Tadbirkorlik bu biron ish bilan oddiygina mashg’ul bo’lish emas, u insonning o’ziga xos
fikrlashi, dunyoqarashi, shaxsiy intuitsiyaga ega bo’lishi, xislatidir. Tadbirkor bo’lish —
demak
bosh-qalar qilmagan ishni qilishdir, deb hisoblaydi Shumpeter. Uzoqni ko’ra bilish, tasavvur
qilish, doimo qoloqlik, eskilikka, to’siqlarga, chetdan ko’rsatiladigan bosimlarga dosh berish,
qarshi tura bilish kabi xislatlarga ega bo’lish kerak. Tavakkal qilishni bilish,
noaniqlik oldidan
qo’rquvni engishi, yuz beradigan jarayonlarga qarab ish tutish emas, balki ana shu jarayonlarni
izmiga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak. Tadbirkorni g’alabaga bo’lgan intilishi olg’a
undaydi. Bu uning o’ziga xos mehnati va shu mehnatining iqtisodiy xarakterga ega ekanligidir.
Har bir kishi tadbirkor bo’lishi uchun eng avvalo o’zidagi xislatlarga to’g’ri baho bera
olishi kerak. Tashkil etiladigan turli kichik firmalarning 15 — 20% i qolib, qolganlari kasodga
uchrashining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Tadbirkorlik iste’dod va maxsus
tayyorgarlikni talab etadi. Bizni adabiyotlarimizda tadbirkorlik ko’proq xo’jalik yuritish nuqtai
nazaridan qaraladi.
Respublikamizda qabul qilingan tadbirkorlik to’g’risidagi
qonunda tadbirkorlikka
shunday ta’rif berilgan: «Tadbirkorlik mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida,
tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan
iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir».
Jahon adabiyotida tadbirkorlikning uchta funktsiyasi ajratib ko’rsatiladi.
Birinchi funktsiyasi — resurs bilan ta’minlash. Har qanday xo’jalik faoliyatining asosini
resurslar tashkil etadi. Chunki, resurslarsiz hech nima qilib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishning
ob’ektiv (ishlab chiqarish vositalari, ya’ni er, kapital) hamda sub’ektiv (zarur bilim, kasb, tajriba
va mohirlikka ega kishilar) omillari birlashgandagina biron ishlab
chiqarish yoki xizmat
ko’rsatish, umuman olganda biron faoliyat yuritish mumkin.
Ikkinchi funktsiya — tashkilotchilik. Buning ma’nosi — biron faoliyat uchun zarur
bo’lgan ishlab chiqarish omillarini birlashtirish va kombinatsiyalashning maqsadga tez va
samarali tarzda olib boradigan yo’llarini topish va shu asosda ish olib borish.
Uchinchi funktsiya — ijodkorlik, tashkiliy xo’jalik novatorligi, yangilikka intilishi bilan
bog’liq. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida, ayniqsa, narxsiz
raqobat kurashi uslublari
kuchaygan sharoitda biznes uchun bu funktsiyaning ahamiyati yanada kuchayadi. Natijada
innovatsiya bilan bog’liq tadbirkorlik uchun yangi sharoit yaratiladi, ilmiy-texnikaviy
ishlanmalar, venchur biznesi (texnika-texnologiya yangiliklarini qo’llashga asoslangan biznes)
bozori rivojlanadi. Tadbirkorlikning axborot infrastrukturasi takomillashadi. Davlat
tashkilotlarining foydali axborotlaridan foydalanish imkoni, patent-litsenziya xizmatlari,
elektron
hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida ma’lumot to’plash, internet orqali axborot olish
imkonlari kengayadi.
Shunday qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: