv zaruriy unsuridir.
Xususan, boshqaruv madaniyatini boshqaruv faoliyatining ma’lum
bosqichidagi boshqaruv bilimlari, hissiyotlari, ne’matlari, boshqaruv va tashkiliy
munosabatlar yig’indisi sifatida tushinish mumkin. Uning shakllanish mexanizmi
quyidagicha bo’lish mumkin:
bilimlar,
boshqaruv
kontseptsiyalari,
loyihalari,
dasturlarining
shakllanishi;
boshqaruv munosabatlarining rivojlanishi;
boshqaruv sohasida ijodiy faoliyatni rag’batlantirish;
jamiyatda jamoat institutlari, davlat, qonunlarga hurmatning tasdiqlanishi;
boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
Boshqaruv
madaniyatida
oqilona
boshlanish,
bilim,
zamonaviy
kontseptsiyalar, ilmtalab texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv
asosining zamonaviy bilimlarisiz jamiyatni shakllantirib bo’lmaydi. Menejment
ingilizcha so’z bo’lib, lotincha so’z «manus»-qo’l o’zagidan olingan. Dastavval u
hayvonlarni boshqarish sohasiga tegishli bo’lgan va otlarni boshqarish san’atini
anglatgan. Keyinchalik bu so’zni inson faoliyati sohasiga olib o’tildi va odam va
tashkilotlarni boshqarish amaliyoti va ilmini ifodalay boshlashdi. Boshqaruv - bu
34
yakuniy natijani olishga qaratilgan xatti-harakatlar, usullar yordamida tashkilot,
jamiyat maqsadlariga erishish.
XXI asrda dunyo global xarakterdagi muammolar oldida turibdi. Lekin
ularning keskinlashuvi sodir bo’lmaguncha, echish usullari eskiligicha qolmoqda.
Buning negizi - madaniyatning, shuningdek, inson madaniyatining bir qismi
bo’lgan boshqaruv madaniyatining ortda qolishidadir. Dunyo yangi milliy
madaniyatlarning xilma-xilligi davriga qadam qo’ydi. Madaniyatlarning ko’pligi -
bu konfrontatsiyaning ko’payishi uchun asos emas, balki tolerantlik - o’zaro
chidam, odamlarning o’zaro tushunishi uchun sharoit. Lekin bu hozircha sodir
bo’lmayapti. O’zini o’tab bo’lgan «an’anaviy» va «kuchli» madaniyatlar
na’munalari dunyoga, uning alohida
regionlariga kuch usulida keskinlik kiritib,
sayyoradagi ijtimoiy keskinlik holatini kuchaytirmoqda. Insoniyat tirik qolishi
uchun mehnat faoliyatini, ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishda qator
progressiv o’zgarishlar kiritishi lozim. Lekin bugun tsivilizatsiyani bunday
zamonaviylashtirish faqatgina madaniyatlar, bilimlar, ne’matlar, xaqiqatni anglash
usullarini
tezda
almashtirish
sharoitidagina
mumkin.
Jamiyatni
zamonaviylashtirish muhim, lekin madaniy yangilanish undan oldin bo’lishi va
doimo uni ta’minlashi, sur’at va muddatlarini aniqlashi lozim. Jamiyat madaniyati
«parametrlarini»,
uning
alohida
regionlari,
mehnat
assotsiatsiyalarini
o’zgartiribgina, uni sifatli rivojlanish bosqichiga olib chiqish mumkin.
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan
tezroq o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta’lim, aqliy mulkka istiqbolli
qo’yilmalar ko’maklashadi.
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi.
Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne’mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega
bo’lgan odillik va etika me’yorlarining buzilishiga olib keladi.
Bir tomondan, madaniyat butun jamiyat tuzilmasi, jamiyat munosabatlaridan
tezrok o’zgaradi. Bunga madaniyat, fan, ta’lim, aqliy mulkka istiqbolli qo’yilmalar
ko’maklashadi.
Boshqa tomondan, insonni boshqa madaniy muhitga tez ko’chirib bo’lmaydi.
Bu xalqaro huquq va insonning oliy ne’mat sifatida himoya qilish maqsadiga ega
bo’lgan odillik va etika me’yorlarining buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |