M hamdamova



Download 5,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/114
Sana15.01.2022
Hajmi5,95 Mb.
#366874
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114
Bog'liq
manaviyat asoslari(Xamdamova M) (2)

besh  guruhga 
bo‘lib 
o ‘rganish mumkin:
1)  m a’naviy  qadriyatlar;  2)  milliy  ma’naviyat;  3)  shaxs 
ma’naviyati;  4)  mintaqaviy  ma’naviyat;  5)  umuminsoniy 
ma’naviyat.
M a’naviy  qadriyatlar  -   bu  millatimiz  barpo  etilgandan  to 
hozirgi  kungacha  bo‘lgan  barcha  urf-odatlarimiz,  andisha-yu 
g‘ururimiz,  marosim  va  an’analarimiz,  davom  etib  kelayotgan 
hunarmandchiligimiz,  san’at  asarlarimiz,  yozma  manbalaru 
yodgorliklarimiz,  milliy  inshootlarimiz  boy  merosimizdir. 
Milliy  m a’naviyat  esa  -  
muayyan  elat,  millatga,  uning 
ajdodlariga  xos  bo‘lgan 
bag‘oyat  qimmatli  m a’naviy 
boyliklardir.  Milliy  ma’naviyat  boshqa  millat  ma’naviyatidan 
tubdan  farq qiladigan m a’naviyat  degani  emas.  Chunki bizdagi 
milliy  m a’naviyat  boshqa  xalqlarda  muayyan  tarzda  bor, 
mavjuddir.  Ammo  milliy  m a’naviyatda  boshqa  xalqlaming 
ma’naviyati  aynan  takrorlanmaydi.  Milliy  ma’naviyat,  aw alo


tarixiy  hodisa  ekanligi  bilan  ajralib  turadi.  U  bir  kunda,  bir 
yilda  yoki  o‘n  yilda  mukammal  shakllanmaydi.  Milliy 
m a’naviyat  takomillashuvi  uning  tarixi  bilan  chambarchas 
bog‘liqdir.
Shaxs  ma’naviyati  -   bu  har  bir  shaxsga  tegishli  bo‘lib, 
uning ichki ruhiy holati, xatti-harakatlari munosabatlari boshqa 
qirralarini  o‘z  ichiga  oladi.  Mintaqaviy  m a’naviyat  esa  -  
muayyan  geografik  mintaqa  millatlariga  xos,  ular  uchun 
umumiy  bo‘lgan  ma’naviy  boyliklardir.  Masalan,  0 ‘rta  Osiyo 
xalqlarining  ma’naviyatidagi  yoki  yanada  kengroq  qaraydigan 
bo‘lsak,  Sharq  va  G‘arb  m a’naviyatidagi  mushtaraklik, 
o‘xshashlikni  olishimiz  mumkin.  Mintaqaviy  m a’naviyatda 
turli  elatlaming  umumiy  birligi,  bir-biriga  yaqinligi,  turmush 
tarzi  va  moddiy  hayot  sharoitlariga  xos  mushtarak  jihatlar 
namoyon  bo‘ladi.  Umuminsoniy  ma’naviyat  -   bu  butun 
insoniyatga jahon xalqlariga tegishli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy 
boyliklardir.
0 ‘zbek  xalqi  uchun  umuminsoniy  ma’naviyat  bilan  birga 
milliy  ma’naviyat  va  uning  boyliklari  ham  g‘oyat  qimmatlidir. 
0 ‘zbek  xalqining  hozirgi  milliy  ma’naviyati  va  qadriyatlari 
o‘tmish  milliy  ma’naviyatining  davomi  bo‘lib  ularga  do‘stlik, 
o‘rtoqlik mehmondo‘stlik,  odamgarchilik,  insonparvarlik, axloqiy 
teranlik,  tadbirkorlik,  saxiylik,  xushmuomalalik,  jamoa  ichida 
o‘zini  tuta  bilishlik,  xayolilik,  hurmat  bilan  muomila  qilish, 
ozodalik,  xushchaqchaqlik,  xushfe’llik,  mardlik,  samimiylik,  lutfi 
karamlilik,  ro‘zg‘orparvarlik,  shirinso‘zlik,  tashabbuskorlik,  ona- 
yurt va xalqiga muhabbatlilik,  insoflilik,  diyonatlilik,  rostgo‘ylik, 
halollik, 
or-nomuslilik, 
to‘g‘rilik, 
poklik, 
sabr-andishalik, 
vazminlik,  hojatbarorlik, 
mehnatsevarlilik,  o‘tmishga  hurmat, 
insoflilik,  imonlilik,  milliy  g‘urur,  mustaqillikni  qadrlash, 
vatanparvarlik, millatparvarlik va boshqa milliy ma’naviy-axloqiy 
fazilatlar kiradi.


0 ‘zga  millatlaming  ma’naviy  qadriyatlari  qanchalik  ta ’sir 
ko‘rsatmasin,  kattalarga,  ota-onaga hurmat,  kamtarlik, halollik, 
imon, 
mehnatsevarlik, 
mehmondo‘stlik  singari 
milliy 
m a’naviy  xislatlarimiz  barqarordir.  Chunki  bu  m a’naviy 
xislatlar  qon-qonimizga  singib  ketgan.  Xalqimizning  axloq, 
andisha,  sharmu-hayo,  halollik  va  pokizalik,  inson  qadr- 
qimmati  to ‘g ‘risidagi  ma’naviy  qadriyatlariga  zid  bo‘lgan 
yevropacha  an’analar  yoshlar  ma’naviyatiga  salbiy  ta’sir 
o ‘tkazmoqda.  Shu tufayli m a’naviy tubanlik yuzaga kelmoqda. 
Yoshlar  orasida  asriy  milliy  ma’naviyatimizga  zid  bo‘lgan 
bag‘ritoshlik, 
qotillik, 
giyohvandlik,  xudbinlik, 
maishiy 
buzuqlik  kabi  m a’naviy  qiyofalar  yuzaga  kelib,  ildiz  ota 
boshladi.
Abdulla  Avloniy  va  boshqa  ma’rifatparvar  allomalarimiz 
X IX   asming  oxiri 
XX  asming  boshlarida  Turkistonda 
hukmron  bo‘lgan  ma’naviy  inqiroz  haqida  gapirib,  bu  og‘ir 
vaziyatdan 
ta ’lim-tarbiya 
ishlarini 
yaxshilash, 
axloqni 
yuksaltirish  orqaligina  chiqish  mumkinligini  qayd  qilgan 
edilar.  A.Avloniyning  ta’kidlashicha:  «Tarbiya -   bizlar  uchun 
yo  hayot  — yo  mamot,  yo  najot  -   yo  halokat,  yo  saodat  -   yo 
falokat  masalasidir».  Bu  fikrlaming  ahamiyati  hozirgacha 
e’tibordan  chetda  qolgani  yo‘q.  0 ‘zbek  millati  faqat  milliy- 
m a’naviy  kamolot  orqaligina  yuzaga  kela  boshlagan  milliy- 
ma’naviy buzulishning oldini olish mumkin.  Milliy mustaqillik 
tufayli  jamiyatimizda  milliy-ma’naviy  poklanish,  o ‘nglanish, 
tiklanish jarayoni  yuz  berdi.  Milliy  tarbiya  -   millatni,  elatni 
tashkil  qiluvchi  kishilaming  milliy  madaniyatni,  merosni, 
qadriyatlami,  urf-odatlarni,  an’analarni 
o ‘zlashtirish-dagi 
faoliyatini  rivojlantirish  bo‘lib,  u milliy  ong  va  milliy  o‘zlikni 
anglashning 
subyektidir. 
Milliy 
tarbiyaning 
asosiy 
yo‘nalishlarini  millatparvarlikni,  xalqparvarlikni,  mehnatse- 
varlikni,  yusak  insoniylikni  rivojlantirish,  meros,  urf-odat  va


qadriyatlami  fan-texnika,  texnologiyalami  o‘zlashtirishga 
intilishni rivojlantirish,  milliy  va umuminsoniy  qadriyatlaming 
mohiyatini  tushunib  yetish  va  unga  amal  qilish  ruhiyatini 
shakllantirish kabilar tashkil etadi.

Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish