uchun kerakdir. Nazariy psixologiyadan farqli ravishda amaliy
psixologiya o ’zini muayyan bir metodologik yondashuv bilan
chegaralanib olmaydi, mutaxassis mijoz muammolarining kompleks
xarakterga egaligi tufayli turli ilmiy yo’nalishlaming usullaridan
foydalanishga majbur bo’ladi. Shuningdek, nazariy psixologiyada
tadqiqotchi shaxsi va tadqiqot metodini bir-biridan keskin ajratishga
harakat qilinsa, amaliy psixologiyada psixolog shaxsi metodning
ajralmas qismiga aylanib ketadi. Nazariy va amaliy psixologiya
o’rtasida muayyan farqlar mavjudligiga qaramay ular o’rtasida
yaqin aloqadorlik mavjud. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyati va
uning natijalarini tahlil qilib borgandagina, ya’ni uni nazariy qayta
ishlagandagina haqiqiy mutaxassisga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |