TERRORIZM
(lot. Terror – qo‘rquv, dahshat) - ma’lum yovuz maqsad
yo‘lida, kuch ishlatib, odamlarni jismoniy yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan g‘oyaga
asoslangan zo‘ravonlik usuli. qo‘rqitish va dahshatga solish orqali o‘z hukmini
o‘tkazishga urinish terrorchilikka xosdir. U iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy,
irqiy, milliy, guruhiy, individual shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Jamiyatga
doimiy qo‘rquv, fitna, g‘alamislik muhitini vujudga keltirish, zo‘ravonlik yo‘li
bilan jamiyat barqarorligini buzish, gunohsiz kishilar, jumladan, bolalarning halok
bo‘lishiga olib keladigan siyosiy maqsaddagi o‘ldirish va portlatishlar bu mudhish
g‘oyaning asl mohiyatini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |