«Rasizm» so‘zi «rasa»
(irq) atamasidan kelib chiqqan. Bu atama XVII
asrdan boshlab Evropada «insoniyat nasli»ni turli irqiy guruhlar, jumladan, «oq»
va «sariq» irqqa ajratish uchun qo‘llana boshladi.Irqchilik - odamlar o‘rtasidagi
ijtimoiy tengsizlik, bosqinchilik, zo‘ravonlik va urushlarni kishilarning turli
irqlarga mansubligi bilan oqlashga xizmat qiluvchi g‘ayrimilliy ta’limot Irqchilik
ta’limoti «oq tanli»larning afzalligi, ularning azaldan «oliy irq» etib tanlangani,
boshqa irqlarning esa «oq»larga qaraganda nomukammal yaratilganligi va hamisha
taraqqiyotning quyi pog‘onalarida turishini «asoslab» beradi. Uning asosiy g‘oyasi
o‘zining «ilohiy» tabiatiga ko‘ra «oq» irqlarni «quyi» irqlar ustidan hukmron
qilishga da’vat etishga qaratilgan edi. Irqchilik milliy mansubligi va terisining
rangiga ko‘ra farqlanib turuvchi kishilarga tazyiq o‘tkazish, ularni haqoratlash,
urish va o‘ldirish kabi harakat-hodisalarda yaqqol namoyon bo‘ldi. U buyuk
davlatchilik, ashaddiy shovinizm, «tanlangan» xalqlarning milliy afzalligi
g‘oyalari bilan chambarchas bog‘lanib ketadi. Irqchilik ta’limoti boshqa xalqlarga
nisbatan bosqinchilik, ta’lonchilik amaliyoti bilan yaqindan bog‘liqdir. Irqchilik
ta’limoti bilan qurollangan fashistlar Germaniyasi «oriylar irqi» hukmronligini
o‘rnatish maqsadida jahon urushini bashlagani bunga yaqqol misoldir. Hozir ham
21
reaksion
mafkuraga
asoslangan
kayfiyatdagi
ayrim
guruhlar,
ularning
nazariyotchilari irqchilik g‘oyalarini targ‘ib etib, «qoloq» xalqlarning go‘yo
mustaqil rivojlanishga ruhiy tayyor emasliklarini da’vo qilmoqdalar. Dunyoning
turli mintaqalaridagi bunday qarashlar va harakatlarni xalqlar ozodligini bo‘g‘ishga
ular ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilish deb tushunish mumkin. Sobiq ittifoq
parchalanib ketganidan so‘ng ba’zi imperiyacha fikrlovchi ayrim siyosatdonlar va
ularning nazariyotchilari qarashlarida ham irqchilik kayfiyatlari paydo bo‘lganini
kuzatish mumkin. Bunday qarashlarning asossiz ekanini hayot ko‘rsatmoqda.
Ma’lumki, irqlar odamlarning ikkilamchi tashqi nasli xususiyatlari (badanining
rangi yuz-bosh tuzilishi kabi belgilari) bir xil bo‘lgan, tarixiy darda shakllangan
guruhlardir. Dunyoda evropalik, mo‘g‘ul va negrlik belgilariga qarab ajratiladigan
uch asosiy irq bor. Insonning jismoniy tuzilish asoslari (suyak mushak miya va
tananing boshqa a’zolari) barcha irqqa mansub kishilarda bir xildir. Butun
insoniyat yagona biologik turga - «Homo sapiens» mansubdir. Tarixiy taraqqiyot
davomida irqlarning aralashuvi irqiy belgilarning o‘zgarishi sodir bo‘lib kelgan va
u hozir ham davom etmoqda. Barcha irqlar madaniy taraqqiyotga birdek
qobiliyatlidirlar. Irqchilik insoniyatga qarshi g‘oyadir. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida barcha irqlar va millatlarning teng huquqliligi belgilab qo‘yilgan.
Bu qoida jahon hamjamiyatining xalqaro huquq me’yorlariga javob beradi. Yana
bir eng yovuz g‘oyalardan biri – terrorizmdir. Bugungi kunda insoniyatga katta
tahdid solmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |