Mafkuraning falsafiy ildizlari deganda
, uning falsafa ilmi xulosalariga
asoslanishi nazarda tutiladi. Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir.
Bu haqda Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «dunyoviylik», ayrim
aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o‘laroq, aslo dahriylik emas. Biz
bunday noto‘g‘ri va g‘arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz»
1
. Darhaqiqat,
yaqin
o‘tmishimizda - dahriylik siyosati hukmronlik qilgan, diniy qarashlar va qoidalar
xurofot deb atalgan. Diniy aqidaparastlar esa dunyoviy ilmlarni dahriylik,
xudosizlik deb insonni e’tiqodidan ayirishga urindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |