2.Bunda doimiy, o’zgaruvchi va umumiy xarajatlar egri chiziqlarini bitta grafikda
ifodalang:
-doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar o’rtasida qanday farq bor?
-nima sababdan FS gorizontal chiziqni ifodalaydi?
-nima sababdan Ts egri chizig’i VC egri chizig’iga o’xshash? Izohlang.
3.O’rtacha doimiy AFS, o’zgaruvchi AVS, umumiy ATs va me’yoriy xarajatlar egri
chizigini bitta grafikda ifodalang:
-mahsulot o’sishi bilan AFS egri chizig’i qanday o’zgaradi? Nima sababdan?
-AVS egri chizig’i qanday o’zgaradi? Nima sababdan?
-o’rtacha xarajatlar qanday o’zgaradi, nima sababdan?
- me’yoriy xarajatlar-chi, nima sababdan? Izohlang.
4.Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Uning qaysi birlarini o’zgaruvchi xarajatlarga, qaysi
birlarini doimiy xarajatlarga qo’shamiz va nima sababdan?
1)bino, inshoat, asbob uskuna amortizatsiyasi;
2)ishchilarni ish xaqi;
3)korxona direktorining belgilangan maoshi;
4)mulk solig’i;
5)elektr energiyasi va suv xarajatlari;
6)xom ashyo xarajatlari;
7)material va intrumentlar sotib olish xarajatlari;
8)qo’yilgan o’z pul mablag’lariga boy berilgan protsent;
9)er solig’i
5. Ishlab chiqarilgan mahsulotning bozor bahosi 7000 so’m, umumiy xarajatlar eng
optimal miqdor 12 ta mahsulot ishlab chiqarganda 96000 so’mga teng. O’zgaruvchi xarajatlar
(AVC) esa 60000. O’rtacha va o’rtacha o’zgaruvchi, doimiy xarajatlarni hisoblang. Sizningcha
menejer qisqa muddatli davrda qanday qarorga kelishi kerak?
Ishlab chiqarishni to’xtatib, tarmoq, bozorni tashlab ketishi kerakmi yoki yo’q.
Javobingizni izohlang. Grafikda ko’rsating.
6. 100 dona maxsulot ishlab chikarish uchun umumiy xarajatlar Ts 300 ming sum, 500ta
ishlab chikarish uchun esa 600 ming sum sarflanadi. Agar xarajatlar funktsiyasi tugri chizikda
ifodalansa, 400 ta maxsulot ishlab chikarish uchun xarajatlarni xisoblang.
7. Aytaylik, 200 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 200 ming so’m, 201tasiga 201
ming, 202tasiga 202 ming so’m sarflanadi. Xozirgi paytda 201ta mahsulot ishlab chiqarganda
firma foydasini maksimal darajaga etkazadi. Firmaga shoshqaloq xaridor murojaat qildi.
Qo’shimcha bitta 202-mahsulot uchun u 3000 to’lashga tayyor ekanligini uqtirdi. Agar
qo’shimcha bitta mahsulot ishlab chiqarish va sotish firmaning boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarishi va sotishiga xalaqit bermasa, u 202-mahsulotni ishlab chiqarishga rozi bo’lishi
kerakmi? Javobingizni izohlang.
8. Olimjon firmada injener bo’lib oyiga 50 ming so’m maosh olardi. U kichik korxona
tashkil qildi. Buning uchun 150 ming so’m bankdagi jamgarmasini olib ishlatdi. Undan tashqari
bankdan 300 ming so’m kredit oldi. Undan 300 ming so’mni uskunalar sotib olishga sarfladi.
Agar yillik kredit protsenti 20%, bankdagi saqlayotgan puliga yillik foiz 12% bo’lsa,
iqtisodiy va buxgalteriya xarajatlarini hisoblang.
9. Mukammal raqobat sharoitida firma yiliga 20 ming dona telefon ishlab chiqaradi.
O’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar 1750 so’m. O’rtacha iishlab chiqarish xarajatlari 2150 so’m. Bita
telefonning bozor bahosi 2500 so’m. U holda firma qancha foyda ko’radi?
10. Firma mart oyi davomida 500 dona mahsulot ishlab chiqardi. Uning umumiy
xarajatlari 1mln. so’mni tashkil etdi. May oyida esa mahsulot ishlab chiqarishni 600 donaga
etkazdi. Umumiy xarajatlar esa 1,26 mln. so’mga etdi. Doimiy xarajatlar 200 ming so’m.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o’rtacha, o’rtacha doimiy, o’rtacha o’zgaruvchi
xarajatlarni hisoblang. Bu ko’rsatkichlar va ularni mahsulot miqdorini ortishiga ko’ra qanday
o’zgarishi haqida o’z fikringizni izohlang.
11. 1. Quyidagi jadvalda tovar ishlab chiqarish uchun kapital va mehnat xarajatlarini
hamda mahsulot TR miqdorini o’zgarishi berilgan.
Berilgan ma’lumotlar asosida:
A)
Mehnat xarajatlarini (ishlovchilar soni) o’zgarishi bilan me’yoriy mahsulot hajmi
qanday o’zgargan, hisoblang. Nechanchi ishchini ishga yollagandan so’ng me’yoriy mahsulot
kamayishni boshlaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |