5-§. Insoniy kapitalga investitsiya haqidagi nazariyalar
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, jamiyatdagi tub o’zgarishlar inson kapitaliga investitsiya
to’g’risidagi nazariyalarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. . Fan-texnika va axborotdagi
revolyutsiya inson, uning ilmiy-ma’rifiy potentsialini ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning hal
qiluvchi omiliga aylantiradi.
Keyingi paytlarda iqtisod fanida inson kapitali tushunchasi keng qo’llanila boshladi.
Hozirgi zamon inson kapitali haqidagi nazariyalar 60-yillardan boshlab shakllandi. Juda
ko’p iqtisodchilar bu haqda o’z fiklarini bildirishdi. Chunonchi G. Bekker, U. Bouen, M. Blaug,
V. Veysbrod, E. Denison, M. Fisher va boshqalar. Amerikalik iqtisodchi G. Bekker “Inson
kapitali” fundamental tadqiqoti, inson kapitali nazariyasiga oid ishlari uchun 1992 yili iqtisod
sohasida Nobel mukofotini olishga sazovor bo’ldi.
Inson kapitali deganda odatda insondagi
salomatlik bilan malaka, salohiyat, mehnatga
ishtiyoq tushuniladi. Bular o’z navbatida mehnat unumdorligi hamda daromadlar o’sishiga ta’sir
etadi.
Har bir inson farovon yashash maqsadida ko’proq daromad olish uchun harakat qiladi. Bu
harakat qator xarajatlarni talab qiladi. Kelajakdagi daromadni ko’paytirish uchun qaratilgan
barcha xarajatlar inson kapitaliga investitsiya hisoblanadi. Bularga sog’liqni saqlash,
bilim olish,
ish o’rnini
qidirish, professional tayyorgarlik, farzand tug’ish va tarbiyalash kabi xarajatlar
kiradi.
Har bir kishi o’z
bilimini oshirishga, sog’ligi uchun, kasb-hunar egallashi uchun
investitsiya
sarflashga qaror qilar ekan, kelajakda olishi mumkin bo’lgan daromadi bilan
taqqoslaydi. U ko’proq ish haqi yoki pul daromadi shaklida obro’li
ish yoki biron nufuzga
erishishi shaklida bo’lishi mumkin.
Insoniy kapital odamlar yillar davomida to’plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo’lib,
uni egasidan ajratib bo’lmaydi.
Inson o’z sog’lig’ini saqlashi, bilim olishi, malaka, mutaxassislikka ega bo’lish, malaka
oshirish, tajriba to’plash, ish o’rni qidirish, kelajakda o’z o’rnini bosuvchi farzand tug’ish,
tarbiyalab voyaga etkazish – barchasi ma’lum miqdorda xarajatlarni talab qiladi. Ana shu
xarajatlar insoniy kapitalga investitsiya deb ataladi.
Har bir kishi o’z bilimini oshirish, sog’lig’i uchun, kasb-hunar egallashi uchun
investitsiya sarflashga qaror qilar ekan, kelajakda olish mumkin bo’lgan natija bilan taqqoslaydi.
U ko’proq ish haqi yoki pul daromadi shaklida obro’li ish yoki biron nufuzga erishish shaklida
bo’lishi mumkin.
Insoniy kapitalga investitsiya qilish izoh muddatli integral xarak-terga ega bo’lib,
samarasi ham iqtisodiy ham ijtimoiy ahamiyatga ega. Bilim olish muddati 12-18 yilgacha va
undan uzoqqa ham cho’zilishi mumkin. Insoniy kapitalni ishga solinishi, uni qo’llashdan
olinadigan samara har bir kishini o’ziga, uning qiziqishi, nimani afzal ko’rishi,
javobgarlik hissi,
umumiy madaniyati va ma’naviyatiga bog’liq bo’lib, u xohlaganini tanlaydi.
Insoniy kapitalni shakllantirish unga qo’yilgan investitsiya samarasini aniqlash muhim
ahamiyatga ega.
Iqtisodchilar tomonidan bu haqda turli fikrlar bildirilgan.
Insoniy kapitalni shakllantirishning bir qancha modellari mavjud. Shulardan biri Turou
modeli. U Kobb-Duglas funktsiyasidan foydalanib, shu modelni ishlab chiqqan:
IK = g’(K·IK
x
·R·IA)
IK –
yaratilgan insoniy kapital; K – jismoniy kapital; IK
x
– insoniy kapitalga investitsiya
(qo’yilmalar); R – tabiiy resurslar; IA – turli individlar (kishilar)ning iqtisodiy qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: