1.Hamisha mahsulot xarid qiluvchi har bir shaxs mahsulotning keyingi birligidan kamroq
naf yoki lazzat oladi. Ya’ni har bir qo’shimcha tovar nafliligi avvalgisiga nisbatan past bo’ladi.
Masalan, xaridorga oyoq kiyimi kerak, uning uchun bir juft oyoq kiyimining nafliligi o’ta
yuqori, chunki u yalang oyoq yura olmaydi.
Ikkinchi juft oyoq kiyimi uni almashtirib turish imkonini beradi,
lekin uning nafliligi
pastroq, chunki xaridor yalang oyoq emas, uni kiyadigani bor.
Uchinchi va to’rtinchi juft oyoq kiyimining nafliligi pasayib boraveradi, chunki ehtiyoj
to’ydirilgan sari tovarning iste’molchi uchun nafliligi pasayadi.
2.Iste’molchi o’zining cheklangan daromadi doirasida uni
sarf-lab maksimal darajada
sub’ektiv qoniqish, naf olishga intiladi.
Me’yoriy naflilik qonunining praktikadagi ahamiyati shundaki, u iste’molchilarni
bozordagi turli tovarlarni qay darajada sotib olishlari mumkinligini taxminan qanday bo’lishini
aniqlab beradi, prognoz qiladi.
Me’yoriy naflilikning pasayishi qonunining amal qilishi tufayli xaridorlar, iste’molchilar
juda ko’p
tovarlar, xizmatlardan o’zlari uchun zarur bo’lgan, daromadlari doirasida o’zlari uchun
eng maqbul hisoblangan tovarlar va xizmatlar komplektini xarid qilishadi. Bu tovarlarni tanlab
olish naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida yuz beradi.
Ordinalistlar, xususan V. Pareto, J. Xiks va boshqalar kardinalistlar qo’llagan printsipdan
voz kechishgan. Ular nazariyaga ketma-ket tartibli naflilik tushunchasini kiritishadi.
Ularni
fikricha uni yordamida iste’molchini shu tovarga bo’lgan qoniqish darajasini kamayib yoki
ko’payib borishini aniqlash mumkin. Lekin ana shu qoniqish darajasini aniqlash mumkin emas.
Iste’molchi o’z pulini xohlagancha ishlatadi. U o’z ehtiyojini to’liq qoniqquncha qondirishga
harakat qiladi. Biron-bir tovarni sotib olar ekan, shu variantni boshqa alternativ
variantlari bilan
solishtiradi. Pareto me’yoriy naflilikni absolyut miqdorini o’lchash o’rniga nisbiy tahlil qilish
samaraliroq, ya’ni iste’molchi (haridorlar)ni ma’lum bir tovarlar to’plamidan ikkinchisini ustun
qo’yish, tanlashini o’rganish afzalroq deydi. Bunday tahlil befarqlik egri chizig’i orqali
tushuntirilgan. Bu neoklassiklar tomonidan ko’pgina mikroiqtisodiy
jarayonlarni tanlov
muammosi bilan bog’liq holda ne’matlarini optimal to’plamini: ishlab chiqarish omillarini, dam
olish bilan ish vaqtini nisbatini aniqlashda foydalanilgan.
Ordinalistik yondashuv nuqtai nazaridan iste’molni optimallashtirish muammosini grafik
yordamida ko’rib chiqish mumkin. Abstraktsiya metodidan foydalanib, iste’molchi qat’iy
daromad topadi va uni hammasini iste’molga sarflaydi. Bunda ular
faqat ikki turdagi A va V
tovarlarni sotib oladi deylik. Xaridor o’z puliga turli
miqdorda A va V tovarni harid qilishi mumkin.
Ularning nafliligi haridor uchun teng. Aytaylik
ikkita A va uchta V tovar umumiy nafliligi uchta A
va ikkita V tovarga teng va hokazo.
Bir tovarni
kamroq olish ikkinchisini ko’proq olish bilan
to’ldiriladi. Bunday to’plamda tovarlar miqdori
qancha bo’lishini xaridor uchun farqi yo’q. Agar uni
grafikda
ifodalasak, quyidagicha bo’ladi.
( 1-rasm ) Bu egri chiziq befarqlik
1
egri
chizig’i deyiladi. Bu egri chiziq mumkin bo’lgan
juda ko’p variantlardan biri xolos. Ular iste’molni
qondirish darajasiga ko’ra past yoki yuqoriroq
bo’lishi mumkin. (
Do'stlaringiz bilan baham: