Tadbirkorlik ob’ekti
maksimal darajada daromad olish maqsadida
ishlab chiqarish
omillari (kapital, er, mehnat) ni eng samarali nisbatini topib ishga tushirishdir.
I. Shumpeter fikricha tadbirkorning asosiy ishi iqtisodiy resurslarni
ishlatishning eng
optimal-maqbul variantini va ularni eng ratsional nisbatlarini qidirishdir. Aynan
ana shu xislati
bilan tadbirkor oddiy xo’jalik yurituvchidan farq qiladi. Tadbirkor iste’molchilarga ma’lum
bo’lmagan ne’matlar
ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning yangi usuli (texnologiyasi)ni
yaratish,
yangi
bozorlarni egallash, yangi xom ashyo manbalarini o’zlashtirish va hokazolarga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: