4-§. Ishlab chiqarish omillarining nisbati. Xarajatlarni
minimallashtirish nazariyasi
Tadbirkor ishlab chiqarish bilan shug’ullanar ekan, uning oldida ishlab chiqarish bilan
bog’liq muammolar mavjud bo’ladi. Bu muammolarni uch darajada ko’rish mumkin.
1. Tadbirkorning oldida belgilangan miqdordagi mahsulotni qanday ishlab chiqarish
mumkinligi masalasi turadi. Bu muammo ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa muddatda
minimallashtirish masalasiga kiradi.
2. Tadbirkorning oldida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni optimal, ya’ni eng ko’p foyda
keltiradigan variantini aniqlash turadi. Bu — qisqa muddatda foydani maksimallashtirish
masalasiga kiradi.
3. Tadbirkorning oldida korxonaning eng optimal quvvatini, mahsulot ishlab chiqarish
hajmini, ya’ni katta-kichikligini aniqlash muammosi turadi. Bu, uzoq muddatda foydani
maksimallashtirish masalasiga kiradi. Qiska va uzoq muddatda foydani maksimallashtirish
masalasini ko’rib chiqdik. Endi ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish masalasini ko’rib
chiqamiz.
Tadbirkor xarajatlarni minimallashtirish uchun eng avvalo ishlab chiqarish omllarining
eng samarali nisbatini topishi kerak. Chunki u shundagina qo’ygan maqsadiga erishishsh
mumkin. Buni aniqlash uchun ishlab chiqarish omillari befarqlik egri chizig’i izokvantadan
foydalanamiz. U ishchlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi bir xilda mahsulot ishlab
chiqarishni ta’minlar edi(3- bob).Omillarning har qanday nisbatda birlashuvi bir xil hajmda
mahsulot ishlab chiqarishga olib kelsa, endi tadbirkor anna shu omillarni sotib olish uchun ularni
qanday nisbatda bo’lganda eng kam xarajat qilishini aniqlash kerak. Aytaylik, biron turdagi 100
dona mahsulot ishlab chiqarish uchun kapital va mehnatning turli kombinatsiyalari (nisbat)dan
foydalanish mumkin. Bir ishchi ish haqi 2 dollar, kapital birligining qiymati 3 dollar bo’lsin. U
holda misolimiz jadval shaklida quyidagicha bo’ladi. (Misolimiz P. Samuelsonning
«Ekonomika» kitobi bo’yicha.)
Bizni misolimizda qanday qilib stanoklar soni bilan ishlovchilar sonining optimal
miqdorini aniqlasa bo’ladi? Buning uchun omil evaziga olingan me’yoriy mahsulot hajmi bilan
mehnat bahosini taqqoslaymiz. Stanok me’yoriy mahsuloti hajmi bilan stanokning narxini
taqqoslaymiz. Bir mehnat omilini ikkinchisi bilan almashtirish ularning me’yoriy mahsulot hajmi
va xarajatlari teng bo’lguncha davom etadi:
A1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda ishlovchilar soni o’zgarmagani
holda qo’shimcha kapital ishga tushirilishi evaziga olingan qo’shimcha mahsulot;
V1 — omil evaziga me’yoriy mahsulot, misolimizda kapital miqdori o’zgarmagani holda
qo’shimcha jalb qilingan ishlovchi evaziga yaratilgan qo’shimcha mahsulot;
A2 — omilning narxi, misolimizda stanokning narxi (to’g’rirog’i amortizatsiya haqi);
V2 — omilning narxi, misolimizda ishchining ish haqi. Umumiy tarzda avval ko’rsatsatib
o’tganimizdek, MR=MS=R
Tadbirkor ishlab chiqarishning «qimmat» omilini «arzon» omil bilan almashtiradi. Bu
almashtirish yuqorida ko’rsatilgandek shu omillar hisobiga olingan me’yoriy mahsulot va unga
ketgan xarajatlar tenglashguncha davom etadi.
Misolimizni chizma tarzda tasvirlaylik.
Ishlab chiqarish omillarining har qanday birlashuvi, ya’ni 6K va
1L yoki 3K va 2L, 2K va 3L yoki 1K va 6L bir xilda mahsulot
ishlab chiqarish hajmini ta’minlaydi.
Lekin shulardan qaysi biri tadbirkor uchun eng arzon tushadi?
Jadvalning ma’lumotlari asosida teng mahsulot egri chizig’ini topamiz yoki ishlab chiqarishning
befarqlik egri chizig’i (izokvanta)ni aniqlaymiz.
Endi teng xarajatlar, ya’ni abstsissa va ordinata o’qlari bo’yicha ishlab chiqarish
omillariga qilingan xarajatlar teng nuqtalarini aniqlaymiz va to’g’ri chiziq o’tkazamiz. Bu
K 6 3 2 1
L 1 2 3 6
chiziqlar izokostlar (isokost curve) deb ataladi. U tadbirkorning byudjeti cheklanganligi
chizig’ini ko’rsatadi.
Avval ko’rsatganimizdek, kapital birligining narxi 3000 dollar, mehnat 2000 dollar
bo’lsin. Agar tadbirkorning puli atigi 6000 dollar bo’lsa, u shu puliga 2 birlik kapital sotib olishi
mumkin. Yoki faqat mehnatga sarflasa, 3 kishini ishga yollashi mumkin. U holda ordinata o’qiga
kapital, abstsissa o’qiga mehnatni joylashtirib grafikda tasvirlasak, quyidagi ko’-rinishda bo’ladi.
Tadbirkor mablag’ini faqat kapital yoki faqat mehnatga sarflanishi mumkin bo’lgan
nuqtalarni birlashtirsak, 6000 dollarlik izokostning to’g’ri chizig’i kelib chiqadi. Shu to’g’ri
chiziqdagi har bir nuqta K va L ning turli nisbatdagi birlashuvini, lekin umumiy xarajatlar 6000
dollardan oshmasligini ko’rsatadi. Endi tadbirkorning puli 9000 dollar, 12000 dollar va hokazo
deb, yana avvalgicha nuqtalarni topib to’g’ri chiziq o’tkazib, har biri uchun alohida izokost
chizig’ini topamiz.
Biz alohida-alohida bir xil hajmdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun omillarning turlicha
birlashuvini hamda teng xarajatlar asosida omillar miqdorini o’zgarishini ko’rib chiqdik. Endi
ana shu har ikki grafikni bitta qilib tasvirlaymiz.
Xamma nuqtalarni, ya’ni teng mahsulot miqdori bilan teng xarajatlar chiziqlarini qarab
chiqsak, ular S nuqtada bir-biriga urinib o’tar ekan (lekin kesishmaydi). Aynan ana shu teng
xarajatlar chizig’iga, teng mahsulot egri chizig’i urinib o’tgan nuqta ishlab chiqarish
xarajatlarining minimal darajasini ko’rsatadi. Bizni misolimizda kapital 3000 dollar, mehnat
2000 dollar. Tadbirkor mablag’ini 2 birlik kapital va 3 birlik mehnatga sarflasa, omillarning eng
optimal darajada birlashuvini ta’minlagan bo’lar ekan. Befarqlik egri chizig’i bilan izokost —
xarajatlar tengligi to’g’-ri chizig’i S nuqtada urindi. U (2·3K) doll)+(3·2L)=12000 dollarni
tashkil etadi. Demak, tadbirkor 12000 dollar mablag’ sarflab, uni 2 birlik kapitalga sarflab 3
kishini ishga yollasa, eng maqbul darajada omillarni birlashuvini ta’minlab, minimal darajada
xarajat qilishga erishar ekan. Omillarning bundan boshqa har qanday nisbatda birlashuvi unga
qimmatga tushadi.
Masalan, 3K va 2L yoki 6K va 1L.
Befarqlik egri chizig’i kontseptsiyasi italiyalik olim V. Pareto tomonidan XX asr
boshlarida ishlab chiqilib, keyinchalik 1930 yili ingliz olimi D. R. Xiks tomonidan
chuqurlashtirilgan.
Iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishda vaqt muhim rol o’ynaydi. Odatda, qisqa muddatli davr
(bunda ishlab chiqarish quvvati o’zgarmay qoladi) va uzoq muddatli davr (bunda ishlab
chiqarishning barcha omillarini o’zgarishi uchun etarli bo’lgan vaqt) nazarda tutiladi.
Amerikalik iqtisodchilar Duglas va Solou 20- yillar (XX asr) dan ishlab chiqarishni
statistik jihatdan tadqiq qilib, 100 yil davomida qanday o’zgarganini o’rganib, ishlab chiqarish
kapital va mehnat omillari mahsulot ishlab chiqarilishining o’sishiga qanday ta’sir ko’rsatishini
aniqlashdi.
Ular mehnatni 1% o’sishi mahsulotni umumiy o’sishini 3/4 qismini tashkil etsa,
kapitalning o’sishi 1/4 qismini tashkil etishini aniqlashdi.
Bu xulosa butun jamiyatga taalluqli bo’lgani uchun, bu indekslarni (3/4 va 1/4) agregat
indekslari deb ataldi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi
bog’lanish Duglas va Solouning ishlab chiqarish agregat funktsiyasi deb ataladigan bo’ldi.
Shunday qilib, Duglas va Solou xulosalari asosida iqtisodiy rivojlantirishning retsepti taklif
etildi: «insoniy kapitalga» ko’proq mablag’ sarflash kerak, chunki mehnat ishlab chiqarish
hajmini ko’paytirish, o’stirishda ishlab chiqarish vositalari (kapital)ni o’stirishga qaraganda
ko’proq samara beradi.
Shuning uchun iqtisodiy fanlar sohasining olimlari mehnat unumini oshirishning yangi
yo’llarini qidirishga kirishib ketdilar. (Ma’lumki, mehnat unumdorligi vaqt birligida ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi.) Shunday qilib, insoniy munosabatlar, sotsial
sherikchilik nazariyasi va hokazolar vujudga keldiki, bu nazariyalar, eng avvalo har bir insonni
ishlab chiqarish natijalari qanday bo’lishiga qiziqishini, diqqat-e’tiborini qaratishni ta’minlashga
qaratilgan. Bu degani ishlab chiqarish faqat mehnatdan yaxshi foydalanish evaziga ko’payadi
degani emas. Duglas va Solou fikricha hozirgi zamonda mehnat ishlab chiqarishning asosiy
omili ekan, sababi mahsulot ishlab chiqarishni o’sishini boshqa omillarga qaraganda ko’proq
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |