l.Q ur’oni Karim va hadislarda inson ma’naviyati va
m a’rifati masalalari.
Islom dini barcha xalqlar orasida keng
tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod qiluvchi
musulmonlar 1 milliarddan ortiqdir. «Islom» so‘zi arabcha,
«xudoga o‘zini topshirish, itoat, bo‘ysunish» - degan
m a’nolami anglatadi. Bu dinga ishonuvchilar «Muslim» deb
ataladi. Bu o‘zbeklarda «musulmon» deb ataladi.
Qur’oni Karim ilohiy kitob bo‘lib, u farishta Jabroil Alay-
hissalom tomonidan Muhammad Alayhissalomga nozil etilgan.
Bu muqaddas kitob yer yuzi musulmonlarining dasturilamali,
diniy ahkomlar manbaidir. Qur’oni Karimda 114 sura, 6236 ta
oyat bor. Mustaqillik sharofati bilan turli marosimlarimiz
Q ur’oni Karim qiroatlaridan boshlanmoqda. Bu o‘tmishda bir
orzu edi, xolos. Ilohiy manbalarda Islom uch elementdanimon,
islom, ehsondan iborat deyiladi. Imon talablari 7 ta aqida
bo‘lib, ular quyidagilardir: allohga, farishtalarga, muqaddas
kitoblarga, payg'ambarlarga, oxirat kuniga, taqdiming allohdan
ekanligiga va o ‘lgandan keyin qayta tirilishga ishonish
talablarini o ‘z ichiga oladi.
Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas
manba. Hadislar to ‘plami sunnat deb ataladi. Hadisi shariflarda
Muhammad alayhissalomning so‘zlari, qilgan ish faoliyatlari
va
sahobalar
tomonidan
amalga
oshirilgan
ishlarga
munosabatlari bayon etilgan. Hadisi shariflami yig‘ib kitob
shakliga keltirish, asosan payg‘ambarimiz alayhissalomning
vafotidan keyin amalga oshirilgan.
Xulosa qilib aytganda, Qur’oni Karim, hadislar va shariat
ko‘rsatmalari inson m a’naviy-ma’rifiy kamolotining asosi
bo‘lgan axloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o‘z ichiga
olgan. Hadislar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga oid bo‘lgan
fikrlarning mukammal to‘plamidir.
Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik, farzand
tarbiyasi va oilaga sadoqat masalalariga alohida e ’tibor
berilgan. Kishilami yaxshilik qilish, savob ishlarga qo‘l urush,
insofli, diyonatli, vijdonli bo‘lish, mehr-shavqatlilik, to‘g‘rilik,
rostgo‘ylik, sofdil bo‘lish, nochorlarga yordam berish,
kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.
Islomda ilm-fanni egallash, ma’rifatli bo‘lish juda katta
savobli ish ekani qayta-qayta ta ’kidlanadi. Islom ma’naviyatida
insonning yer yuzida xalifa qilib belgilanishi uning yana bir
muhim jihati hisoblanadi. Q ur’oni Karimning juda ko‘p
oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani unga
yer va osmondagi barcha narsalar bo‘ysundirib qo‘yilganligi
alohida ta’kidlab o ‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |