2.Boshqa tovarlar narxi.
Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga
olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki
aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi
mumkin.
3.Narx oshish ehtimoli.
Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot
ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx
oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib
chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli
firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |