Nominal ish haqi
—
pul shaklida olingan ish haqidir (soat, kun, hafta, oy davomida).
Real ish haqi
— bu pul
shaklida olingan nominal ish haqining sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar
miqdorida ifodalanishidir. Boshqacha aytganimizda, real ish haqi nominal ish haqining xarid
quvvatini ko’rsatadi. Real ish haqiga
nominal ish haqi
darajasi,
soliqlar
hamda
narx
ning
o’zgarishi ta’sir qiladi.
Bozor iqtisodiyoti mehnat omili va boshqa omil egalari uchun stimul yaratadi. (Stimul
deb qadimgi Rimda chorva hayvonlarini haydash uchun ishlatiladigan uchli tayoqni aytishgan.
Keyinchalik, stimul insonni ishlashga undashini nazarda tutadigan bo’ldi.) Mehnat omili uchun
stimul ish haqining turli shakllari va sistemalarini qo’llash orqali erishiladi. Eng avvalo, ish
haqining ikki shakli: vaqtbay va ishbay shakli qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |