Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

TO‘RA  SULAYMON
(1934—2005)
O‘zbekiston  xalq  shoiri,  o‘z  ijodi  bilan 
o‘zbek  she’riyatiga  qadim  xalqona  ohanglarni 
qaytarishga  uringan  iste’dodli  adib  To‘ra  Su-
laymon  1934-yil ning  15-fevralida  Jizzax  vilo-
yati  Baxmal  tumanida gi  Aldashmon  qishlog‘ida 
tavallud  topdi.
Agar  shoir  tug‘ilgan  yilga  e’tibor  ber-
sangiz,  uning  bolalik  yillari  sobiq  sho‘rolar 
davlatida  “qama-qama”lar  avjga  chiqqan,  barcha  sohalarda  “xalq 
dushmanlari  va  ularning  dumlari”ni  qatli  om  qilish  jarayoni  ke-
chayotgan  pallaga  to‘g‘ri  kelganini  anglaysiz.  Bu  falokat  To‘ra 
Sulaymon  oilasini  ham  chetlab  o‘tmagan.  Uning  otasini  ham 
“xususiy  mulk  egasi”,  “mushtumzo‘r”  sifatida  quloq  (ruscha 
“kulak”  –  mushtumzo‘r  so‘zining  o‘zbekchaga  moslashtirilgan 
shakli)  qiladilar.  Oilaning  butun  tirikchilik  tashvishi  bechora 
onaning  zimmasiga  tushadi.
1939-yilda  uning  otasi  qamoqdan  qaytadi  va  oilasini  Sir-
daryoga  ko‘chirib  ketadi.  To‘ra  Sulaymon  shu  yerdagi  qishloq 
maktabida  o‘qiydi.  O‘qishni  bitirib,  bir  necha  yillar  davomida 
qishloq  maktablarida  turli  fanlardan  dars  beradi.  Urushdan  ke-
yingi  yillar  maktablarda  oliy  ma’lumotli  mutaxassislar  yetish-
mas,  To‘ra  Sulaymon  singari  maktablarning  uquvli  bitiruvchilari 
ta’lim-tarbiya  ishiga  jalb  qilinardi.
Zamon  o‘zgargan  sari  oliy  ma’lumot  olishga  bo‘lgan  ehti-
yoj,  qolaversa,  o‘zi  qiziqqan  badiiy  ijodga  umrini  bag‘ishlash 
istagi  uni  Toshkent  davlat  universiteti  (hozirgi  Mirzo  Ulug‘bek 
nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  universiteti)ning 

 lologiya  fakulteti 
sirtqi  bo‘limida  o‘qishga  undaydi.  Bo‘lg‘usi  shoir  ham  o‘qiydi, 
ham  ishlaydi  (1958 –1964-yillar).  O‘qishni  bitirib,  Guliston  tu-
manidagi  maktablarda  ona  tili  va  adabiyotidan  bolalarga  saboq 
beradi.
Keyin  tuman  va  viloyat  gazetalarida  mehnat  qiladi,  1972–
1981-yillar  davomida  esa  Respublika  Yozuvchilar  uyushmasi ning 


118
Sirdaryo  viloyat  bo‘limi  mas’ul  kotibi,  adabiy  maslahatchisi 
lavo zimlarida  ishlaydi.
To‘ra  Sulaymonning  ilk  she’rlari  1958-yildan  nashr  etila 
boshlagan.  1962-yilda  uning  birinchi  kitobi  “Istar  ko‘ngil”  nomi 
bilan  bosmadan  chiqadi.  Shundan  so‘ng,  uning  “Qorasoch”  dos-
toni,  “Men  qayga  borar  bo‘lsam”  she’riy  to‘plamlari  nashr  eti-
ladi  va  Sirdaryoda  yana  bir  iste’dodli  ijodkor  paydo  bo‘lganidan 
ko‘pchilik  xabar  topadi.
To‘ra  Sulaymon  poytaxt  Toshkentda  kechayotgan  adabiy-es-
tetik  jarayonlardan  doimiy  voqif  bo‘lib  turar,  ustoz  va  do‘st-
lari  –  Mirtemir,  Nosir  Fozilov,  Sa’dulla  Siyoyev  bilan  yaqin 
aloqa  o‘rnatgandi.
Shoir  ijodi  o‘ndan  ortiq  kitoblarga  jo  bo‘lgan.  Ular  orasida 
“Jahongashta”  dostoni  (1970),  “Hamqishloqlarim”  (maqolalar 
to‘plami),  “Intizor”  (1973),  “Sirdaryo  qo‘shiqlari”  (1974),  “Iltijo” 
(1976),  “Alhazar”  (satirik  va  yumoristik  asarlar  to‘plami,  1976), 
“To‘yboshi”  (1977),  “Sizni  eslayman”  (1980),  “Qorako‘zginam” 
(1981),  “Gulshan”  (1988),  “Sarvinoz”  (1989)  kitoblari  bor.
Mustaqillik  yillarida  shoir  yangi  kuch  va  ilhom  bilan  ijod 
qildi.  Respublika  vaqtli  matbuotida  uning  she’riyat,  adabiyot-
shunoslik,  kunning  dolzarb  mavzulariga  bag‘ishlangan  ko‘plab 
maqolalari  chop  etildi.  “Xarsang”  (1994),  “Jahonnoma”,  “Gul 
bir  yon,  chaman  bir  yon”  (1996),  “Yovqochdi”  (1998)  singari 
kitoblari  adabiy  jamoatchilik  tomonidan  iliq  kutib  olindi,  yillik 
mukofotlarga  sazovor  bo‘ldi.
To‘ra  Sulaymonning  qator  she’rlari  o‘zbek  xonandalari  tomo-
nidan  qo‘shiq  qilib  kuylanib,  millionlab  odamlarning  ko‘ngliga 
kirib  bordi.  Bu  qo‘shiqlardagi  o‘zbekona  ohanglar  tinglovchini 
o‘ziga  rom  etadi,  qayta-qayta  eshitishga  chorlaydi.
1999-yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmoni  bilan 
To‘ra  Sulaymonga  “O‘zbekiston  xalq  shoiri”  degan  yuksak  unvon 
berildi.
2005-yilda  ajoyib  shoir  va  samimiy  inson  –  To‘ra  Sulaymon 
71  yoshida  dunyodan  ko‘z  yumdi.


119
ILTIJO
Bahor  kelsa  boshlanar  bog‘da  bulbul  xonishi, 
Sa’va,  qumri  nag‘masi,  suralay
1
    tovlanishi. 
Qirlarda  lola  sayli,  qishlovlarda
2
  yilboshi, 
To‘xtagay  tabiatdan  haqqushlar  zorlanishi  – 
Bahor,  ketma  mening  bog‘imdan.
Qilmishi  qing‘ir  zotga  davr  qayda,  davron  qayda? 
Vatangado  kimsaga  beminnat  makon  qayda? 
Yolg‘iz  otga  olamda  nom  qayda,  nishon  qayda? 
Bahor,  sensiz  sahro-yu,  tog‘-u  toshga  jon  qayda? 
Ketma,  bahor,  mening  bog‘imdan.
O‘lmaslikka  ishora  –  o‘langa  oshiqligim, 
Saodatga  ishora  –  zamonga  oshiqligim, 
Teranlikka  ishora  –  ummonga  oshiqligim, 
Go‘zallikka  ishora  –  bo‘stonga  oshiqligim  – 
Bahor,  ketma  mening  bog‘imdan.
Bukun  qay  bir  yerda  qish,  qayda  xazonrezgilik, 
Qaylarda  yoz,  qayda  kuz,  qayda  jondan  bezgilik, 
Ko‘klamning  har  nafasi  umrga  arzigulik, 
Bog‘siz,  bog‘bonsiz  yerda  ne  ham  qilsin  ezgulik... 
Ketma,  bahor,  mening  bog‘imdan.
Giyoh  bilan  qoplanmish  ko‘hna  qabr  boshlari, 
Maysadagi  shudringlar  kimlarning  ko‘zyoshlari? 
Bu  yerda  yotar  otam  ham  uzangidoshlari,
3
 
Har  bahor  eslar  uni  qavmi  qarindoshlari  – 
Bahor,  ketma  mening  bog‘imdan.
Yoz  bo‘yi  qorga  zorman,  qishda  bahorga  zorman, 
Chamanda  gul  bo‘yiga  intiqman,  intizorman, 
Kuz  kelmay  xazon  bo‘lgan  sevgi,  guldan  bezorman, 
Bahorsiz  ham  diyorsiz  el  ichra  benazarman
4
  – 
Bahor,  ketma  mening  bog‘imdan.
1
 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish