8. Qasosga qodir bo‘la turib, afv etish haqiqiy mardlikdir.
Yusuf (a.s.)ning kechirimlilik sifatiga ega
ekanliklari ham qissada o‘z aksini topgan. Yosh Yusufni ko‘rolmagan, hasad qilib, uni ham ota-onalari
mehridan uzoqlatib, ham o‘limini xohlab quduqqa tashlagan, otalari oldiga esa, «Yusufni bo‘ri yeb ketdi» degan
yolg‘on gap bilan kelgan tuhmatchi akalari shari’at nuqtai nazaridan ham, qonun nuqtai nazaridan ham og‘ir
jazoga loyiq edilar. Ammo Yusuf (a.s.) akalarini o‘z jigarlari bo‘lgani uchun afv etdilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |