2.2.6. Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar
Simmetrik shifrlash tizimlari ma’lumotni shifrlashda va deshifrlashda aynan
bir kalitdan foydalanadi. Bu esa tarmoq bo’ylab shifrlangan ma’lumotni uzatishdan
oldin shifrlash kalitini uzatishni taqoza etadi. Boshqacha aytganda,
kalitlarni
tomonlar orasida xavfsiz uzatish
simmetrik kriptotizimlar oldidagi asosiy muammo
sanaladi.
Bundan tashqari, bir foydalanuvchi qolganlari bilan ma’lumot almashmoqchi
bo’lsa, ularning har biri bilan alohida-alohida kalitlarga ega bo’lishi talab etiladi. Bu
esa foydalanuvchiga ko’p sonli kalitlarni xavfsiz saqlash zaruriyatini keltirib
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |