Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet424/509
Sana14.01.2022
Hajmi1,81 Mb.
#364937
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   509
Bog'liq
2 5402090271544446822

D
0
 – D
o’
  
  
 
 r = ------------- 
  
 
   
S

D
0
 
– oliy ma’lumotli kishilar ish haqi(daromadi)ning o’zgarishi; 
D
o’
 – 
o’rta ma’lumot bilan umr bo’yi oladigan ish haqi (daromadi);  
S
0
 – 
oliy va o’rta ma’lumot olish uchun xarajatlar farqi. 
Insoniy kapital nazariyasida qaytim normasi ko’rsatkichi markaziy o’rin tutadi. U foyda 
normasi ko’rsatkichiga o’xshash. U insoniy kapitalga qo’yilgan xarajatlarni xuddi moddiy 
kapitalga sarflangan qo’yilmalarga o’xshab taqqoslash imkonini beradi. 
 Moddiy kapitalga sarf-xarajatlarni qaytimini foyda normasi orqali aniqlasak, insoniy 
kapitalga qo’yilgan investitsiyani qoplash foydaliligi darajasini ana shu ko’rsatkich orqali 
aniqlaymiz. 
Ma’lum vaqt mobaynida joriy samarani aniqlashdan ichki qaytim normasi shunisi bilan 
farq qiladiki, u ma’lumot tufayli umr bo’yi oladigan samarani ko’rsatadi. Amerikalik 
mutaxassislar iqtisodiyotni, ta’lim sohasini tadqiq qilib, xususiy shaxslar tomonidan ma’lumot 
olish uchun sarflangan kapitallarni tez orada qoplanishi va foyda keltirishini aniqlashdi. Ularning 
hisobiga ko’ra xususiy terzda sarflangan kapitallarni qoplash koeffitsienti bakalavr darajasini 
olish uchun 11,8 dan 13,4% gacha, bir yillik diplomdan keyingi daraja uchun 8%, magistrniki 
7,2%, falsafa doktorniki 6,6%ni tashkil etgan. 
Yana shuni ham ta’kidlash kerakki, olingan ma’lumotning samarasini faqat pul shaklidagi 
daromad bilan o’lchash etarli emas. Sababi oliy ma’lumotli kishi qator qo’shimcha (manfaat) 
imtiyozlarga ega bo’ladi. Bular qaror qabul qilishda katta erkinlik, mehnatning ijodiy 
xarakterining yuqoriligi, ish sharoiti yaxshiligi, imkoniyatlar doirasi kengligi, sotsial nufuzi 
yuqori bo’lish va boshqalar. 
 Buni shartli misolda ko’rib chiqaylik. Aytaylik 4 yil davomida narxlar o’zgarmasin. Foiz 
stavkasi ham shu davr ichida o’zgarmagan holda bo’lib 10% ni tashkil qilsin. Ma’lumot olishga 


 
 
qilingan investitsiya va undan keladigan daromadni shu vaqt ichida diskontlash asosida bir 
ko’rsatkichga keltiramiz. 
 Ta’lim olish uchun qilingan xarajatlarni o’qish uchun sarflar va ish haqida yo’qotishni 
qo’shib hisoblab, yo’qotilgan (manfiy) daromad tarzida ifodalaymiz. Uni o’tgandan, malaka 
oshirgandan keyin olinadigan ish haqi, daromad bilan taqqoslaymiz. 
 Olimjonning oldida, yaqin kelajagida ikkita muqobil yo’l, boshqacha qilib aytganda 
loyiha turibdi. Birinchi yo’l, to’rt yil davomida bankda oddiy xizmatchi bo’lib ishlab, yiliga 60 
ming so’m daromad topish. 
 Ikkinchisi — bankda bir yil «Bank-moliya akademiyasi»da o’qib, ma-lakani oshirish. 
Malaka oshirish uchun 1mln. so’m to’lanadi. Akademiyani tugatgach, unga uch yil mobaynida 
tijorat bankida marketing bo’limi boshlig’i o’rnini va’da qilishyapti. Bu uch yil davomida uning 
maoshi har yili 100 ming so’mdan ortiq 700000, 800000, 900000 so’m bo’lishi mumkin. 
Olimjon uchun qaysi yo’lni tanlagan ma’qul? 
 Buning uchun, ya’ni qaysi yo’l ma’qul ekanligini aniqlash uchun malaka oshirish (bilim 
olishi)ga sarflangan xarajatlar bilan malaka oshirishdan keyin olinadigan daromadni taqqoslash 
kerak. 
 Agar Olimjon malakasini oshirishni tanlasa 1mln. so’m malaka oshirish uchun xarajatlar 
hamda 600000 so’m boy berilgan imkoniyat (ya’ni shuncha maosh olgan bo’lur edi, yil 
davomida) xarajatlar hammasi 1600000 so’m bo’ladi. Shu miqdorni o’qigandan so’ng oladigan 
diskontlangan daromadi bilan solishtiramiz. Agarda u musbat, ya’ni sarflangan xarajatlardan 
ko’p bo’lsa, o’qib malakasini oshirgan ma’qul bo’ladi. Uni quyidagicha hisoblab chiqamiz. 
 
Investitsiya natijasida olingan qo’shimcha sof daromad (QSD)ni quyidagicha 
hisoblaymiz: 
 
 
QSD= -1600000 + 700000/(1+0,1) + 800000/ (1+0,2) + 900000/(1+0,3)= 
636363+666666+692307 = 1995336; 1995336 – 1600000 = =395336;  
 Ko’rinib turibdiki, o’qish samaraliroq ekan, demak ikkinchi yo’lni tanlagan ma’qul, 
agarda natija manfiy bo’lganda birinchi yo’l, ishlash ma’qul bo’lardi. Bu erda yana shuni yoddan 
chiqarmaslik kerakki, bilim olishga qilingan xarajatlar qoplanmasligi ham mumkin. Lekin uni 
faqatgina pul miqdori bilan o’lchamaslik kerak, chunki ilgarigiga nisbatan obro’li, kelajagi 
istiqbolliroq ishga joylashishi mumkin. Qaytim normasi ko’rsatkichidan mehnat bozorida uzoq 
muddatli tenden- 
tsiyasini tahlil qilishi, ish haqini o’zgarishi, uni asosida taklif qanday o’zgarishi 
mumkinligi hisoblab chiqiladi. 
Mehnat bozoridagi nomutanosiblik, ish kuchi malakasi, ayrim kasb kishilariga bo’lgan 
talab bilan taklif nisbatining mos kelmasligi bartaraf etiladi. 
Insoniy kapitalga investitsiyaning ortib borishi kishilarning ma’na-viy, madaniy, ahloqiy 
va boshqa jihatlardan ham yuksalishini ifodalaydi. Demak, davlat byudjetdan sarflanadigan 
mablag’larni ko’paytiribgina qolmay, aholi va firma (korxonalar) tomonidan ham mablag’lar 
qo’yilishini rag’batlantirish lozim. 
 Qaytim normasi ko’rsatkichidan mehnat bozorida uzoq muddatli tendentsiyani tahlil 
qilishda foydalaniladi. Chunki, unga qarab qaysi kasb, ixtisoslik ish haqini o’zgarishi, uni 
asosida taklif qanday o’zgarishi mumkinligi hisoblab chiqiladi. 
 Mehnat bozoridagi nomutanosiblik, malaka ayrim kasb kishilariga bo’lgan talab bilan 
taklif nisbatining mos kelmasligi bartaraf etiladi. 
 Shuni eslatish kerakki, inson uchun qilingan har qanday xarajat insoniy kapitalga 
investitsiya hisoblanmaydi. U tsivilizatsiyalashgan jamiyat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq 
deb topilgan xarajatnigina aytish mumkin.  
 
Ma’lumki, Fan-texnika taraqqiyoti sur’atlarining jadallashuvi mavjud bilimlar, 
ko’nikmalar, malaka ko’rsatkichining eskirishi munosabati Bilan inson kapitali ma’naviy 
eskirishiga olib keladi. Shuning uchun hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda faqat asosiy kapitalning 
ma’naviy eskirishigina emas, balki bilimlar, ko’nikmalarni, jumladan, mehnat jarayonida odat 


 
 
tusiga kirib qolgan andozalarning ma’naviy eskirishini ham izchillik bilan engish zarurligiga 
ahamiyat qaratilmoqda.  
 Inson kapitali ma’naviy eskirishining ikki shchakli bo’lib, birinchisi, mavjud bilimlar 
doirasida inson kapitali ko’rsatkichlarining yomonlashuvi Bilan bog’liq. Bilimlar to’liq 
bo’lmagani tufayli eskirishga uchraydi. Natijada inson kapitalining jamg’arilish jarayoni to’xtab 
qoladi. Ma’naviy eskirishning ikkinchi turi mutlaqo yangi bilim paydo bo’lishi uni egallamay 
turib, inson kapitalidan foydalanish imkoni bo’lmasligi bilan bog’liq.  
 
Inson kapitaliga solinadigan investitsiyalar ilmiy g’oyalar, texnika-texnologiya 
yangiliklarini qabul qilish qobiliyati oshishiga, shu bilan birga iqtisodiy tizimning moslashish 
imkoniyati, uning doimiy o’zgarishlarga moslashib rivojlanish imkoniyatlari oshishiga 
yordamberishi kerak. Aks holda jamg’arilgan inson kapitalini ishga solib bo’lmaydi, hamda 
jamiyatning tegishli sifatdagi va miqdordagi inson kapitaliga bo’lgan talabini qondirib 
bo’lmaydi. Inson kapitalini takror ishlab chiqarishlagi bunday tarkibiy buzilishlarning 
chuqurlashuvi amalda investitsiyalangan mablag’lardan mahrum bo’lishga olib keladi. 
 Jamiyat taraqqiy qilishi bilan yuksak malakali mutaxassislarga talab o’sishini hisobga 
olgan holda respublikamizda «Kadr-lar tayyorlashning Milliy dasturi» ishlab chiqilib, amalga 
oshirilmoqda. 
 Insoniy  kapitalga  investitsiya davlat, korxona (firma) aholi-ning o’zi tomonidan 
qo’yiladi. Aholi uchun o’z mablag’i etmagan taqdirda Prezident farmoni bilan imtiyozli kredit 
bilan ta’minlanishi respublikamizda zamona talablariga muvofiq ravishda mutaxassis kadrlar 
tayyorlashni yanada yangi bosqichga ko’taradi.  
 
Xulosa 
 
  *Inson yashashi uchun turli ne’matlarni ishlab chiqarishi kerak. Ishlab chiqarish asosida 
mehnat yotadi. Mehnat bu mehnat omilining egasi bo’lgan ish kuchining o’z qbiliyatini ishga 
solishi, ishlatishidir. Ish hai mehnat omilining YaIM, milliy daromaddagi ulushi bo’lib, u ish 
haqi deb ataladi.  
 *Ish haqi ish kuchiga bo’lgan talab va taklifning muvozanat bahosidir. Mehnatga talab 
ish haqi miqdoriga teskari, mehnat taklifi esa to’g’ri proportsional bog’lanishda. Mehnat taklifiga 
o’rin bosish va daromad effekti ta’sir ko’rsatadi. Buni natijasida mehnat taklifi o’sishi yoki 
pasayishi mumkin.  
 *Ish haqini tashkil etishning ikki shakli vaqtbay va ishbay shakli, muvofiq ravishda qator 
ish haqi tizimlari mavjud. Qanlay ish haqi qo’llash unga ta’sir etadigan omillarga bog’liq bo’lib, 
u ishga yollovchi bilan yollanuvchi o’rtasilagi tuzilgan mehnat shartnomalarida o’z aksini topadi.  
  *Fan texnika taraqqiyoti borgan sari yuqori malakali ish kuchiga talabni kuchaytirishi 
iqtisodiy nazariyada insoniy kapital nazariyasini (Teory of human capital) ishlab chiqishga olib 
keldi. Unga muvofiq ish haqidagi farq insoniy kapitalga qilingan investitsiyadagi farqning 
oqibati. Kam ish haqi to’lanadigan ishchilarning daromadlari esa investitsiyalarning hajmini 
ortishi natijasida o’sadi. Shuning uchun borgan sari insoniy kapitalga investitsiya sarflash o’sib 
boradi. 
 

Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   509




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish