1. Biror narsani bilishga asoslangan autentifikasiyalashni buzish uchun
quyidagi hujum usullaridan foydalaniladi:
a.
Parollar lug’atidan foydalanishga asoslangan hujum. Bunda statistika
bo’yicha eng ko’p qo’llaniluvchi parollar asosida autentifikasiyadan o’tishga
harakat qilinadi.
b.
Parollarni barcha variantlarini ko’rib chiqish. Ushbu usulda parolning
bo’lishi mumkin bo’lgan barcha variantlaridan ketma-ket foydalanib ko’riladi.
c.
“Yelka orqali qarash” hujumi. Buzg’unchi foydalanuvching yonida
turib parolni kiritish jarayonini kuzatish orqali bilib olishni maqsad qiladi.
d.
Zararkunanda dasturlar asosida hujum. Foydalanuvchi kompyuteriga
o’rnatilgan maxsus dasturiy vositalar klaviaturadan kiritilgan barcha ma’lumotlarni
dasturchiga yetkazadi. Bunday zararkunanda dasturiy vositalar “
keylogger ” deb
ataladi.