M hamdamova


  B o ‘ri  Ziyomuhammadov.  Ilm  hikmati.  «Tibbiyot»  nashriyoti,  Т



Download 5,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/114
Sana15.01.2022
Hajmi5,95 Mb.
#366874
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114
Bog'liq
manaviyat asoslari(Xamdamova M) (2)

23  B o ‘ri  Ziyomuhammadov.  Ilm  hikmati.  «Tibbiyot»  nashriyoti,  Т.:
 
1999.


mamlakatlar  ham  ana  shunday  ijobiy  xislatlami  o‘z  xalqida 
shakllantirishga  harakat  qiladi.  Ana  shu  ma’noda  tarbiyaning 
umumiy  maqsadi  dunyo  pedagogik  jarayonida  yagona 
maqsadga - umuminsoniy xislatlami shakllantirishga qaratiladi. 
Falsafa fani,  uning turlicha qarama-qarshiliklari, turli  oqimlari, 
nazariyalari  bilan  birga  yagona  bo‘lganidek,  pedagogika  ham 
umumiy  maqsadi  bo‘yicha  dunyoviy  pedagogik  jarayonda 
yagona,  bir  jinsli  deb  qaraladi.  Gap  ana  shu  maqsadlarga 
qanday  vositalar  bilan  qanday  ketma-ketlikda  va  qaysi 
m a’noda  erishishga  bog‘liq. 
Bir  mamlakat  ta’lim  va 
tarbiyaning  bir  shaklini  tanlasa,  ikkinchisi  o‘zgacharoq, 
uchinchisi  yana  bir  boshqacha  yo‘l  tutadi.  Shu  jumladan, 
xalqning,  elatning  o‘z  udumi,  odati,  turmush  tarzi  bor.  Mana 
shu  kabi  o‘ziga  xoslik  ta’lim  va  tarbiyaning  o‘ziga  xos  shakl, 
vosita 
va 
uslublarini, 
xalqning 
umumiy 
madaniyatini 
belgilaydi.
Yuqorida  belgilangan  xislatlaming  ba’zilari,  masalan, 
oqibatlilik, 
bolajonlik, 
andishalilik, 
imonlilik 
kabilar 
o‘zbeklarga  ko‘proq  xos  xislat.  Lekin  bu  xislatlar  faqat 
o‘zbeklarda  bor,  deyish  noto‘g‘ri  bo‘ladi.  Shuning  uchun 
yuqoridagi  mingdan  ortiq  xislatlami  alohida  maxsus  ajratib 
ko‘rish  (ayrim  mutaxassislar  5-6  xislatni  olishadi)  yoki  faqat 
20  ga  yaqinini,  yoki  faqat  milliy  pedagogika  deb  qarash 
(« 0 ‘zbek milliy maktabi»,  «Movarounnahr pedagogikasi»  kabi 
yondashuvlar)  dunyo  pedagogik  jarayonidan  chetga  surilib, 
chiqib ketishga olib keladi.
Insonni  har tomonlama barkamol  shaxs  sifatida tarbiyalash 
insoniyatning  azaliy  va  doimiy  orzusi  bo‘lib,  ajdodlarimiz 
ma’rifat  va  madaniyatni  qanday  qilib  yosh  avlodga  o‘rgatish 
ulami 
komillikka 
yetaklash 
yo‘llari, 
qonun-qoidalarini 
izlaganlar.  Insonning  ma’rifatli  va  ma’naviy  komillikka 
erishishi  borasidagi  ko‘plab  avlodlar  to‘plagan  bilim  va


tajribalari 
tarbiya  haqidagi  fan  -   pedagogikaning  shaklla- 
nishiga olib kelgan.
Insonlami ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabat- 
larining  o ‘zgarib  borishi  natijasida  pedagogika  fani  o‘z 
mavqeiga  ega  bo‘ldi.  Shu  tariqa  insonni  tarbiyalovchi  -   fan 
sifatida pedagogika  dunyo  fanlari  tizimi  qatorida  alohida  o‘rin 
egalladi.
Pedagogikaning  bosh  masalasi  tarbiyadir.  Tarbiyadagi 
keng  m a’no  ta’lim,  rivojlanish,  ma’lumot  bilan  bog‘langan 
holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir.
Pedagogikaning  barkamol  shaxsni  tarbiyalovchi  fan 
sifatida  shakllanib,  boyib  borishida  Sharq  va  G‘arb  qomusiy 
olimining  o‘mi  kattadir.  Faylasuf  Forobiy  o‘zining  «Fozil 
shahar  kishilarining  qarashlari»  asarida  tarbiya  orqali  insonga 
beriladigan  fazilatlami  sharhlab  beradi.  Ibn  Sinoning  «Tadbir 
al’monzil»,  Umar  Hayyomning  ruboiylarida,  Yusuf  Xos 
Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»,  Kaykovusning  «Qobusnoma»si, 
Alisher 
Navoiyning 
«Mahbubul-qulub» 
asarida 
inson 
ko‘ngilini turli bilimlar xazinasi  qildi  va bu tilsim ichida tangri 
o‘zini  yashirdi.  Insonning  ajoyib jismi  bir  maxfiy  sir  xazinasi 
o‘laroq  o‘zida  ana  shu  ganj  tilsimini  saqlaydi,  ya’ni  tangri 
Allohning  butun  olamni  yaratishdan  ko‘zlagan  maqsadi  Inson 
bo‘lib,  u hamma mavjudot ichida tengi yo‘qdir», -  deb yozgan 
edilar.
G ’arbda  esa  Suqrot,  Arastu,  Aflotun  o‘z  ijodiyotlarida, 
ayniqsa,  Aflotunning  «Davlat»,  Arastuning  «Siyosat»  asarida, 
Yan  Amos  Komenskiy,  I.G.Pestalotstsi,  K.D.Ushinskiylar o‘z 
ijodiy-pedagogik  faoliyatlarida  pedagogikaning  bosh  masalasi 
shaxs  tarbiyasi  muammosiga  turlicha  munosabat  bildirib, 
pedagogika tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar.
Ma’rifat  darg‘asi  Abdulla  Avloniy  «Turkiy  guliston  yoxud 
axloq» asarida pedagogika faniga quyidagicha ta’rif bergan edi:


«Tarbiya»,  «Pedagogika»  -   ya’ni  bola  tarbiyasining  fani 
demakdir.  Ilmi  axloqning  asosi  tarbiya...  Bolaning  salomati, 
saodati  uchun  yaxshi  tarbiya  qilmoq  tanini  pok  tutmak, 
yoshligidanoq  vaqtidan  maslakini  tuzatmoq,  yaxshi  xulqlarni 
o‘rgatmoq, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoqdir».
Pedagogika 
komil 
insonni 
tarbiyalashda 
hayotiy 
tajribalarga suyangan holda yuksak ma’naviy, milliy mafkurani 
shakllantiruvchi,  qonun-qoida,  tamoyil  va  metod  usullarini 
o ‘rganuvchi hodisalar doirasidagi fandir.

Download 5,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish