Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Suralay 
– patlari rang-barang qush turi. 
2
 
Qishlovlar 
– qishloqlar. 

Uzangidoshlari
 – yor-do‘stlari, birga ot chopishgan jo‘ralari. 
4
 
Benazarman
 – e’tibordan, nazardan qolgan.


120
She’riyatda  milliy  badiiy  tafakkurning  noyob  jilvalarini 
namo yish  qilgan  G‘afur  G‘ulomning  “Vaqt”  she’ri  tahlili  yodin-
gizda  bo‘lsa  ke rak.  Unda  shoirning  kichik  hayotiy  detallardan 
katta  umumlashmalar  yasay  olish  fazilatiga  urg‘u  bergan  edik. 
Shoir,  tomchida  dengiz  aks  etganidek,  lahzada  abadiyat  suratini 
chizgan  edi.
To‘ra  Sulaymonning  “Iltijo”  she’ri,  chetdan  qaraganda,  yil 
fasl laridan  biri  –  go‘zal  bahorga  bag‘ishlangan.  She’rning  dast-
labki  bandida,  darhaqiqat,  kelinchak  bahor  kelishi  bilan  tabiatda 
yuz  beradigan  o‘zgarish  va  jonlanishlar  tasvirlanadi.
Biroq  ikkinchi  banddan  shoirning  bahorga  iltijosi  tobora 
kengroq  ko‘lam,  borgan  sari  chuqurroq  mazmun  kasb  eta  bosh-
laydi.  Endi  bahor  bir  fasl  nomigina  emas,  balki  tansiq  tuyg‘ular 
mujassami,  ezgulikning  ramzi  bo‘lib  gavdalanadi.
Shoir  “Bahor,  sensiz  sahro-yu  tog‘-u  toshga  jon  qayda?”  – 
der  ekan,  bu  sahro  –  beminnat  makon  qidirib  sargardon  kezgan 
vatangado  kimsalarning,  tog‘-u  toshlar  –  qilmishi  qing‘ir  zot-
larning  ramziy  ifodasi  ekanini  ilg‘aymiz.  Demak,  bu  zotlarning 
bahori  yo‘q.  Ular  o‘z  umri  bahoriga  mensimay  qaragan,  unga 
noshukrlik  qilgan,  bahorini  toptagan  kimsalardir.  Ular  hayot  ba-
horini  xazonga  almashganlar.
Agar  hayotiy  qiyoslarga  o‘tadigan  bo‘lsak,  beminnat  makon 
ilinjida  tog‘-u  toshlarda  uya  qurgan,  sahrolarda  kezib  yurgan, 
o‘z  yurti  va  yurtdoshlari  hayotiga  zomin  bo‘layotgan  jangari  – 
terroristik  guruhlar  vakillari  xuddi  shunday  kimsalar  emasmi? 
Agar  shunday  desak,  To‘ra  Sulaymon  she’ridagi  Bahor  –  Vatan, 
barcha  tiriklikka  jon  ato  etguchi  muqaddas  yurt  timsoli  hamdir!
Shu  nuqtayi  nazardan  she’rning  to‘rtinchi  bandini  qayta 
o‘qisak,  unda  eslangan  har  bir  fasl  nomida  ham  ramziy  ma’no 
borligiga  shohid  bo‘lamiz.  Darhaqiqat,  dunyoning  bizning  yurti-
mizdek  tinch,  osoyishta  hududlarida  yilning  to‘rt  fasli  bunyod-
korlik,  ezgulik  yumushlari  bilan  kechadi.  Bunday  ellarda  qish-
ning  qirovli  kunlarida  ham  qor  ostida    “shivirlar  bahor”  (Oybek 
misrasi).  Yurtida  va  yuragida  bahor  kezib  yurgan  shoir  uchun 
ham  “ko‘klamning  har  nafasi  umrga  arzigulik!”
Afsuski,  Yer  yuzining  qator  mamlakatlarida  yashayotgan  in-
sonlar  qalbiga  na  bahor,  na  yoz  go‘zalligi  tatiydi,  ular  uchun  kuz 


121
saxovati  ham,  kumush  qish  ziynati  ham  begona.  Chunki  har  turli 
balo-qazolar  –  urushlar,  ommaviy  ochlik  va  muhtojliklar,  bedavo 
kasalliklar,  diniy  hamda  irqiy  asosdagi  nizolar  ular  turmushini  zul-
matga  chulg‘aydi.  Mana  shu  ko‘rguliklardan  boshi  chiqmaydigan 
yurtlarni  nazarda  tutib  shoir:
Bog‘siz,  bog‘bonsiz  yerda  ne  ham  qilsin  ezgulik... 
Ketma,  bahor,  mening  bog‘imdan,  –
deya iltijo qiladi.
Uning  ona  diyorida  kezayotgan  bahor  esa  ko‘hna  qabr  bosh-
larini  ham  yam-yashil  giyoh  bilan  qoplaydi.  Jonsiz  xotiralar 
tirilib,  dalalar  bag‘ridan  o‘tmish  otalar  mingan  ot  dupurlari  sa-
dosi  eshitiladi.  Maysalarga  qo‘ngan  shudring  –  shudring  emas, 
balki  armonli  umr  egala rining  ko‘zyoshlaridir.
Yuqorida  jazm  etib  chiqargan  xulosalarimiz  to‘g‘ri  ekanini 
she’rning  so‘nggi  bandi  yana  bir  bor  tasdiqlaydi.  Shoirning  “Ba-
horsiz  ham  diyorsiz  el  ichra  benazarman”  degan  e’tiro

   she’rda 
bahor  obraziga  jo  qilingan  teran  mazmun-mohiyatga  ishoradir.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish