U1
,
U2,
U3,
… va hokazo )
Ular chizmada punktirli chiziq bilan
tasvirlangan.
1
Befarqlik deganda loqaydlikni tushunmaslik kerak. Bu erda tovar va xizmatlarning har qanday to’plami
haridor uchun birdek naf keltirishi ko’zda tutiladi.
U3
U2
U1
B tovar
A tovar
Iste’molchi uchun ikki tovar bo’yicha olingan befarqlik egri chiziqlari to’plami befarqlik
kartasi deb ataladi.
Befarqlik egri chizig’i koordinata o’qlariga nisbatan qavariq shaklda ekanligiga diqqat
qaratilishi kerak. Uning qavariqligi iste’molchi uchun tovarlar o’zaro bir-birini to’la almashtira
oladigan, o’rnini bosa oladigan emas, ekanligini ko’rsatadi.
Befarqlik egri chizig’i bo’ylab pastga qarab harakatlanadigan bo’lsak, V tovarni ma’lum
bir miqdorini olmay A tovardan qo’shimcha miqdor tovar olishimizni ko’rsatadi. Ana shu
befarqlik egri chizig’i bo’yicha ma’lum bir tovarni sotib olishni kamayishi evaziga ikkinchisini
sotib olishni ko’payishi o’rinbosishining me’yoriy normasi (MRS) deb ataladi. Uni
Δ
V/
Δ
A =
MRS tarzida ifodalash mumkin.
O’rinbosishning me’yoriy normasi (marginal rate of substitution) iste’molchining
oladigan nafliligi o’zgarmagani holda bir tovarni boshqasi bilan almashtirishiga tayyor ekanligi
darajasi befarqlik egri chizig’ining o’zi bilan ifodalanadi.
Befarqlik egri chizig’i iste’molchining tanlashiga qarab nihoyatda turli-tuman bo’ladi.
Agar tovar xizmatlar bir birini bosa oladigan bo’lsa qavariq, to’la almashtira oladigan bo’lsa
to’g’ri chiziq, agarda tovarlar ma’lum nisbatdagina iste’mol qilinsa shaklida bo’ladi. Masalan,
batareyka bilan ishlaydigan soat. Agar iste’molchi bitta batareyka bilan 2 soat yoki aksincha 2 ta
batareyka bilan bitta soat olsa, ularni bittasini zahirada saqlashga to’g’ri keladi. Chunki bitta soat
1 ta batareyka bilan ishlaydi. Shuning uchun befarqlik egri chizig’i
∟
shaklda bo’ladi.
Befarqlik egri chizig’i byudjet chizig’i (byudjet cheklanganligi) hamdir. Chunki aynan
ana shu chiziq ma’lum miqdordagi pul, daromad hajmi miqdoridagi tanlovni ko’rsatayapti.
Bu egri chiziqni me’yoriy naflilik nuqtai nazaridan qarasak, muhim kategoriya
“iste’molchining yutug’i” ni ko’r-satib beradi. Bu kategoriyaning mazmuni quyidagicha
tushuntirish mumkin. Iste’molchi har bir tovarni uning naf keltirishiga qarab baholaydi.
Me’yoriy naflilik esa pasayib boradi.
Shu nuqtai nazardan grafik bo’yicha fikrimizni ifodalasak, quyidagicha ko’rinishda
bo’ladi.
Bir dona tovar uchun 60 ming to’lash mumkin 2 tovar uchun 40 mingdan to’lashi
mumkin. Bozor bahosi 40 mingdan individual bahosi esa 60+40=100 ming so’m. Lekin u
40+40=80ga sotib oladi. 3 tovarni esa 20 ming so’mga baholaydi. Bu uchinchi tovarning
me’yoriy nafliligi bozor bahosini belgilaysi, ya’ni 20+20+20=60 ming so’m. Agarda individual
tarzda hisoblanganda 60+40+20=120 ming so’mga teng bo’lardi.
D
P
50
30
20
10
1 2 3 6 Q
Aynan biz bozorda sotuvchi bilan savdolashar ekanmiz tovarning me’yoriy nafliligi
jihatidan yondashib 1000 so’m deb turgan tovarini 2 ta olaman, 900 dan bering, 3 ta olaman 800
dan Bering deymiz.
Grafikda bu shtrixlangan maydon bo’lib, yuqorisidan talab egri chizig’i, quyidan baho
chizig’i bilan chegaralangan. Narx qancha past, iste’molchining yutug’i shuncha ko’p bo’ladi.
Misolimiz bo’yicha ikkita tovar olganda (60+40) – (40+40) 100-80=20 ming so’m, uchta tovar
olganda (60+40+20)-(20+20+20) =120-60=60 ming so’m.
Iste’molchining yutug’i kontseptsiyasi neoklassik maktab tomonidan soliqqa tortish,
monopolistik narxni shakllanishi muammolarini tadqiq etishda keng foydalaniladi.
Me’yoriy naflilik nazariyasi bilan iste’molchining tanlovi nazariyasi iqtisodiy sub’ekt
bozorda o’zini qanday tutadi, qanday tanlaydi, hamda talab va uning miqdorini o’zgarishini
bozor muvozanatiga qanday ta’sir o’tkazishini aniq tahlil qilishiga yordam hamda imkon beradi.
Iste’molchilarning tanlovi ularning byudjet daromadlari va vaqtlari Bilan chegaralangan.
Tanlovga ularning nimani afzal ko’rishlari, ratsional ish tutishlari tasir ko’rsatadi.
Iste’molchi doimo o’zi olayotgan ne’matlar to’plami nafliligi eng yuqori bo’lishini
hohlaydi.
Bu maqsadga qanday erishish mumkin?
Iqtisodchilarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadi-ki, naflilik egri chizig’ining byudjet
chizig’iga urinib o’tgan nuqtasida erishilar ekan.
Uni grafikda tasvirlasak, quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.
E nuqtasi nafliligi yuqori, lekin u byudjet chizig’idan yuqorida. Birinchi chiziqda esa
tovarlar to’plami nafliligi past, sababi u byudjet chizig’ini kesib o’tadi, befarqlik egri chizig’idan
pastda joylashgan E-nuqta optimal tanlov yoki muvozanat nuqtasi deb ataladi.
Daromadni o’sishi yoki pasayishi muvozanatni yuqoriga yoki pastga siljishiga olib keladi.
Befarqlik egri chizig’i bilan byudjet chizig’ini birlashtirib, J. Xiks “ daromad – iste’mol “
deb atagan egri chiziqni oladi. Amerika adabiyotlarida esa u turmush darajasi egri chizig’i deb
ataladi. Bu chiziq turlicha joylashishi mumkin.
A
6 A
5
4
3 B
2
C
1 D
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B
Agarda bu egri chiziq koordinata boshiga nisbatan 45 da joylashgan bo’lsa, bu daromad
o’sishi bilan iste’molchi A va V mahsulotni iste’molini bir hilda ko’payishini bildiradi.
Agarda ularning nisbati o’zgarsa, u holda W egri chizig’ini joylashishi ham o’zgaradi.
Uni quyidagi rasmda ko’rish mumkin.
Birinchisida nisbatlar teng o’ssa, ikkinchisida avvalgi V ne’mat iste’moli tez o’sgan,
keyinroq pasaygan.
Shunday qilib, turmush darajasini daromadning o’zgarishi iste’molga va uning tarkibiga
qanday ta’sir qilishini tahlil qilib, zarur xulosa chiqariladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Hayotda umumiy naflilikdan ham ko’ra me’yoriy naflilikka ko’proq e’tibor beramiz.
Sarflangan pulimizga to’g’ri keladigan umumiy nafliliknigina emas, har birini alohida
keltiradigan nafliligini ham hisobga olamiz.
Tejamkor xaridor naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida xarajat qilar ekan, turli
tovarlar miqdorini tanlar ekan, oxirgi summa qanday tovar olishidan qat’i nazar bir xilda
me’yoriy naf keltirish darajasiga qadar tanlaydi.
Naflilikni maksimallashtirish printsipi asosan pul ko’p bo’lib, tanlash imkoniyati mavjud
bo’lganda ko’proq namoyon bo’ladi. Agar pul miqdori cheklangan bo’lsa, aytaylik 300
so’mgacha, bu printsip ham cheklanadi, sababi u pirojniy va muzqaymoq olishi kerak bo’lsa,
faqat bittadan sotib olishi mumkin. Agar pul 3000 so’mgacha ko’paysa, demak tanlash
imkoniyati ham ko’payadi.
Xaridor o’z pulini ratsional sarflash uchun turli ne’matlar ichidan shunday tanlashi
kerakki, har bir olayotgan tovarining naflilik darajasi sarflangan pul miqdoriga eng yuqori
bo’lishi kerak.
Kundalik hayotda xaridor aynan shunday qiladi. U eng avvalo, eng kerakli tovarlarni
sotib oladi. Arzon tovarni kamroq naf keltirsa ham ko’proq sotib oladi, qimmatbaho tovar yuqori
iste’mol samarasi bilan kamroq sotib olinadi. Oxir-oqibat bir birligiga (1 so’mga) to’g’ri
keladigan samarasi bir-biriga yaqin bo’ladi. Daromad ko’p bo’lsa tanlanadigan tovarlar turi ham
ko’payadi.
ne’mat
ne’mat
ne’mat
ne’mat
Do'stlaringiz bilan baham: |