Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

kelmagan  bo‘lsa,
  (kecha) 
hayotimdek  qorong‘u 
bo‘lganda  ham  kelmadi-ku!
» 


113
T o ‘ r t i n c h i   b a y t   lirik  qahramon  holati  yanada  og‘ir-
lashganini  ko‘rsatadi:  «
U  paridek  yor  hajrida  devonalardek 
yig‘ladim,  buni  ko‘rib,  kulgisi  kelmaydigan  kimsa  topilarmikan?
»
B e s h i n c h i   b a y t ga  kelib  lirik  qahramon  bevosita  ko‘p-
chilikka  (g‘azalxonlarga)  murojaat  qiladi:  «
Ko‘zlaridan  qancha 
suv  kelar  ekan  deb,  meni  o‘ldirmanglar,
  (chunki) 
bu  kecha 
ko‘zlarimdan  faqat    qon  keldi,    suv  kelmadi
».  Bu  yerda  qon 
bilan  suv  bir-biriga  zidlantirilgan.
G‘azalning  o l t i n c h i   b a y t i  alohida  ajralib  turadi.  Unda 
lirik  qahramon  tolibi  sodiq  topilmasligidan  shikoyat  qilishga 
o‘tadi.  Baytning  so‘zlardan  kelib  chiqadigan  ma’no-mazmuni 
quyidagicha:  «
Sodiq  tolib  topilmaydi,  shunday  bo‘lmasa  edi, 
kimki  yo‘lga  qadam  qo‘ysa,  «avvalqadam»,  ya’ni  undan  oldin-
roqda  yuradigan  bir  ma’shuq  ro‘baro‘  kelmaydimi?!
» 
Agar  g‘azalning  dastlabki  besh  baytida  boshdan-oxir  va’da 
berib,  so‘zida  turmagan  yorni  kuta-kuta  chekkan  azob-iztiroblari 
haqida  gapirib  kelingan  bo‘lsa,  bu  baytda  birdan,  kutilmagan-
da  lirik  chekinish  qilinadi.  Lirik  chekinish  –  keng  tushuncha. 
G‘azaldagi  bunday  lirik  chekinish  «
begona  bayt
»  deyiladi. 
Bu  yerda  nozik  falsa

 y-tasavvu

 y  masala  ko‘tarilgan.  «
Yo‘l
» 
baytda  tasavvufni,  Alloh  ishqini  bildiradi.  Bu  yo‘lda  esa  sadoqatli 
talabgor  (oshiq)  topilmayapti.  Ayni  gap  bilan  shoir  pirga  ishora 
qilgan.  Chunki  pir  hamisha  bu  yo‘lni  muriddan  avvalroq  bosib 
o‘tgan,  ya’ni  u  «
avvalqadam
»  bo‘ladi.  Avvalqadam  oshiq  esa  Al-
loh  vasliga  yetib,  ma’shuqqa  aylanadi.  Murid  ana  shu  shayxning 
etagidan  tutib,  unga  ergashmoqchi.  Chunki  Allohni  sevish  uchun 
murid  avval  pirini  sevishi  kerak.  Boshqacha  aytganda,  Allohga 
muhabbat    yo‘li  bevosita  pir  qalbi  orqali  o‘tadi.  Chunki  tasav-
vufda  pirga  komillik  timsoli  sifatida  qaraladi.
Shuning  uchun  ushbu  g‘azalda  majoziy  tasvir  orqali  ilohiy 
ishq  kuylangani,  lirik  qahramon  b
е
gona  baytda  ishqda  undan 
ko‘ra  «
avvalqadam
»  bo‘lgan  «
tolibi  sodiq
»,  ya’ni  pir  izlayot-
ganiga  h
е
ch  qanday  shubha  bo‘lmasligi  k
е
rak. 
Navoiy  g‘azallarining  yozilgan  yillari  ma’lum  emas.  Ammo 
uning  «Xazoyin  ul-maoniy»dagi  uchinchi  devon  bo‘lmish  «Badoye’ 
ul-vasat»dagi  ushbu  g‘azali  dastlab  muxlislar  tomonidan  tartib  ber-
ilgan  «Ilk  devon»ga  ham,  muallif  o‘zi  tuzgan  ikkinchi  devon  – 


114
«Navodir  un-nihoya»ga  ham  kiritilganidan  ma’lum  bo‘ladiki,  u 
shoirning  yoshlik  davri  lirikasi  mahsuli  hisoblanadi.
M a q t a ’   ham  –  juda  tahliltalab.  Chunki  unda  ikki  karra 
«
boda
»  so‘zi  tilga  olinadi.  Shaklan,  ya’ni  yuzaki  qaraganda, 
o‘quvchida  mayparastlik  targ‘ib  etilayotgandek  tasavvur  tug‘ilishi 
ham  mumkin.  Holbuki,  Navoiy  buyuk  islom  shoiri  edi.  Islomda 
esa  mast  qiluvchi  ichimliklar  harom  hisoblanib,  man  etilgan.
May,  sharob,  boda,  chog‘ir...
O‘tmishda  ajdodlarimiz  iste’mol  etgan  kayf  beruvchi  ichim-
liklar  shunday  so‘zlar  bilan  nomlangan.  Albatta,  bu  to‘rt  ichim-
lik  nimadan  hozirlangani,  tayyorlanish  usuli,  tarkibidagi  spirt 
miqdori  jihatidan  o‘zaro  bir-biridan  farq  qilgan  bo‘lishi  kerak. 
Biroq  shoirlarimiz  bu  so‘zlarni  o‘zaro  ma’nodosh  (sinonim) 
sifatida  qo‘llayvergan.
Nega?
Gap  shundaki,  adabiyot,  xususan,  she’riyatda  bu  so‘zlar  o‘z 
ma’nosida  emas,  aksaran  ko‘chma  ma’noda  –  badiiy  timsol 
(obraz)  sifatida  ishlatilgan.
Xo‘sh,  badiiy  timsol  nima?
Timsol  –  asli,  surat,  rasm  degani.  Surat  esa  narsaning  o‘zi 
emas,  u  haqda  ma’lumot  beradi,  tasavvur  uyg‘otadi,  xolos.  Uni 
ko‘rib,  o‘sha  narsaning  o‘zini  xayolga  keltirasiz.  Badiiy  timsol 
ham  –  shunga  o‘xshash.  Shoir  bir  nimani  ko‘zda  tutadi,  o‘sha 
narsani  o‘quvchi  yaxshiroq,  osonroq  ko‘z  oldiga  keltirsin  uchun 
uning  o‘rniga  biror  timsol  ishlatadi.
May,  sharob,  boda,  chog‘ir  timsollarini  ham  mumtoz  shoir-
larimiz  shu  maqsadda  qo‘llagan.
Endi  asosiy  masalani  o‘rtaga  tashlasak  bo‘ladi:  bu  timsollar 
nimani  anglatadi?  Boshqacha  aytganda,  mumtoz  she’riyatimizda 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish